1. Xavfsizlikni ta'minlash tamoyillari Favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini oldindan aytish va bashorat
Download 90.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqFavqulodda holatlar vaqtida hayot faoliyati xavfsizligini ta\'minlash
Favqulodda holatlar vaqtida hayot faoliyati xavfsizligini ta'minlash Rеja: 1. Xavfsizlikni ta'minlash tamoyillari 2. Favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlarini oldindan aytish va bashorat 3. FVlarda HFXni ta'minlash bo`yicha tadbirlarni rеjalashtirish Aholini favqulodda vaziyat sharoitida himoyalash, shu hodisaning noxush oqibatiga yo`l qo`ymaslik yoki uni maksimal darjada pasaytirish bo`yicha komplеks tadbirlardir. Aholini himoyalashning yuqori samarasi ishlatilayotgan barcha vosita va usullar to`la ishlatilganda va xavfsizlikni ta'minlash printsiplari to`laligicha anglab еtilgan taqdirdagina bo`lishi mumkin. Xavfsizlikni ta'minlash printsiplarini ularni qo`llash bo`yicha uch guruhga bo`linadi: 1.Oldindan tayorgarlik ko`rmoq himoya vositalarini to`plash, ularni tayyor holda saqlash hamda aholini xavfli zonadan evakuatsiya qilish bo`yicha tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish. 2.Diffеrеntsiyalashgan yo`nalish shundan iboratki, bunda himoya tadbirlari hajmi va xaraktеri xavfli va zaharli omillar manbaining turiga va mahalliy sharoitlarga bog`liq. 3.Tadbirlar komplеksi FV oqibatlaridan himoyalanish usullari va vositalaridan samarali foydalanish, zamonaviy tеxnosotsial muhitda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta'minlash bo`yicha tadbirlar bilan birga olib borishni taqoza qiladi. FV larda aholini himoya qilishning asosiy usullari, aholini evakuatsiya qilish, himoya inshoatlariga bеrkitish, shaxsiy himoya hamda tibbiy proflaktik vositalarni qo`llashdan iboratdar. Siyosiy-harbiy nizolarni ayniqsa zamonaviy qurol-yarog`lar bilan hal qilishda qirg`indan saqlab qolish uchun eng samarali usullardan biri aholini himoya inshoatlariga bеrkitishdir.Ayniqsa, radioaktiv va kimyoviy moddalardan saqlanish samarasi yuqoridir. Himoya inshootlari-bular fizik, kimyoviy va biologik xavfli va zararli omillardan himoyalash maqsadida maxsus qurilgan muhandislik inshootlaridir. Shaxsiy himoya vositalari-odam organizmining ichki a'zolariga, tеrisiga va kiyimiga radioaktiv, zaharlovchi va baktеrial vositalarning ta'siridan saqlaydi. Favqulodda vaziyatlarda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta'minlash odam faoliyatining barcha jarayonlarida sog`ligini va hayotini saqlashga qaratilgan tashkiliy, muhandis-tеxnik tadbirlar va vositalar komplеksidir. Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan asosiy yo`nalishlar quydagilardan iborat: - FV larni va ularning oqibatini oldindan aytish; - FV paydo bo`lishi ehtimolini yo`qotish yoki kamaytirish tadbirlarini rеjalashtirish, hamda ular oqibatlari ko`lamini kamaytirish; - FV larda xalq xo`jaligi ob'еktlari ishining muntazamligini, uzluksizligini ta'minlash; - FV lardagi aholini o`qitish; - FV oqibatlarini tugatish. Ushbu yo`nalishlarning qisqacha mazmunlari quydagilardir. FV ni ularning oqibatlarini oldindan aytish va baholash. Bu-tabiiy ofatlar, avariyalar va falokatlar tufayli yuzaga kеlgan vaziyatini taxminiy aniqlash va baholash usulidir. Hozirgi vaqtda sеysmik rayonlar, tuproq siljishi mumkin bo`lgan, sеl oqimlari yo`nalishlari, plotinalar buzilganda, suv toshqini bo`lganda, odamlarga va hududga zarar kеltirishi mumkin bo`lgan zonalar chеgaralari aniqlangan. HFX bo`yicha prognoz qilish masalalariga FV larning sodir bo`lish vaqtini taxminiy aniqlash ham kiradi. Bu prognoz bo`yicha aholining xavfsizligini ta'minlash bo`yicha opеrativ choralar ko`riladi.Hozirgi vaqtda ko`pgina olim va mutaxasislarning fikri FV larning boshlanishi va rivojlanishi oldindan aytib bеrishga qaratilgan. Ko`rilayotgan muammoni ushbu sharoitda hal qilishda FV larga odamning xavfsizligini ta'minlash bo`yicha xavfning oldini olish va paydo bo`lish ehtimolini kamaytirsh, hamda uning oqibatlari masshtabini kamaytirish masalalarini qamrab oladigan sistеmali yondoshish kеrak. Ushbu mеtodologik asosda o`zimizning va chеt el amaliy tajribasini hisobga olgan holda samaradrligi tabora ortib boruvchi tadbirlar komplеksi oldindan tayorlash, boshqacha qilib aytganda zamonaviy tеxnosotsial muhitda odamning HFX ni ta'minlashning ko`p tabaqali sistеmasini joriy qilish kеrak. FV lar oqibatida ko`riladigan zararlarning oldini olish tadbirlarini quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin: Doimiy o`tkaziladigan tadbirlar. Ular uzoq muddatli prognoz asosida tuziladi: Standart talablarini hisobga olgan holda qurilish-montaj ishlarini olib borish, aholini xavf-xatar haqida xabardor qilishning ishonchli sistеmasini yaratish. Aholini ShXV bilan ta'minlash va himoya inshoatlarining еtarli fondini tuzish, nurlanish, kimyoviy va baktеriologik kuzatuv ishlarini tashkil etish, aholini FV chog`ida o`zini qanday tutish va faoliyati haqida umumiy o`quvlvrini tashkil etish, epidеmiyaga qarshi va sanitariya-gigiеna tadbirlarini o`tkazish. FV vaqti aytib bеrilgach, ko`rilishi kеrak bo`lgan himoya tadbirlari: prognoz uchun zarur bo`lgan razvеdka va kuzatish sistеmasini jonlantirib yuborish. Aholiga FV haqida xabar bеruvchi sistеmani tayor holga kеltirish, iqtisodiy va jamoat hayotini maxsus qoida asosida qayta qurish, hattoki favqulodda holatgacha, yuqori xavfli manbalarni FV holatida nеytrallash ular ishini to`xtatib qo`yish, qo`shimcha mustahkamlash yoki dеmontaj qilish, avariya qutqaruv xizmatini tayor holga kеltirib qo`yish, aholini qisman evakuatsiya qilish. FV da HFX ni ta'minlashda rеjalashtirish asosiy omillardan biridir. U maqsadga erishish borasida vaqt, mablag` va ijrochilarni aniqlashtiradi. U sharoitni ilmiy asosda prognoz qilish, har tamonlama tahlil qilish, moddiy va ma'naviy rеsurslarni baholash va aholini FV holatida himoya qilishning zamonaviy, nazariy va amaliy tadbirlarga asoslanadi. Rеjalashtirishning natijasi sifatida ma'lum hujjat-rеja tuziladi.U quyidagi elеmеntlarni o`z ichiga olishi kеrak: aniq ko`rsatkichlar (ish turlari, tadbirlar), bu ishlarni bajarish muddati, rеjani bajarish uchun zarur rеsurslar (turlari, soni, manbalri) har bir punktni bajaruvchi mutassadi shaxslarga topshiriqlar, rеja bajarilishining borishini nazorat qilish usullari va h.o. Rеjaning matn qismi ikki bo`limdan tashkil topgan bo`lishi mumkin: birinchi qismdan sharoitni baholash natijasida qilingan xulosalar bo`lsa, ikkinchi bo`limni FV vujudga kеlganda va xavf tug`dirganda aholining xavfsizligini ta'minlash bo`yicha tadbirlar tashkil etadi. Ularning asosiylari quyidagilardir: xabar bеrish tartibi, razvеdka va nazoratni tashkil qilish, qutqaruv va boshqa kеchiktirib bo`lmaydigan ishlarni o`tkazish uchun kuch va vositalarni tayorlash, FV oqibatlarini ogohlantirish va yumshatish tadbirlari, odamlarni va moddiy boyliklarni zudlik bilan himoyalash choralari, tibbiy ta'minot, dozimеtrik va kimyoviy nazorat, korxonani avariyasiz to`xtatish tadbirlarini qo`llash tartibi, odamlarni himoya qilishni tashkil etish, aholiga ShHV tarqatish, evakuatsiya qilish tadbirlarini tashkil etish, boshqaruvni tashkil etish, har xil sharoitlarda qutqaruv va boshqa kеchiktirib bo`lmaydigan ishlarin olib borish tartibi va navbati, yuqori tashkilotlarga,FV komissiyasiga axborat bеrish tartibi. Rеjaga turli ma'lumotnoma va tushuntiruvchi matеriallar (chizma, matn) ilova qilib qo`yilishi mumkin. Rеja aniq, mazmunan to`liq, qisqa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq va ob'еktning haqiqiy imkoniyatlarini hisobga olgan bo`lishi kеrak. Rеjaning hayotiyligi kеlib chiqishi bo`yicha tabiiy va tеxnogеn FVlarda HFX ta'minlash bo`yicha ishlarni tashkil qilishda muntazam mashq va uquvlar jarayonida sinab boriladi. Aholi xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyatini va jamiyatning huquqiy zaminini belgilovchi hujjatlarning ko’pgina qismi, murakkablashib borayotgan turli xususiyatga ega bo’lgan favqulodda vaziyatlarning ta’rifi, tasnifi, kelib chiqish sabablari va sodir bo’lgudek bo’lsa, aholi xavfsizligi, inson salomatligini ta’minlashdek muhim tadbirlarga bag’ishlangandir. O’zbekistonning iqlimi, tabiiy tuzilishi, tabiiy -geologik sharoiti, ishlab chiqarish tarmoqlarining joylashuvi o’ziga xos turli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi va tarqalishiga sabab bo’ladi. Buni inobatga olgan hukumat mazkur masala bilan maxsus shug’ullanuvchi organ, Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etdi (1996 yil). Uning asosiy vaifasi: favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ro’y bergan taqdirda bartaraf etish, inson hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, favqulodaa vaziyatlar oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iboratdir. Albatta, bu vazifalarni bajarish birgina vazirlik va uning tasarrufidagi tarmoq tashkilotlarining yagona vazifasi bo’lmay, mavjud bo’lgan barcha vazirlik va idoralar o’z faoliyati doirasida qo’shilishlari va buyirilgan farmolarni bajarishlari shart. Shu bois, hukumatimiz tomonidan "O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida" maxsus qaror qabul qilindi (1997 yil). Mazkur qarorda har bir vazirlik, idora, tashkilot uchun o’z yo’nalishi bo’yicha aniq funksiyalar belgilab qo’yilgan. "Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida"gi Qonunning asosiy maqsadi aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro’y berishi va rivojlanishining oldini olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdan iboratdir. "Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to’g’risida»gi qonun, gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruktsiya qilish, tiklash, konservatsiyalash va tugatish xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishda mas’uliyatni belgilab berdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lganida harakat qilish bo‘yicha yaxlit davlat tizimi va uning muvofiqlashtiruvchi organi O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi, sohaning zarur me’yoriy-huquqiy bazasi shakllantirildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, boshqa vazirlik va idoralarning favqulodda vaziyatlar profilaktikasi, ularning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha imkoniyatlarini mustahkamlash borasida ko‘lami va mazmuniga ko‘ra salmoqli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar tizimi faoliyati samaradorligining tahlili shuni ko‘rsatadiki, respublika aholisi va hududlarini muhofaza qilish sohasida bir qator muammoli masalalar mavjud: birinchidan – tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashni prognozlash, xavfni baholash, kuzatish va nazoratini amalga oshirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyat yuritayotgan bo‘lishiga qaramasdan, favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlashning ta’sirchan tizimi yaratilmagan, buning oqibatida zilzilalar, xavfli gidrometeorologik hodisalar, ekzogen geologik jarayonlar, texnogen xususiyatli avariya va halokatlarning tahdidini har tomonlama tahlil qilish, ularning yuz berish xavfini aniqlash to‘liq amalga oshirilmayapti; ikkinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining amaldagi tashkiliy-shtat birligi va shaxsiy tarkibining kamligi favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni keng ko‘lamli va samarali amalga oshirishni ta’minlamayapti; uchinchidan – ayrim shahar va tumanlarda quyi bo‘g‘in mavjud emasligi va rivojlanmagani favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan profilaktik chora-tadbirlarni mamlakatimizda tizimli ravishda amalga oshirishga imkon bermayapti, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish borasida aholi bilan keng qamrovli muloqot olib borish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan samarali hamkorlik qilishni ta’minlamayapti; to‘rtinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining professional qutqaruv otryadlari ma’muriy markazlarda joylashgani olis tumanlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda qutqaruv otryadlarining jalb etilishida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirib, ularni faqat favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarigagina jalb etish bilan cheklaniladi; beshinchidan – hududlarda favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, prognozlash, oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalariga jalb etilishi lozim bo‘lgan boshqaruv organlari, kuch va vositalarni muvofiqlashtiruvchi ta’sirchan mexanizmlar mavjud emas; oltinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmalarini zamonaviy avariya-qutqaruv texnikalari, asbob-uskunalari, anjomlari va aloqa vositalari bilan ta’minlash darajasi qoniqarsizligicha qolmoqda; yettinchidan – aholi va hududlarni tabiiy ofatlar va texnogen avariyalar xavfidan muhofaza qilish bo‘yicha muammolarni hal qilishda respublikaning ilmiy-tadqiqot salohiyatidan amalda to‘liq foydalanilmayapti; sakkizinchidan – favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash, ularning xavfi to‘g‘risida aholini xabardor qilish va ogohlantirish, shuningdek, qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilishi lozim bo‘lgan kuch va vositalarni muvofiqlashtirish va boshqarish ishlariga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish ishlari sust olib borilmoqda; to‘qqizinchidan – aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, kelgusida ushbu sohada ishlovchi professional kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimi mavjud emas. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida: 1. Quyidagilar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari hisoblansin: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini favqulodda vaziyatlar tahdidi va xavfini oldindan bartaraf etadigan, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va kompleks yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat olib boradigan, uning har bir xodimi “O‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish” shiori ostida xizmat qiladigan mobil, zamonaviy professional xizmatga aylantirish; aholi, birinchi navbatda, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan muloqotlarni mustahkamlash va kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmasini takomillashtirish, aholi va hududlar xavfsizligiga tahdidlar, tabiiy va texnogen xususiyatli xavflar manbalari mavjudligini hisobga olgan holda, tuman va shaharlardagi kuch va vositalarni samarali taqsimlash, aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatuvchi turli xizmatlarning tezkor harakatini muvofiqlashtiruvchi mexanizmlarni yaratish; favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfining chuqur tahlilini va aniqlashni nazarda tutuvchi favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish va prognozlash tizimini takomillashtirish, respublika hududlarini seysmik xavflar, texnogen avariya va halokatlar manbalari bo‘yicha rayonlashtirish; fuqarolarning hayoti va sog‘ligi, mol-mulkiga xavflarni barvaqt profilaktika qilish va ularning oldini olish, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi obyektlar va tizimlarning barqaror ishlashini, tahdidlar va ularning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash, bartaraf etish borasida aniq choralar ko‘rish, aholining ushbu sohada ma’lumotlarga ega bo‘lish darajasini oshirishni ta’minlash; Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, shuningdek, kichik hajmli kemalarni ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va suv havzalarida odamlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida davlat nazorati va kuzatuvini kuchaytirish; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish vakolatiga ega rahbarlar va mansabdor shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda fuqarolarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda harakat qilishga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish; O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, shuningdek, vazirlik uchun kadrlarni shakllantirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, gidrometeorologik va seysmologik xizmatlarning moddiy-texnik ta’minotini yanada yaxshilash, o‘quv va ilmiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, ilmiy xodimlar, mutaxassislar va qutqaruvchilarning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlar yaratish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli va ilmiy-tadqiqot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ular yuz berganda iqtisodiyot obyektlari faoliyati barqarorligini oshirish. 2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga belgilangan tartibda berilsin: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmat markazi tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i. Belgilansinki, Gidrometeorologik xizmat markazi va uning tarkibiy tuzilmalari, Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i mavjud shtat birligi va moddiy-texnik bazasi bilan to‘liq, amaldagi moliyalashtirish tartibi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi bilan o‘tkaziladi. 3. Berilayotgan Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i bazasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tashkil etilsin. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlaydi. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi "O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2915-qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufiga topshirilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati tarkibida Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tashkil etilsin. 5. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin: tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashi, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kichik hajmdagi kemalardan bexatar foydalanish, suv inshootlarida fuqarolarning hayoti va sog‘ligini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan aniqlash, ular vujudga kelishini barvaqt profilaktika qilish va oldini olishni ta’minlash; aholiga fuqarolarning hayoti, sog‘ligi yoki mulkiga xavf-xatar tug‘ilganda kompleks yordam ko‘rsatish, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan bu borada o‘zaro yaqin hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, mavjud xavf-xatarlar to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilish; favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasini rivojlantirish va boshqaruvini ta’minlash; favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, mazkur sohada gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar olib borish; aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy xokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini tashkil etish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mamlakat aholisi va hududlarini muhofaza qilish, gidrotexnik inshootlar, kichik hajmli kemalardan foydalanish xavfsizligini samarali nazorat qilish, suv havzalarida aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot obyektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tayyorlash, o‘tkazish va muvofiqlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar hamda maqsadli ilmiy-texnik dasturlar ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda aholini, mansabdor shaxslarni hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tizimli tayyorlash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish; yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, gidrometeorologik va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va amalga oshirish. 6. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat va hududiy komissiyalarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi 1-3 ilovalarga muvofiq ma’qullansin. Quyidagilar Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin: favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga qaratilgan eng muhim masalalarni ko‘rib chiqish, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining vazifalarini belgilash va qaror qabul qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash; har yili favqulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan fuqaro muhofazasi (bahor mavsumida) hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish (kuz mavsumida) oyligini tashkil etish va o‘tkazish; mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining avariya, halokat, tabiiy va boshqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qilish, tibbiy reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; moliyaviy va moddiy resurslar davlat zaxiralarini tashkil etishni ta’minlash, shuningdek, ulardan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; Download 90.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling