1 Xeksher-Olin nazariyasi
Download 16.82 Kb.
|
Xeksher va Olin nazariyalari E.Asadbek & F.Oybek
1.2.Xeksher-Olin nazariyasi. A. Smit, D. Rikardo va Dj. S. Mill nazariyalarida xalqaro savdoda mamlakatning o‘rnini aniqlash uchun faqat bitta ishlab chiqarish omili bor deb faraz qilingan. Bu nazariyalarda mamlakatning xalqaro savdoda egallashi mumkin bo‘lgan o‘rni ulardagi mehnat unumdorligi bilan belgilangan. Shu sababli bu olimlarning ishla- rini davom ettirganlar xalqaro savdoni bir nechta ishlab chiqarish omillari mavjud- ligida tahlil qilishga harakat qilishgan. Shved iqtisodchilari E. Xeksher va B. Olin o‘z tahlillarida ishlab chiqarishning ikki omilini — kapital va mehnat omilini ko‘rib chiqdilar. Ularning ta’kidlashi- cha, ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra mamlakatlar- ni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
Mehnat omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda mehnat resurslari ko‘p va arzon bo‘ladi. Ularga misol qilib Xitoy va 0‘zbekiston kabi mamlakatlarni keltirish mumkin. Kapital omiliga boy mamlakatlar — bu mamlakatlarda kapital katta hajmlar- da jamlangan bo‘ladi, ammo mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi pastroq bo‘ladi. Shu sababli bu mamlakatlarda real ish haqi darajasi yuqori bo‘- ladi va mehnat resurslarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘- ladi. Ularga misol tariqasida AQSh va Germaniya kabi mamlakatlarni keltirish mumkin. Bundan tashqari, tovarlarini ham ikki guruhga bo‘lish mumkin: Mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chi- qarishda kapitaldan ko‘ra mehnat resurslari ko‘proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol qilib qishloq xo‘jalik mahsulotlarini keltirish mumkin. Kapital sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovarlar — bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan ko‘ra kapital ko‘proq talab qilinadi. Bu turdagi tovarlarga misol sifatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini keltirish mumkin. Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi — mamlakat qay- si ishlab chiqarish omili bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, shu omilni nis- batan ko‘proq talab qiluvchi tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashishi va uni eksport qilishi kerak. Demak, Xeksher-Olin nazariyasiga binoan AQSh bilan Xitoy o‘zaro savdo alo- qalariga kirishsa, AQSh kapital omiliga boy mamlakat sifatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini eksport qiladi va Xitoydan mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import qiladi. Ushbu nazariya XX asrda ko‘plab mamlakatlarning tashqi savdo siyosatining asosini tashkil qilishiga qaramasdan unda ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan- Xususan, Xeksher-Olin nazariyasida mamlakatlarning vaqt o‘tishi bilan ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlanganligi ham o‘zgarishi inobatga olinmagan. Bundan tashqari, bir ishlab chiqarish omilining o‘rniga boshqasini qo‘llash mumkinh- gi va shu sababli kapitalga boy mamlakatlar ham mehnat sig‘imkorligi yuqori bo‘l- gan tovarlarni eksport qilishi mumkinligi inobatga olinmagan. Ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi o‘zining barcha kamchiliklanga qaramay, hozirgi kunga qadar xalqaro savdoning rivojlanishini tushuntirib beruv- chi eng ilg‘or nazariyalardan biri sanaladi Download 16.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling