1. Xiva xonligi shaharlari Xiva xonligida xo’jalik hayoti -yer
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Nigina Xiva xonligi madaniyati slayd
Kirish 1.Xiva xonligi shaharlari 2.Xiva xonligida xo’jalik hayoti -yer egaligi,soliqlar,majburiyatlar 3.Xiva me’morchiligi 4.Xiva tarixshunosligi 5.Xiva - ming gumbaz shahri Xulosa 1 Xiva xonligi madaniyati Tuzdi: Nigina Kenjayeva Tekshirdi: Rahmonberdiyev Davlatbek KIRISH 2 Xorazm shaharsozligi mil.av.VII srrdagi Ko’zaliqir shahar xarobalariga to’g’ri keladi. Xorazm Ahamoniylar sulolasi tarkibiga kirgan bo’lsada,Iskandar, salavkiylar,Yunon-Baqtriya davlatlari tarkibiga kirmagan. O’ a asrlarda ham xiyoniylar,kidariylar,eftaliylar va turk xoqonligi davrida ham o’z mustaqilligini saqlab qolgan. Xorazmning shunday hukmdorlar boshqardiki,ular faqat hukmdor emas, balki ular Xorazmning tarixini,madaniyati,me’morchiligini boyitgan kishilardir. Shunday hukmdorlardan biri Abulg’ozixondir. Xiva xonligiga ko’plab elchilar tashrif buyurdilarki,ular ham o’z esdaliklarida Xorazmning chiroyli shaharlarini yozib qoldirdilar. Xiva xonligida Xiva, Ko’hna Urganch, Yangi Urganch, Vazir kabi o’nlab shaharlar mavjud bo’lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo’lib, 1997- yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Bu haqda YUNESKO 1995- yilda qaror qabul qilgan edi. XIVA XONLIGINING YIRIK SHAHARLARI XIVA, KO’HNA URGANCH YANGI URGANCH VAZIR Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo’lib, 1997- yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Bu haqda YUNESKO 1995- yilda qaror qabul qilgan edi. 3 4 XIVA SHAHRI Xiva shahri milloddan avvalgi V asrda yuzaga kelganidan buyon uning tarixi butun Xorazm tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lib keldi. Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlaridanoq Sharq bilan G’arbni bog’lovchi savdo yo’li o’tganligi bilan izohlanadi. Xiva shahri XVI asr boshlaridan 1920-yil fevralgacha Xiva xonligining poytaxti bo’lgan. KO’HNA URGANCH . Xonlikning yana bir shahri — Ko’hna Urganch (Gurganch) shahridir. Qadimda bu shahar joylashgan hudud hozirgi Turkmaniston (Toshhovuz viloyati) tarkibidadir. Ko’hna Urganchga asos solinganligiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim savdo ka oni yo’llari kesishgan yerda joylash-ganligi uchun ham tez rivojlangan. Ko’hna Urganch X — XI asrlarda Xorazm davlatinuig poytaxti edi. Bu shahar arab geogra ari asarida Jurjoniya nomi bilan qayd etilgan. X asrning ikkinchi yarmida poytaxt Gurganchda mustaqil amirlik tuzilgan. 995- yilda Gurganch amiri Ma'mun ibn Muhammad poytaxti Kot shahri bo’lgan xorazmshohlarni tor-mor etib, o’zini Xorazmshoh deb e'lon qilgan. Shu tariqa Gur -ganch Xorazm davlatining yagona poytaxtiga aylangan. XI—XII asrlarda bu shaharda madaniyat, ilm -fan rivojlandi. Shahar mustahkam qal'a- devor bilan o’rab olindi. IZOH! 1221-yilda mo’g’ullar Ko’hna Urganch shahrini suvga bostirgan edilar. 1646- yilda Abulg’ozixon hozirgi Urganch shahriga asos soldi. Bunga yuqorida qayd etilgan Amuda oning o’z yo’nalishini o’zgar-tirib Orol dengizi tomon oqa boshlagani, buning oqibatida Gurganch-ning (Ko’hna Urganch) suvsiz qolganligi sabab bo’lgan edi. Shundan keyin qadimgi Guiganchning nomi Ko’hna Urganch bo’lib qoldi. Vazir shahri. 5 Vazir Xorazmning shahar-qal'alaridan biri bo’lgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, shayboniylardan bo’lgan Mustafoxon tomonidan XV asr o’ alarida asos solingan. XVI asrda shayboniylarning o’zaro urushlari shaharni vayron bo’lishiga olib kelgan. 1558- yilda Xivaga kelgan Antoniy Jenkinson bu haqda bunday deb yozgan edi: ,,Vazir shahri keyingi 7 yil mobaynida o’zaro urushlar oqibatida to’ ma a vayron bo’ldi. Shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari ham nochor". 1593—1598- yillarda esa Abdullaxon II harbiy yurishlari chog’ida ham shahar yana vayron etildi. Abulg’ozixon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko’chirgan. Shu tariqa shahar o’z ahamiyatini butunlay yo’qotgan. Abulg’ozixon- Xiva tarixshunosligi maktabining asoschisi.(1644-1664) (,,Shajarayi turk" va ,,Shajarayi tarokima“asarlari mualli ,,Shajarayi turk" asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512— 1663- yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan. Abulg’ozixon o’z asarlarini oddiy kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. 6 Vengriyaning mashhur sharqshunosi A. Vamberi ,, Abulg’oziyning “Shajarayi turk"i uchun butun dunyo undan minnatdor, deb yozgan edi. XVII—XVIII asrlarda Xiva ijod qilgan xattotlari Muhammad Yusuf Rojiy Bobojon Sanoiy Muhammad Rizo Oxund 7 Ular she'riy asarlar, tarjima va tarixiy kitoblarni ko’chirganlar. Har bir kitobni bezashda bir necha soha ustalari ishtirok etganlar. Bular — qog’oz qirquvchi, kotib-xattot, muzahhib, lavvoh, lavha chizuvchilar, miniaturachi rassom va sahho ar edilar. Xiva qo’lyozmalarida Buxoro qo’lyozmasidan farqli o’laroq, mundarija manzarali qilib bezatilmagan . YER EGALIGI. 8 Xonlikning asosiy boyligi yer hisoblanardi. Bu yerlar sug’oriladigan (axya) va sug’orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga ko’ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bo’lingan. 1. Davlat yerlari (podshohi). 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar). 3. Vaqf yerlari. Xonning qarindoshlari o’z xususiy yerlaridan davlatga soliq to’lamas edilar. Davlat soliqlaridan ruhoniylar, katta amaldorlar, ta on yer olganlar ham ozod etilgan edilar. Xiva qo’ng’irotlari davrida qurilgan sug’orish inshootlari XVIII asr 70- yillarida Davkor ko’li yonida kanal XIX asr boshlarida esa Lavzan kanali, Qilich Niyozbiy kanali, Katta Xonobod kanali 9 Xon va boshqa xususiy mulk yerlarida dehqonchilik qiluvchilar yarimchilar deb atalgan. Bunday deb atalishiga ular yetishtirgan hosilning yarmini ijara haqqi uchun berganliklari sabab bo’lgan edi. 10 XIVA XONLIGIDAGI ASOSIY SOLIQ TURLARI salg ut, ya’ni yer solig’i edi. alg’ut (bir yo’la to’lanadigan soliq) miltiq puli(qurol sotib olish uchun aholidan yig’iladigan jarima) arava oluv (aholining qo’lidagi aravalarini davlat ishlariga safarbar etish) . uloq tutuv (aholining qo’lidagi otlar va tuyalarni safarbar etish) qo’nalg’a (elchilar va amaldorlarga ko’chib o’tish uchun joy berish) so’ysun (qo’nalg’a chog’ida amaldorlarni mehmon qilish uchun mol so’yish), chopar puli (soliq yig’ish xabarini yetkazuvchilar uchun haq to’lash) tarozuyona (tarozibonga toiov haqi), mirobona (mirob uchun yig’im) da ozabon puli (yukni o’tkazganlik uchun shahar da ozasi qorovuliga to’lanadigan haq) va hkz.soliqlar mavjud edi. 11 XIVA XONLIGIDA BEGAR MAJBURIYATLAR. Qazu — butun qishloq aholisini katta va kichik kanallarni tozalashga safarbar etish majburiyati. Ichki va obxo’ra qazu — har yili kanallarning suv taqsimlagichini tozalash majburiyati Hachi — himoya dambalari qurish va ularni mustahkamlashda qatnashish majburiyati. . Otlanuv — xon ovida qatnashish uchun lashkarlikka kelish. Begar — rasman 12 kunlik davlat majburiyati; unga ko’ra, qishloqning har bir xonadonidan bir kishidan odamlarni to’plashardi. Ular har yili turli qurilish ishlarida, kanal qazishda, yo’llarni tuzatishda, xon saroylari qurilishida ishlar edilar. Begarning muddati 12 kun deb belgilangan bo’lsa-da, aslida u bir oy, undan ko’proqqa ham cho’zilar edi. 12 ME'MORCHILIK XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o’rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta'sir ko’rsatdi. Chunonchi, 1782- yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi. Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me'moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765- yilda Sherg’ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi. XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan ka onsaroy, usti yopiq bozor va ular oralig’ida 1834- yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi. 1842- yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva atro da 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal'a devori va uning da ozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi.O’sha paytdan boshlab shahar hududining bu qismi Dishan qal'a — Tashqi shahar (qal'a) deb nomlana bosbiangan. Xivaning kichik halqali qal'a-devori bilan o’ralgan qismi Ichan qal’a — Ichki shahar (qal'a) deb atalgan. Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 17 masjid, 22 madrasa mavjud bo’lgan. Ichan qal'a bobolarimizdan qolgan o’ a Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlikdir. U ming gumbaz shahri nomi bilan mashhur. Ichan qal'a Xiva shahrining ichki qal'a (Shahriston) qismidir. ICHAN QAL'A DARVOZALARI Bog’cha, Polvon Tosh Ota 13 Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me'morlari o’ a Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an'ana — inshootlarni ro’parama-ro’para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul ,,qo'sh" deb ataladi. Xorazm o’lkasi me'morchiligining ajoyib obidalari — madrasa, masjid, saroy va minoralar Ichan qal'ada joylashgan. Mazkur asrlar davomida Ota da ozadan Polvon da ozagacha kattayo’l o’tkazildi.. XVIII asr oxiri-XIX asrda Xivada qurilish ishlari 14 XVIII asr oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora ham qad ko’tardi. 1840—1842- yillarda ikki qavatli Qutlug’ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi. Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Aminxon hukmronliklari davrida lchan qal’ada keng ko’lamli yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etildi. Ko’hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi. Yangi va katta Toshhovli saroyi qurildi. Polvon da ozaga yaqin qo’rg’on devorining bir qismi buzilib, o’rniga Olloqulixon ka onsaroyi, madrasasi va timi qurildi. Shuningdek, ajoyib me'morchilik namunasi Pahlavon Mahmud maqbarasi bunyod etildi. Bundan tashqari, Arab Muhammadxon va Musa To’ra madrasalari ham shu davrda qad ko’tardi. Muhammad Aminxon esa Ichan qal'aning g’arbiy qismidagi Ko’hna ark yoniga Katta minor nomi bilan mashhur bo’lgan minorani qurdirdi. DISHAN — TASHQI QAL'A 15 Xiva shahrining rabod qismi hisoblanadi. 1842-yildaXiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7—8 metr, devorining qalinligi esa 5—6 metr bo’lgan devorbilan o’ratgan. Ichan qal’ada 4 da oza bo’lsa, Dishan qal'a 10 da ozali bo’lgan. Dishan qal'aning ko’chalari Ichan qal’aning ko’chalari davomi tarzida qurilgan. Shaharning tim va savdo rastalari Dishan qal'ada joylashtirilgan. HUNARMANDCHILIK 16 Me'morchilik ning yuksalishi kulolchilikda ham o’z ifodasini topdi. Kulollar faqat alohida-alohida buyumlar tayyorlabgina qolmasdan, bir necha yuzlab lagan, tovoq va kosalardan iborat butun bir to’y marosimini o’tkazishga yetadigan to’y majmualarini ham tayyorlaganlar. XIX asrning 30—40- yillariga oid manbalarda Xivada zargarlik hunari mahorati yetakchi hunarlar qatorida tilga olib o’tilgan. Xivaning bosh taqinchog’i — jig’a o’ a Osiyoning boshqa mintaqalariga ham keng tarqalgan. Isirg’alar feruza va marjonlar, bilaguzuklar esa toshlar bilan bezatilgan. Bilaguzuklar har birining og’irligi 300 grammgacha bo’lgan. Xiva shahrida hunarmandchilikning yog’och o’ymakorligi, badiiy to’qimachilik, gilamchilik, kashtachilik, naqqoshlik kabi o’nlab turlari ham mavjud bo’lgan. XIX asrda Xiva yog’och o’ymakorligi maktabi xonlikda oldingi o’rinda turadi. U o’z badiiy yuksakligi bilan ajralib turardi. Bu o’rinda Olloqulixon saroyidagi Toshhovli ayvon ustunlari majmuyi o’zining ko’rkamligi bilan ajralib turadi. XIX asr o’ alarida o’ymakori eshik va ustunlar ustasi Polvon Abdusattor o’g’lining nomi ayniqsa shuhrat qozondi. Xiva shahri ayni paytda XX asr boshlarigacha xonlikda yagona shoyi to’qish markazi bo’lib qoldi. Hozirgi davrda ham gilam ustida ishlayotgan rassomlar XIX asrning birinchi yarmida yuksak darajada bo’lgan Xorazm amaliy bezagi va san'ati an'analariga tayanadilar. XIX asrda Xivada matoga gul bosish san'ati o’zining kulrang uyg’unligi va mayda gullari bilan o’ a Osiyoning boshqa gul bosish markazlaridan farq qilib turadi. 17 Ichan qal'a ansambli me'moriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan muzeyga aylantirilgan. • 1990- yilda esa Ichan qal'a Butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan. 1997- yilda Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan katta ta'mirlash ishlari olib borildi. 18 XIVA XONLIGIDAGI MAHALLIY TARIXCHILAR XVII asr- Hasanbek Rumlu-”Eng go’zal tarix” Abulg’oziy Bahodi onning (1603— 1664) ,,Shajarayi turk" asari Munisning ,,Firdavsul iqbol“asari Xorazmning 1812-yilgcha bo’lgan tarixini yoritib bergan Ogahiy - ,,Shohidi iqbol“asari, o’zida 1872- yilgacha Xorazm tarixiga bag’ishlangan Xudoyberdi Avaz Muhammad-( 1831—1832-yil) ,,Dili g’aroyib" 1872—1911- yillardagi tarixini Xiva xoni Asfandiyo onning topshirig’i bilan 1912- yilda Yusu ek Bayoniy yozgan I. Mo’minov ,,Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo’lgan tarixi" (1976-yil) Xulosa 19 Xulosa qilib aytganda Xiva madaniyati Xiva xonligida hukmronlik qilgan 2 ikkita sulola Xiva shayboniylari (1510-1770) va Xiva qo’ng’irotlari (1770-1920)davrida gulab-yashnadi. Xorazm shahrlari gullab-yashnadi. No’g’ullar davrida suvga to’ldirilgan Ko’hna Urganch o’zining oldingi shukuhini yo’qotgan bo’lsa-da,mustaqil xonliklar davrida yuksala boshladi. Yangi-yangi shaharlar paydo bo’ldi . Ilm-fan,madaniyat,me’morchilik,san’at yuksaldi. Xorijiy sayyohlar ham Xorazmning mehnatkash xalqiga va uning shaharlarining go’zalligini o’zining esdaliklarida yozib qoldirgan. Rossiya elchisi sifatida Xiva xonligiga 1819- yilda kelgan N. I. Muravyov ham yozib qoldirgan esdaliklar eng qimmatli manbalar qatorida turadi. ,,Esdaliklar" Xiva to’g’risida, qadimiy obidalar, davlat boshqaruvi tizimi, hunarmandchilikva savdo- sotiq to’g’risida batafsil malumotlardan iborat. Shuning uchun ham bu kitob fransuz va nemis tillariga ham tarjima qilingan edi. Muallif asarida o’zbek xalqiga xos xususiyatlar haqida to’xtalib, o’zbeklarni ,,aql-idrokli, suhbati yoqimli va o’tkir, qa yatli, matonatli, u -odati oddiy, yolg'on va aldovdan nafratlanuvchi, harbiy ishda hormay-tolmaydigan mard va jasur kishilar", deb ta'ri agan ham edi. N. I. Muravyov o’z krini davom ettirib, yana quyidagilarni qayd etgan: ,,Xiva shahri keng maydonda bog’-rog’ bilan o’ralgan. Atro esa devor bilan o’ralgan hamda Amuda odan suv quvuri o’tkazilgan. Xiva aholisi o’zining mashaqqatli mehnati bilan cho'1-u biyobonni hosildor o’lkaga aylantirgan. Atrof hammasi ekinzor maydon. Bug’doyzor, sholipoya, uzumzo ashirin-shakarbog’. Cho achilik ham rivojlangan". Mustaqilligimzni qo’lga kiritgan kunlardanoq Xorazm va uning tarixiy obidalari YUNESKO ro’yxtidan joy oldi va uning 2500 yillik tavallud ayyomi 1997-yilda Xorazm shahrida keng nishonlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 20 1.I.A.Karimov.Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.”Sharq”.1998. 2.B.Ahmedov.O’zbekiston tarixidan manbaalar.Toshkent.”O’qituvchi ”.1991. 3.Azamat Ziyo.O’zbekiston davlatchiligi tarixi.Toshkent.”Sharq”.2003 yil. 4.Abulg’ozi Bahodi on.”Shajarai turk”.T.”Sharq”.1996 5. I. Mo’minov ,,Xorazmning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo’lgan tarixi" (1976-yil) 6. “Xiva ming gumbaz shahri" kitobi ham tarixiy faktlarga (1997-yil).Xorazmning 2500 yillik yubileyiga bag’ishlab yozilgan 7.Q.Usmonov,N.Norqulov.U.Jo’rayev.O’zbekiston tarixi.T.”Sharq”.1999 8. Q.Usmonov,N.Norqulov.U.Jo’rayev.O’zbekiston tarixi.T.”O’zbekiston”.2010 Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling