1. Xiva xonligida amir, „sohibi devoni a’lo“ sifatlari bilan ulug’langan mansab bu?


Download 40.5 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1631506
Bog'liq
1.Xiva xonligid-WPS Office


1.Xiva xonligida - amir, „sohibi devoni a’lo“
sifatlari bilan ulug’langan mansab bu?
A) Qo’shbegi B) Mehtar
C) Yasovulboshi D) Parvonachi
2. Xiva xonligida har bir qabilaviy guruhga ...... tayinlab, xon ular orqali qabilaga tegishli masalalarni hal etgan?
A) inoq B) oqsoqol C) naqib D) noib
3.…….lar Xiva xoninig eng yaqin maslahatchilari sifatida saroyda istiqomat qilishgan
A) Inoqlar B) Oqsoqollar
C) Naqiblar D) Noiblar
4. Har bir qabilaviy guruhdan qancha kishi
eng yuqori davlat lavozimlariga tayinlangan?
A) 2 nafar B) 3 nafar C) 4 nafar D) 5 nafar
5.Xiva xonligi hududi nechta ma’muriy birlikka bo’lingan?
A) 19 ta B) 21 ta C) 23 ta D) 32 ta
6. Xiva xonligida nechta beklik va qancha noiblik bo’lgan?
A) 14 ta beklik 5 ta noiblik
B) 19 ta beklik 3 ta noiblik
C) 28 ta beklik 4 ta noiblik
D) 20 ta beklik 2 ta noiblik
7. Xiva xonligida viloyatlar nimalarga bo’lingan?
A) Shahar va masjid qavmlari
B) Qishloq va oqsoqolliklarga
C) Noiblik va tumanlarga
D) Tuman va ovullarga
8.Xiva xonligida boshqaruvning eng quyi
ma’muriy birligi bu ?
A) Tuman B) Qishloq
C) Masjid qavmlari D) B,C
9.Quyidagilardan notog’ri ma’lumotni aniqlang.
A) Xiva xonligida shaharlarni hokimlar tomonidan boshqarilgan
B) Oqsoqollar masjid qavmlari tomonidan saylangan va xon tomonidan tasdiqlangan
C) Xiva va uning atrofidagi hududlarni mehtar boshqargan
D) Masjid qavmlarini esa oqsoqollar boshqarishgan
10. Xiva xonligida quyidagi qaysi mansab xon tomonidan tayinlanmagan?
A) Beklar B) Noiblar
C) Hokimlar D) Oqsoqollar
11. Xiva xonligida qaysi organ taxt vorisi masalasini ham hal etgan?
A) Kichik Kengash B) Oliy Kengash
C) Majlis D) Masjid qavmlari
12.Xiva xonligida taxt meros bo’lib ….. ?
A) Akadan ukaga o’tgan
B) Otadan kichik o’g’ilga o’tgan
C) Otadan katta o’g’ilga o’tgan
D) Otadan qizga o’tgan
13.Xiva xonligida bosh vazir…….bo`lgan
A) Devonbegi B) Qo`shbegi C) Mehtar D) Naqib
14.. Xonlikda turkman qabilalaridan tuzilgan harbiy qismni kim boshqargan?
A) Qutvol B) Shig’ovul
C) Yasovulboshi D) Parvonachi
15.Xiva shahrida qancha muftiy faoliyat yuritgan?
A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling