8. Turkistonda ayniqsa qaysi sanoat sohasi uchun paxta yetishtirish ko’paydi?
A) to’qimachilik B) to’quvchilik
C) tikuvchilik D) naqqoshlik
9. Turkistonda rus bosqinidan keyin g’allaning tanqisligiga olib kelgan sababni aniqlang.
A) paxtaning ko’p yetishtirilishi
B) aholining ko’payishi
C) qurg’oqchilik
D) chet el bilan aloqlalarning yomonlashishi
10. 1867-1900-yillarda Turkiston general-gubernatorligida qancha sanoat korxonasi ishga tushirilgan?
A) 165 ta B) 175 ta C) 185 ta D) 195 ta
11. Turkiston general-gubernatorligi korxonalarida ish kuni necha soat bo’lgan?
A) 12 soat B) 14 soat C) 15 soat D) 16 soat
12. Quyidagi xato ma’lumotni aniqlang.
A) Turkiston general-gubernatorligidagi aksariyat korxona ishlari qo’l mehnati bilan bajarilgan
B) Mahalliy sanoat ishchilari xonavayron bo’lgan dehqonlar yoki ishsiz qolgan hunarmandlar hisobidan ortib brogan
C) Turkiston general-gubernatorligi korxonalarida ish kuni 15 soat bo’lgan
D) Turkistondagi ishchilar huquqlarini himoya qiladigan tashkilotlar bo’lmagan, ishchilar hech kimga shikoyat qilib bilmas edilar
13. Turkistonda hunarmandlar mahsuloti bozorining kasodga uchrash sababini aniqlang.
A) Rossiya imperiyasining markaziy rayonlarida ishlab chiqilgan sanoat mahsulotlarining o’lkaga kirib kelishi
B) hunarmandlarning ko’payib ketishi
C) xomashyoning qimmatlashuvi
D) pulning qadrsizlanishi
14. Rossiya imperiyasining Turkiston borasidagi barcha rejalari …..ni rivojlantirishga qaratilgan edi.
A) paxtachilik B) dehqonchilik
C) g’alla yetishtirish D) chorvachilik
15. Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishiga olib kelgan sababni aniqlang.
A) paxta maydonlarining kengaytirilishi
B) Turkistonda tarqalgan vabo kasalligi
C) chorva mollariga bo’lgan ehtiyojning pastligi
D) chorvachilikdan kelgan foydaning kamligi
16. Turkistonda chorvachilik va chorva mahsulotlarining kamayishi ayniqsa qaysi hududda yaqqol sezilgan?
A) Farg’ona vodiysi B) Toshkent viloyati
C) Sirdaryo viloyati D) Zarafshon okrugi
17. Turkistonda Rossiya imperiyasi uchun paxta yetishtiriladigan eng muhim markazlarni aniqlang.
A) Farg’ona, Sirdaryo, Samarqand
B) Farg’ona, Toshkent, Jizzax
C)Zarafshon, Toshkent, Samarqand
D) Samarqand, Buxoro, Jizzax
Do'stlaringiz bilan baham: |