1. XIX asrda Usmoniylar imperiyasida mamlakatda islohotlar o‘tkazishga


Download 186.78 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.03.2023
Hajmi186.78 Kb.
#1293505
Bog'liq
34-variant



8-jahon 
34-variant 
1. XIX asrda Usmoniylar imperiyasida 
mamlakatda islohotlar o‘tkazishga 
urinishlar ham bo‘ldi. Biroq ular kimlarning 
qarshiligi tufayli amalga oshmay qolaverdi? 
A) mutaassib din arboblarining 
B) vazirlarining 
C) mustamlakachi chet el davlatlarining 
D) A va C javoblar 
2. Sultonning «Qrim urushi»dagi g‘alabasi 
Turkiyaning qaysi davlatlarga qaramligini 
yanada kuchaytirdi? 
A) Fransiya va Germaniyaga 
B) Buyuk Britaniya va Fransiyaga 
C) Avstriya va Prussiyaga 
D) Germaniya va Avstriyaga 
3. XVIII asr boshlarida Qandahor viloyatida 
Eron bosqinchiligiga qarshi ko‘tarilgan 
afg‘onlarning qo‘zg‘oloniga kim rahbarlik 
qilgan? 
A) Nodir Quli B) Fathxon 
C) Ahmadxon D) Mir Vaysxon 
4. Qachon Buyuk Britaniya bilan yangi urush 
kelib chiqishini istamagan Afg‘oniston 
amiri Do‘st Muhammadxon ingliz — 
afg‘on do‘stlik shartnomasini imzoladi? 
A) 1850-yilda B) 1852-yilda 
C) 1855-yilda D) 1856-yilda 
5. Qachon Afrikada Liberiya ozod davlati 
tuzilganligi e’lon qilindi? 
A) 1846-yilda B) 1847-yilda 
C) 1843-yilda D) 1841-yilda 
6. Nechanchi asr Afrika qit’asini Yevropa 
davlatlari tomonidan mustamlakaga 
aylantirish davri bo‘ldi? 
A) XVII asr B) XVIII asr
C) XIX asr D) XX asr 
7. XVI—XVII asrlarda Eronda qaysi saroy 
ansambllari o‘zining nafisligi va mahobati 
bilan ajralib turadi? 
A) Yildiz va Ravon 
B) Bag‘dod va Ravon 
C) Do‘lmabahche va Chirog‘on 
D) Аli Кара va Chexel Sotun
8. Qachon musulmonlarni ozod qilish shiori 
ostida harakat qilgan turklar butun Liviyani 
Usmoniylar imperiyasiga qo‘shib oldi? 
A) 155l-yili B) 1555-yili 
C) 1557-yili D) 1559-yili 
9. Mamluk o‘rta asrlarda qaysi davlatda 
mavjud bo‘lgan harbiylar qatlami bo‘lgan? 
A) Misrda B) Turkiyada
C) Eronda D) Hindistonda 
10. Qachon Buyuk Britaniyada ikkinchi 
parlament islohoti o‘tkazildi? 
A) 1847-yili B) 1864-yili
C) 1867-yili D) 1866-yili 
11. Qachon Rossiya Napoleon bilan tinchlik 
hamda ittifoq to‘g‘risida shartnomani 
imzolab, Fransiyaning Yevropadagi barcha 
g‘alabalarini tan oldi? 
A) 1804-yil B) 1805-yil
C) 1806-yil D) 1807-yil
12. Vena shahri qaysi davlatning poytaxti 
hisoblanadi? 
A) Avstriyaning B) Vengriyaning 
C) Polshaning D) Angliyaning 
13. Qachon Fransiyada Ikkinchi imperiya 
o‘rnatildi? 
A) 1850-yil 2–dekabrda
B) 1851-yil 2–yanvarda 
C) 1852-yil 2–fevralda
D) 1852-yil 2–dekabrda 
14. Qachon Rim shahri Italiya qirolligiga 
qo‘shib olindi? 
A) 1868-yili B) 1866-yili 
C) 1871-yili D) 1870-yili 
15. Rossiyadagi «Dekabristlar harakati» 
a’zolaridan Pavel Pestel yaratgan loyihada 
nimalar ko‘zda tutildi? 
A) samoderjaviyeni yo‘q qilish
B) krepostnoylik huquqini yo‘q qilish
C) Rossiyada Respublika idora usulini joriy 
etish 
D) barchasi 
16. Zamonaviy rus adabiy tiliga kim asos soldi? 


8-jahon 
A) L.N.Tolstoy B) A.S. Pushkin 
C) F.M. Dostoyevskiy D) M.I.Glinka 
17. Qachonga kelib AQSHda ikki partiyaviy 
tizim ham to‘la shakllanib bo‘lgan edi? 
A) XVII asr B) XVII asr
C) XIX asr D) XX asr 
18. Qachondan boshlab AQSHda bir nechta 
tasviriy san’at va musiqa maktablari 
ochildi? 
A) 1850-yillardan B) 1860-yillardan 
C) 1870-yillardan D) 1880-yillardan 
19. Kim «Ispaniya mening mamlakatimni bandi 
qilgan zanjirlarni parchalab 
tashlamagunimcha xotirjam bo‘lmayman» , 
— derdi? 
A) Xose San Martin B) Maksimo Gomes 
C) Sukre D) Simon Bolivar 
20. Nechanchi yildan Lotin Amerikasi 
mamlakatlarida iqtisodning sezilarli o‘sishi 
kuzatiladi? 
A) 1850-yildan B) 1860-yildan 
C) 1870-yildan D) 1880-yildan 
21. Xitoyda Chin (Sin) imperiyasiichki 
ziddiyatlar iskanjasida qolgan davrda qaysi 
davlatlar savdogarlarining kirib kelishi 
kuchaydi? 
A) Buyuk Britaniya va Fransiya 
B) Fransiya va Rossiya 
C) Avstriya va Prussiya 
D) Buyuk Britaniya va Rossiya 
22. Xitoyda tashkil etilgan «Taypin tyango» 
davlatining markazi qaysi shahar bo‘lgan? 
A) Nankin B) Uxan
C) Pekin D) Nanchan 
23. XIX asrning ikkinchi yarmida Osiyodagi 
qaysi davlat hukumati o‘z oldiga milliy 
an’analardan voz kechmagan, mustaqillikni 
to‘la saqlab qolgan holda G‘arb 
namunasida mamlakatni zamonaviy-
lashtirish vazifasini qo‘ydi? 
A) Eronda B) Xitoyda
C) Koreyada D) Yaponiyada 
24. XIX asr 30-yillarida xristian cherkovi 
missionerlari vakillari Koreyaga yashirin 
kirib kelib, o‘z faoliyatlarini olib 
borayotgan edilar. Ular, asosan, … 
missionerlari edi. 
A) ingliz B) nemis C) fransuz D) rus 
25. Qachonga kelib, Yevropaning kuchli 
davlatlari Usmoniylar imperiyasining 
zaiflashib qolganligidan foydalanib, uning 
mustamlaka hududlariga ko‘z olaytira 
boshladilar? 
A) XIX asrning boshlariga
B) XVIII asrning oxirlariga 
C) XVIII asrning boshlariga 
D) XIX asrning oxirlariga 
26. «Qrim urushi» natijasida 1856-yil 
imzolangan … Tinchlik shartnomasi 
Turkiya ustidan amalda G‘arb 
davlatlarining «homiyligi»ni o‘rnatdi. 
A) Moskva B) London 
C) Parij D) Istanbul 
27. Qandahor viloyatida Eron bosqinchiligiga 
qarshi ko‘targan Mir Vaysxon 
afg‘onlarning qaysi qabilasining xoni edi? 
A) gilzoiy B) pushtun
C) abdali D) barakzaylar 
28. Qachon Buyuk Britaniya bilan Afg‘oniston 
o‘rtasida harbiy shartnoma tuzildi? 
A) 1857-yilda B) 1852-yilda 
C) 1855-yilda D) 1856-yilda 
29. XIX asrning birinchi yarmida tashkil 
topgan Afrikadagi qaysi davlatda G‘arbiy 
Yevropa va Shimoliy Amerikadagi ilg‘or 
tartib-qoidalar joriy etildi? 
A) Mavritaniyada B) Kamerunda 
C) Gambiyada D) Liberiyada 
30. Qachonga kelib, Yevropa davlatlari 
tomonidan Afrikani bosib olish, asosan, 
yakunlandi? 
A) XVIII asr oxiri B) XIX asr boshi 
C) XIX asr oxiri D) XX asr boshi 

Download 186.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling