1. Xoqoniya davlati kuchaygach, XI-XII asrlarda qanday nom olgan?


Download 18.33 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi18.33 Kb.
#1408233
Bog'liq
7uzb3


1. Xoqoniya davlati kuchaygach, XI-XII asrlarda qanday nom olgan?
A) Qarluq-Qoraxoniylar B) Tabg‘ach davlati C) Ulug‘ qoraxon davlati D) O‘g‘iz-Qoraxoniylar davlati
2. Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij yaratish ishlariga kim rahbarlik qilgan?
A) Muso Xorazmiy B) Beruniy C) Ahmad Farg‘oniy D) Mahmud Zamaxshariy
3. Ahmad Farg‘oniy rahbarligida "Miqyos an-Nil" nechanchi yil qayta tiklangan?
A) 833-yil B) 832-yil C) 857-yil D) 861-yil
4. 832-833-yillarda Farg‘oniy ...
A) Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o‘rnini aniqlash, yangicha zij yaratish ishlariga rahbarlik qildi
B) “Astronomiy asoslari” va “Zij” asarlarini yozib tugatdi
C) “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” asarini yozib tugatdi
D) Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig‘idagi yer meridiani bir darajasining uzunligini o‘lchashda qatnashdi
5. Hadis so‘zining ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) ibrat, nasihat B) haqiqat, adolat C) pand-nasihat D) rivoyat, naql
6. Respublikamizda "Xorazm Ma’mun akademiyasi"ning 1000 yilligi nechanchi yilda nishonlandi?
A) 2006-yil B) 2005-yil C) 2004-yil D) 2007-yil
7. Quyidagi qaysi alloma "Arab va g‘ayriarablar ustozi", "Xorazm faxri" kabi sharafli nomlar bilan mashhur bo‘lgan?
A) Burxonuddin Marg‘inoniy B) Mahmud Zamaxshariy C) Muso Xorazmiy D) Imom al-Buxoriy
8. Quyidagi qaysi atama insonlarni halollikka, poklikka, tenglikka chorlovchi, boshqalarning kuchidan foydalanmaslikka da’vat etadi? A) hadis B) kalom C) tasavvuf D) falsafa
9. Qarluqlar davlati dastlab qaysi hududda tashkil topdi?
A) Yettisuv B) Oltoy C) Janubiy Sibir D) Sharqiy Turkiston
10. Qarluqlar davlatining poytaxti bo‘lgan Suyob shahri qayerda joylashgan edi?
A) Issiqko‘lning g‘arbida B) Ili daryosi bo‘yida
C) Chu daryosi shimolida
D) Sirdaryoning yuqori oqimida
11. Tohir ibn Husayn xalifa nomini xutbadan chiqarib tashlaganidan 70 yil o‘tib bo‘lgan voqeani aniqlang?
A) Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni birlashtirdi
B) Xalifa Mu’tazid hukmronligi boshlandi
C) Safforiylar Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar
D) Butun Xuroson somoniylar qo‘l ostiga o‘tdi
12. Safforiylik bu – …
A) pul almashtirib berish bilan shug‘ullanish.
B) suv taqsimoti bilan shug‘ullanish.
C) misgarlik
D) matolarga rang berish.
13. Somoniylarning davlat boshqaruvi asosan o‘nta devon orqali idora etilishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan?
A) Abu Rayxon Beruniy B) Abul Fazl Bayhaqiy
C) Narshaxiy D) Gardiziy
14. Somoniylar davlatida davlat hujjatlari va elchilik aloqalari vazirligi nima deb atalgan?
A) Sohibi Shurat B) Devoni ariz
C) Mustovfiy devoni D) Amid ul-mulk
15. O‘rta asrlarda qaysi hududdan toshko‘mir va neft topilib ishlatilgan?
A) Farg‘ona B) Xorazm C) Shosh D) Eloq
16. O‘rta asrlarda qaysi hudud o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan mashhur bo‘lgan?
A) Farg‘ona B) Xorazm C) Shosh D) Eloq
17. Somoniylar davrida kumush tangalar qaysi shaharlarda zarb qilingan?
1) Marv 2) Kesh 3) Samarqand 4) Xorazm 5) Buxoro 6) Termiz 7) Shosh
A) 1,3,5,7 B) 1,2,4,6 C) 2,4,5,7 D) 4,5,6,7
18. Somoniylar og‘ir ahvoldan chiqib olish uchun nechanchi yil aholidan ikki marta soliq undirib oladi?
A) 942-yil B) 951-yil C) 960-yil D) 948-yil
19. Ma’lumki, Qoraxoniylar davlati qoraxitoylar tomonidan bosib olinadi. Qoraxitoylar qaysi xalqlarga mansub bo‘lgan?
A) turk B) qipchoq C) xunn D) mo‘g‘ul
20. Noto‘g‘ri berilgan javobni toping?
A) Alouddin Takash Mang‘ishloq yarimorolini Xorazmga qo‘shib oladi
B) Somoniylar davrida jamoa yerlari asosan lalmikor va tog‘oldi yerlardan iborat bo‘lgan.
C) Mustovfiy devoni – moliya vazirligi bo‘lgan
D) Alouddin Otsiz 1127-1156-yillarda hukmronlik qilgan
21. Kalon ...........................
22. Qopchur .......................
23.Yomlar....................
24. Mulki inju .................
25.Ahmad ibn Umar Xivaqiy kim ?
Download 18.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling