1: xotiraning turlari 2: xotiralar xususiyatlari 1: xotiraning turlari


Download 0.9 Mb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1506485
1   2   3   4
Bog'liq
xotira

Kesh xotira haqida ma`lumotlar
Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko`proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo`lgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam bo`ladi.
Tashqi xotira haqida ma`lumotlar
Tashqi xotirashunday xotiraki, u tashqi ko`rinishidan sistema platasiga o`xshash bo`lib, axborotlarni o`zida uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangan har xil printsiplarda saqlovchi va har xil turdagi tashuvchi qurilmalardir. Shu bilan birga, tashqi xotirada kompyuterning barcha dasturiy ta’minotlari saqlanadi. Tashqi xotira qurilmalari kompyuter sistema blokida joylashishi bilan birga uning alohida korpuslarida ham joylashgan bo`ladi. Oddatda tashqi qurilmalar ma’lumotlarni o`zda jamlovchi (yig`uvchi) qurilmalar deb ataladi. Jamlovchi – bu axborotni o`zida saqlaydigan qurilma bo`lib, u katta hajimdagi axborotlarni uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangandir.
Ularning hajmi tezkor xotiradan bir necha yuz marotaba kattadir. Jamlovchi qurilmani ma’lumotni tashuvchi va o`quvchi qurilma deb qarash mumkin. Axborot tashuvchilar ikki xil bo`ladi: lentali va diskli. Lentalilar faqat magnitli bo`lishi mumkin, diskli tashuvchilar esa magnitli, magnitooptik va optik bo`ladi.
Eng ko`p tarqalgan jamlovchilar bu magnitli disklardir. O`z navbatida magnitli disklar ham uch turga bo`linadi: qattiq disklar, egiluvchan disklar va lazerli (optik) disklar
Qattiq disk (HDD – Hard Disk Driver)
Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan dasturlar va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun mo`ljallangan. Ko`p hollarda qattiq disklar vinchester nomi bilan yuritiladi. Vinchester tashqi ko`rinishidan silliq germetik yopiq qutiga o`xshash bo`lib, uning ichida umumiy o`qqa ega bo`lgan aylana shaklidagi bir nechta qattiq alyumin yoki shishali plastinkalar joylashgan. Uning ichidagi disklar soni o`ntagacha bo`lishi mumkin. Ularning yuroqi qismi aylana shaklida ajratilgan bo`lib, ular yo`laklar (track) deb ataladi

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling