1 Xromosoma mutatsiyalari


Belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingover


Download 69.5 Kb.
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi69.5 Kb.
#1157417
1   2   3
Bog'liq
1 Xromosoma mutatsiyalari

2. Belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingover

Belgilarning birikkan holda irsiylanishi va krossingoverT.Morgan belgilami birikkan holda irsiylanish hodisasini o‘rganish uchun drozofila meva pashshasidan foydalandi. Chunki bu hasharot genetik tajribalami o‘tkazish uchun quyidagi afzalliklarga ega:


1.Laboratoriya sharoitida ko‘paytirish oson;
2.Tez ko‘payadi, optimal temperatura 25-26° C da 10-15 kunda yangi avlod beradi;
3.Juda serpusht;
4. Xilma-xil va ko‘p irsiy belgilarga boy;
5.Xromosomalar soni nisbatan kam.
Morgan tajribalarining birida drozofilaning qora tanali (b), normal qanotli (vg+) urg‘ochi formasini kulrang tanali (b+) rudiment qanotli (vg) forma bilan chatishtirganda Ft da barcha erkak va uig‘ochi pashshalar tanasi kulrang, qanoti normal bo‘lgan (31-rasm)*. Morgan Fj dagi duragay kulrang tanali, normal qanotli erkak drozofilani qora tanali, rudiment qanotli urg‘ochi forma bilan tahliliy chatishtiiganda Fb da 50% drozofilalarda kulrang tana, rudiment qanot, 50% drozofilalarda qora tana normal qanot rivojlangan. Binobarin Fb da xuddi ota-onaga o‘xshash formalar teng miqdorda paydo boigan. Agar, drozofiladagi ikki belgi genlari turli nogomologik xromosomalarda joylashganda Fb da to‘n xil forma 25% dan hosil bo‘lishi kerak edi. Lekin ikki xil belgi genlari bir xromosomada joylashgani sababli F1 da ikki xil gameta hosil boidi va Fb da ota-onaga o‘xshash ikki xil forma 50% dan olinadi. Oikazilgan tajriba yakunlariga ko‘ra Morgan belgilami to‘liq birikishi deb nom berdi.
F1 dagi kulrang tanali, normal qanotli duragay urg‘ochi drozofilani retsessiv belgili erkak drozofila bilan chatishtirilganda, Fb da 83% chatishtirishda qatnashgan ota va onaga o‘xshash drozofilalar olingan. Ulaming 41,5% drozofilalarda kulrang tana, rudiment qanot 41,5% da qora tana, normal qanot rivojlangan. 17% drozofila duragaylarda esa ota- ona organizmlar belgilari kombinatsiyalangan formalar, yaiii 8,5% qora tanali, rudiment qanotli, 8,5% da kulrang tanali normal qanotlilar boigan. Vaholanki bu ikki belgi bir biridan mustasno holda irsiylanganda hosil boigan to‘rt xil organizm 25% dan boiishi, agar belgilaming to‘liq birikish boiganda edi bunda ikkita ota-onaga o‘xshash organizmlar 50% dan hosil bo‘lishi lozim edi. Shuning uchun bu hodisaga Moigan belgilami qisman birikishi deb nom berdi.
* Birikkan holda irsiylanishga doir chatishtirishni yozishda belgilami bir biridan mustasno holda irsiylanishidan farqlash uchun genlar joylashgan xromosomalami ko‘rsatish lozim.
Ikkinchi tahliliy chatishtirishdan olingan 17% drozofilalar dagi urg‘ochi pashshalarda jinsiy hujayraiar hosil bo‘lish davridagi meyoz bo‘linishda gomologik xromosomalaming kon’yugatsiya va krossingoveri tufayli genlaming ayirboshlanishi natijasi deb baholash kerak. Gomologik xromosomalarda genlaming ayirboshlanish hodisasiga krossingover deyiladi. Krossingover natijasida ota-onaning ayrim belgilarini o‘zlarida mujassamlashtirgan individlarni krossover organizmlar deyiladi. Krossingover tufayli hosil bo‘lgan organizmlarni umumiy rivojlangan organizmlarga nisbatan foizi krossingover miqdori deb nomlanadi. Yuqoridagi misolimizda jami rivojlangan organizmlami 100 deb olsak, undan 17 tasi krossingover natijasida hosil bo‘lgan, ya’ni krossingover miqdori 17% ni tashkil qiladi.Moigan xromosomada genlar chiziqli ravishda joylashganligi va xar bir genning doimiy ofrni borligini isbotlash uchun drozofila meva pashshasining birikkan holda irsiylanuvchi tananing sariqligi y, ko'zning oq rangda boJlishi w, qanotning vilkasimon shaklda bo‘lishi bi genlari bir xromosomada joylashgan geterozigota formasi bilan shu uchta retsessiv gen bo‘yicha gomozigota formani o‘zaro chatishtirdi. Avlodda hosil boclgan pashshalar ichida 1,2% krossover formalar yvaw genlari; 3,5% krossover formalar w va bi genlari va 4,7% krossover formalar y va bi genlari orasidagi krossingover natijasi ekanligi ayon bo`di.
Download 69.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling