1. Xulq modeli. Xulq va kommunikatsiya


Download 22.33 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi22.33 Kb.
#229963
  1   2   3
Bog'liq
2-amaliy Zamon.tilshun Javob


1.Xulq modeli. Xulq va kommunikatsiya.

2.Nutqiy xulqda lisoniy qobiliyat va faollik birligi.

3.Inson miyasi tasavvuridagi bilimlar tizimining til bilan bog‘liqligi va bu haqdagi qarashlar.

1.Xulq modeli. Xulq va kommunikatsiya.

Xulq-atvor - bu biron bir tasvirni yaratishga qaratilgan belgilarning (nutq, nutq bo'lmagan, xulq-atvor) ajralmas to'plamidir. Xulq modeli ongli ravishda tanlanishi yoki o'z-o'zidan shakllanishi mumkin.

Bixeviorizm ba’zi bir narsalarda “sechenovchilar” psixologiyasi va ular bilan birgalikda psixologiyadagi har xil turdagi subyektiv-idealistik kabi oqimlarga raqobatda bo’ldi. U, hatto o’zini g’urur bilan “materialistik monizm” deb nomladi va, ayniqsa, o’z hayotining ikkinchi davrida I.P.Pavlov ta’limotiga tayandi. Sechenov psixologiya kabi bixeviorizm psixologiya metodlariga munosabatda qattiq pozitsiyada turdi. Bixevioristlarning aytishicha, ular faqat obyektiv bo’lishi mumkin. Bu bilan kelishish mumkin va lozim, albatta. Sechenov kabi bixevioiristlar psixikani insonning umumiy hayoti va faoliyatiga kirishib, uni organizmning tashqi ta’siri va fiziologik xususiyatlariga bog’liq, deb hisoblaydi. Bu ishonarli edi. Sechenov kabi bixevioristlar reflektor faoliyatni nafaqat organizmning bevosita ta’sirlanishi, balki fiziologik “tajribasi” bilan bog’laydi. Va bu ham shubha tug’dirmaydi. Hozirgacha bixeviorizmni psixologiyadagi o’ziga xos dialektik materializm, deb hisoblaydigan faylasuflar bor(fransuz P. Navelliga murojaat qilamiz). Ammo psixologiya metodlarining obyektivligini e’lon qilib, bixevioristlar, agar psixikada nimadir bevosita kuzatish va o’lchashga yon beradigan bo’lsa, unda ana shu “nimadir”, umuman, mavjud emas (Buning o’zi pozitivizmdir!). “Modomiki, insonni obyektiv o’rganishda bixeviorist ong, his-tuyg’u, sezgi, tasavvur, idrok, deb atashi mumkin bo’lgan hech narsani kuzatmaydi. Sababi endi terminlar psixologiyaning haqiqiy fonomenini ko’rsatadi, deb hisoblamaydi… Ushbu terminlarning barchasi inson faoliyati tasviridan chiqarilishi mumkin

2.Bixevnorizm. Bixevnorizmning tanqidi. Ammo organizmning, bixevioristlar tomonidan hisobga oladigan “tajribasi”–bu miyaning bu tajribani qayta ishlashining mutlaqo natijasi emas. Hatto, agar bixevioristik nazariyaga ba’zan organizmning “oraliq o’zgaruvchan”, bavosita, deb nomlanadigan reaksiyalarining u yoki bu stimullarini kiritadilar (mana shunday kuzatilmaydigan “o’zgaruvchanlik”siz xulqni talqin qilish mumkin emas), unda ular (klassik shaklda bixeviorizm) uydirma sifatida talqin qilinadi: “…hozirgi paytda yagona ma’noga ega bo’lgan ushbu nazariy oraliq konstruksiyalar ularni muayyan eksperimental o’zgaruvchanlik bilan bog’laydigan baravarlashtirishlar yordamida beriladi…Bunday baravarlashtirish ushbu terminlarning aniqligini yuzaga keltiradi”( 32 K.W.Spense. The Postulates and Methods of Behaviorizm. “Psychological Review”. 1998, 55, №2, p. 74-75. Bu to’laligicha hozirgi pozitiv oqimlar ruhida. Demak, operatsionalizm klassigi P.Brijman shunday fikr bildiradi: “Jarayon mohiyatini tushuntirish shundayki, biz, bizning tushuntirishlarimiz chegarasi sifatida korrelatsiyaning yetarli darajada tanish bo’lgan hodisalar va vaziyatlarni oddiy tasdiqlashni qabul qilishga tayyor turishimiz kerak”(R.Bridgman. The Logic of Modern Physies. N.Y., p. 47.). Bixevioristik nazariya determinizmi - “bu muhitga tashqi ta’sir ko’rsatishning yagona determinlashgan omillarini e’lon qilgan va organizmning ichki sharoitlar, ushbu tashqi ta’sir orqali o’zgarishini e’tiborga olmaydigan mexanistik determinizm”



Bular ham bixeviorizmda “maslahat berish” (learning), deb ataladi. Bu avvalgi qabul qilingan stimullarning soni va taqsimlanishiga nisbatan ko’p bo’lmagan hosiladir. Barcha qarashlar, asosan, avvalgi 30-yillar boshidagi bixeviorizmga xarakterli edi. Keyinchalik, “neobixevioristik” deb nomlangan konsepsiyalarda, biz “dunyoni ko’rish”ga bixevioristikcha cheklanganlikni, ayni paytda, uning asosiy nazariy qoidalaridan voz kechmaslikni qandaydir bartaraf qilishga urinishlarni topamiz. Bunga, asosan, “oraliq o’zgaruvchanlik” larning real psixofiziologik talqini hisobiga erishiladi. Ushbu kitob sahifalarida hali biz necha bor duch keladigan bixeviorist Ch.Osgud xulqning pragmatik talqinidan voz kechishni obyektiv ifodalaydigan ushbu oraliq o’zgaruvchanlik tashiydigan organizmdagi o’rab turgan hodisalar “reprezentatsiyasi” funktsiyasi haqidagi g’oyani ilgari surdi. Bixeviorizmning yarim asrdan ko’p tarixi davomida uning vakillari nutq xulqi, til tahliliga bir necha bor murojaat qildilar. Biz mana shulardan faqat ancha ma’lum urinishlargagina to’xtalamiz. Ulardan biri tilshunos

Leonard Blumfildga, boshqasi psixolog B.F.Skinnerga taalluqlidir Shulardan keng ma’lumki, ayrim noilojlikdan bixevioristcha, deb tan olish mumkin bo’lgan ikkita kitobni, ammo mualliflari mohiyatan, avvalo, bixeviorizm tushunchasiga nisbatan terminlarga tayanadi. Bu 1927-yilda birinchi marta nashrdan chiqqan va hozirda Greys A.de Lagun Dj. Kontorning kitobida - bu ham 1935-yildagi birinchi nashrdan fototipik usul bilan qayta nashr qilingan. Blumfild qarashlarida xulqning bixevioristik talqini juda ravshan ko’rinadi; amerikalik ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, Blumfildning qarashlari, hatto taniqli bixevioristlardan biri sanalgan Veysga ta’sir ko’rsatdi. Mana, uning “ishonch ramzi”. Materialistik nuqtayi nazardan inson harakatlari, masalan, biz fizikani yoki ximiyani o’rganishda kuzatadigan jarayonlar sabablari va natijalarining bir qismi…Biz individning harakatini faqat, ayni paytda, uning tanasi strukturasini, shuningdek, uning organizmining ancha avvalgi darajadagi shakllanishini aniq bilgan taqdirdagina, individning harakatlarini nazarda tutishimiz mumkin…va u organizmda o’tkazgan har bir harakat va stimulni qo’shgan holda uning organizmida sodir bo’lgan avvalgi barcha o’zgarishlarni hisobga olamiz. Blumfild “materializmi” bo’lgan barcha murakkabroq inson psixik faolligining elementari - fiziologik formalaridan sifat jihatdan saralarini jalb qilib, fiziologiyaning elementar darajasiga, stimul-reaksiyalar va ular aloqalarining birligini yo’qotadi. Obrazli qilib aytganda, bunday nuqtayi nazarda biz kinofilmning mavjudligini inkor qilamiz, negaki, unga yanada yaqinroq borib, faqat ayrim rangni farqlaymiz. Blumgildning “Til” kitobidagi fikrlari ana shunday. Biz xotiralarning uch doirasiga egamiz: a) amaliy harakat (ularni “real voqealar” sifatida tarjima qilgan yaxshi bo’larmidi?) yoki nutq aktidan oldin bo’lgan “borliq hodisasi”, - inglizcha practicalevents); b) nutq; d) nutq aktiga ergashadigan real voqealar. Blumfild gipotetik vaziyatni aks ettiradi: Jek va Jil so’qmoq bo’ylab bormoqda. U bog’da olmani ko’rib, uni uzib berishni so’raydi. Jek buni qiladi. Jil olmani yedi. A.Klass voqeasi - bu olmani fiziologik sezish yoki organizmdagi chanqoq. Jil plyus Jil va Jek bilan avvalgi munosabatlar, unga iltimos bilan murojaat qilish uchun shartlangan imkoniyat. Bu barcha voqealar so’zlovchining stimul mohiyati. V klass voqealari - bu, birinchidan, tinglovchining reaksiyasi, ikkinchidan, so’zlovchining talabini qanoqtlantirish. Umumiy xulosa: “til bir individga qachon boshqasi stimullarga ega bo’lgan paytda javob berishga imkon beradi” →P (so’zlovchining lingvistik aralash reaksiyasi)---S (tinglovchining lingvistik aralash stimuli)→R (tinglovchining reaksiyasi). A va B real voqealar - bu nutq so’zlovchining ma’nosi (yana pragmatizm haqida yuqorida gapirilganlarni eslaymiz!). Punktir (nuqtali) chiziq bilan sxemada nima bildirilganligi - bu til bo’lib, u tilshunos ish yuritishiga taalluqli. Strelkalar bilan nimalar ko’rsatilgan bo’lsa–bu fiziologiya va psixologiya o’rganadigan mexanizmlar bo’lib, “ularning tilga munosabatini o’rganish nutq psixologiyasi; lingvistik psixologiyani o’rganish demakdir.” Ammo tilshunos “fiziologiya va psixologiya muammolari bilan kompenentli. Nutq signallarini o’rganuvchi tilshunosning xulosalari ularning to’qilgan noto’g’ri fikrlari psixologiyaga nisbatan psixologlar uchun ancha qimmatli bo’ladi”.


Download 22.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling