1. Xulq modeli. Xulq va kommunikatsiya


Nutqiy xulqda lisoniy qobiliyat va faollik birligi


Download 22.33 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi22.33 Kb.
#229963
1   2   3
Bog'liq
2-amaliy Zamon.tilshun Javob

2. Nutqiy xulqda lisoniy qobiliyat va faollik birligi

Fikrning shunday borishi mutlaqo tushunarli. Aftidan, so’zlovchi va tinglovchining “ichida” istagan boshqa reflektor (refleks tufayli ro’y beradigan; g’ayriixtiyoriy) dan jiddiy farqlanishi mumkin bo’lgan hech qanday o’ziga xoc nutq mexanizmi yo’q: barchasi oddiy to’planish, mexanik saralash va eshitganni takrorlashga olib boradi. Tilshunos nima yig’ilayotganligi, psixolog esa qanday yig’ilayotganligi bilan shug’ullanishi kerak. Buning ustiga, to’planayotganlar istagan boshqa qiziqtiruvchi omillardan qat’iyan farqlanmaydigan haqiqiy “lingvistik shakllar… ko’pchilik qismi bo’yicha nisbatan yanada aniq, o’ziga xos va nimasi bilandir nolisoniy vositalarni ta’minlashi mumkin bo’lmagan nozik muvofiqlashuvni ta’minlaydi”.

Tabiiy, bularning barchasida jamiyat Blumfild tomonidan individlarning oddiy jami, til esa, Veys ifodasidan foydalangan holda, “ijtimoiy muhitga moslashadigan indivuduum tufayli xulq shakli” dir. Blumfildning bu tezislari nutq(til)ni bixevioristik talqin qilish uchun ancha tipikdir. Ortodoksal (gr. orthodoxes–tekshirilgan; qandaydir tadrijiy yo’nalish, ta’limot, dunyoqarashga, so’zsiz, amal qiladigan) bixevioristlar uchun - bu hayvon xulqiga ayrim qo’shimcha stimullar (qo’zg’atuvchilar) va reaksiyalar muvofiqligiga oddiy qo’shimchadir. “Inson…intellekti - bu faqat hayvonlar psixik munosabatining miqdoriy o’sishining keyingi rivoji”, - deb yozadi E.Torndayk. Hozurgi amerikalik tilshunos Charlz Xokett esa unga shunday takrorlaydi: “Biz uchun…inson zoti - bu qisman o’xshash, boshqa hayvonlarga biroz o’xshamaydigan, ammo ulardan nutqi mavjud bo’lganligi tufayli ajralib turadigan hayvon; bizning matematik-mexanik modelimiz bizga faqat ushbu yagona farqni hal qilishga ruxsat beradi” Mohiyatan, Skinnerning “Nutq xulqi” kitobi sahifalarida shu g’oyalar hukmronlik qiladi. Ushbu xulqning o’zi “boshqa shaxslarning bevosita ifodalangan harakati bilan mustahkamlangan xulq” sifatida aniqlanadi.

Bu yerga Vundtning ifodali harakat munosabati, o’tgan asrdagi nemis tilshunosi R.Klyaynpaulning tilning xilma-xilligi, hozirgi semiotiklar - u faniga til va xatni, etiket va “gullar tili” va boshqalarni tarqaydi. “Nutq xulqi” ichida endilikda ko’rib chiqiladigan ancha tipik sifatida “vokal xulq” ajratiladi. Skinner kitobining asosiy masalasi, ayni paytda, O.K.Tixomirov ushbu kitobga yozgan o’z taqrizida juda to’g’ri ta’kidlaganidek metodologik nuqtayi nazaridan, uning nutq xulqi birligi haqidagi masala uning o’rni hisoblanishi ancha xarakterli hisoblanadi. Skinner bu yerga “oraliq o’zgaruvchan”larni kiritmaydi, balki o’zining boshqa ishlaridagidek, xulqning tashqi omillarini pozitivlik (pozitivizm - filos. burjua falsafada: hamma haqiqiy pozitiv bilimlar konkret fanlarning mahsulidir, filosofiya esa bunday bilimlarni bera olmaydi, shuning uchun uning keragi yo’q, degan g’oyaga asoslangan subyektiv idealistik oqim; tajribaga, faktlarga asoslanganlik. g. ijobiylik) darajada qoladi. Uning asosiy g’oyasi - “xulqqa javob beradigan (respondent),” aniqrog’i, qandaydir stimul (masalan, ko’z qorachig’ining yorug’lik ta’sirida qisqarishi)ning, bevosita harakatlar “operativ (operant) xulq” deb nomlanadigan reaksiyalar orasidagi farqlardir. Bundan keyingisi bizga atrof-muhitga ta’sir ko’rsatish (muhitga, environment), o’z navbatida, organizmga teskari ta’sir ko’rsatishga imkon beradigan shunday reaksiyalarni mo’ljallaydi. Nutq xulqi aynan mana shu tilga taalluqlidir. “Verbal (og’zaki) operant” (ing. operand - raqamli hisoblash mashinasida dasturlarni amalga oshirishda 5 operatsiya sodir bo’ladigan o’lcham, miqdor) hisoblanadi. U javob bilan hosil qilingan, bir yoki bir necha mustaqil o’zgaruvchan funk-sional munosabatdagi munosib, deb hisoblangan (identifiable) shaklga ega bo’lgan yoki mustahkamlash sifatida shunday atrof-muhit omillari bilan xulq birligi sifatida aniqlanadi. Ko’pincha, “verbal operant” so’zga to’g’ri keladi. Ularning farqi shundaki, “verbal operanti”- nutq xulqining birligi, so’z esa nutq materiali birligi, yuzaki, lisoniy birlik.



Download 22.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling