1. XVI asrdan boshlab Buyuk ipak yo’lining ahamiyatining pasayish sabablarini aniqlang?
Download 116.5 Kb.
|
1-topshiriq ipak yuli
1.XVI asrdan boshlab Buyuk ipak yo’lining ahamiyatining pasayish sabablarini aniqlang? Buyuk ipak yo’li xalqaro savdo-sotiq yo’li sifatida qachon o’z ahamiyatini yo’qotdi. Bu masalada hozir uch xil qarash mavjud. 1.Buyuk ipak yo’li XIV asrdan boshlab o’z ahamiyatini yo’qotdi. Buning omili birinchidan: buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Ovrupadan Xitoy va Hindistonga qarab, arzon hamda qulay dengiz yo’lining ochilishi. Ikkinchidan: Ruslarning podshosi Ivan Grozniy tomonidan Qozon va Astraxanning eg’allanishi bilan (1552, 1556) Markaziy Osiyo yo’llari uzilib qoldi. 2. Xitoyda CHin sulolasi hukmronligi o’rnatilgandan so’ng SHarqiy Turkistondagi YOrkent (1465-1759) va Jung’or (1635-1755) xonliklari bosib olingandan so’ng SHarqiy Turkiston va G’arbiy Turkiston savdo aloqalariga putur yetganligi ham sabab qilib ko’rsatilgan. 3. 1869 yilda Misrdagi Suvaysh kanalining ishga tushishi bilan Buyuk ipak yo’li orqali savdo-sotiq to’xtab qolganligi haqida ham fikrlar mavjud. Qizil dengiz bilan O’rta yer dengizini birlashtirgan ushbu kanal YEvropadan SHarqka qulay savdo yo’lini ochganligi o’z- o’zidan ayon. YUqoridagi qarashlar qanchalik to’g’ri yoki munozarali bo’lmasin Buyuk ipak yo’li orqali savdo-sotiq xalqaro iqtisodiy hamkorlikda tashabbus quruqlikdan dengizga o’tganda inqirozga yuz tutgan. Aslida Buyuk ipak yo’li savdosi yo’qolib ketdi deb hisoblash ham noo’rindir. Bizningcha an’anaviy savdo-sotiq davrlar o’zgarishiga qaramay u yoki bu ma’noda davom etib turgan. ga qaramay u yoki bu ma’noda davom etib turgan. Ayniqsa, 1978 yilda Xitoy jamiyatida boshlangan qayta qurish Ipak yo’li ushbu yo’l o’tadigan territoriyasida yashovchi xalqlar uchun zarurligini anglash jarayonini tezlashtirdi. YAponiyada 70-yillardayoq Buyuk ipak yo’llari yo’nalishi bo’ylab yuruvchi 3-5 ming kishilik «yoshlar va xotin-qizlar karvonlari» tashkil etilgan edi. Bunday yurishlarning tashabbus qori Vatanabe Satoje : «YOshlar va xotin qizlar karvonidagi» yurishlardan maqsad: ilk bor SHarq va G’arb dunyosini boshlagan buyuk qitalararo aloqalarni yangidan tiklashga xizmat qilishdir»-degan edi» Hali sobiq Ittifoq mavjud bo’lgan davrda 1991 yil 18 apreldan 18 iyungacha «Buyuk ipak yo’li-muloqot yo’li» shiori ostida YUNESKO ekspeditsiyasi Markaziy Osiyo orqali uyushtirilgan edi. Ekspeditsiyada 60 ta sho’ro olimlari va xorijlik olimlar ishtirok qildi. Ularga jurnalistlar radio, televideniya xodimlari hamroxlik qildi. Ekspeditsiya davomida Ittifoq olimlari guruhiga akademik A. Askarov, xorijlik mutaxasislar guruhiga Pokistonlik professor Ahmad Doni Xasan rahbarlik qildi. Ekspeditsiya ishtirokchilari Astraxandan-Xoristgacha (Eron) bo’lgan 13 ming km masofani bosib o’tdilar. Savdo yo’llari saqlangan, karvonsaroylar mavjud bo’lgan yo’llar deyarli yayov yurib chiqildi. Ekspeditsiya davomida kuzatuvchi bo’lib qatnashgan BMT vakili professor Dudu Dien Markaziy Osiyoda Buyuk ipak yo’lining variantlari va karvonsaroylar saqlanib qolganligiga guvoh bo’ldi. Ekspeditsiya o’z faoliyatini yakunlab, 1991 yilning 16 iyulida, Olmaotada ( Qozog’iston Respublikasi) ilmiy simpozium uyushtirdi. Ushbu anjumanda Buyuk ipak yo’lini tiklashdagi vazifalar aniqlashtirib olindi. Ilmiy anjuman qatnashchilari Qadimiy savdo-sotiq rivojlangan Davrda o’troq va ko’chmanchi xalqlar o’rtasidagi o’zaro madaniy ta’sir masalalarini o’rganish ushbu masalada Samarqand shahrini markaz sifatida tanlashga kirishdilar. Hanuzgacha Buyuk ipak yo’lini mukammal, to’laligicha yorituvchi asarlar yozilmaganligi alohida qayd qilindi. Kelajakda olimlarimiz zimmasiga xorijlik mutaxassis olimlar bilan hamkorlikda to’rt tomlik «Buyuk ipak yo’li» tarixi bilan bog’liq asar yozish vazifasi yuklatildi. Anjumanda Markaziy Osiyoning Buyuk ipak yo’llari bo’ylab sayyoxlik targ’ibot(reklama) ishini yo’lga qo’yish bizga foydali bo’lishi ta’kidlanadi. Download 116.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling