1. XVI xix asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan manbalar va ularning umumiy tavsifi


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana20.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1629071
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xonliklar etnik




Mundarija 
Kirish……………………………………………………………………….2-5 
1. XVI – XIX asr birinchi yarmi O’rta Osiyo xalqlari etnik tarixi aks etgan manbalar 
va ularning umumiy tavsifi………………………………………………....6-11 
2. Buxoro xonligining etnik tarixini o’rganish……………………………..12-17 
3. Xiva xonligida yashagan xalqlarning etnik holati……………………….18-22 
4. Qo’qon xonligi aholisining etnik tarixini manbalarda o’rganish………..23-29 
Xulosa………………………………………………………………………30-32 
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….33 



Kirish 
Mavzuning dolzarbligi Yurtimizning milliy istiqlolga erishish sharofati bilan 
o’zbek xalqining etnik tarixini chuqur o’rganish va uni haqqoniy, rostgo’ylik asosida 
yoritish hamda milliy qadriyatlarimizni tiklash vaqti keldi. Birinchi Yurtboshimiz 
Islom Abduganiyevich Karimov ta’kidlaganlaridek, «Bugun bizning oldimizda 
Shunday tarixiy imkoniyat paydo bo’ldiki, biz bosib o’tgan yo’llarimizni tanqidiy 
baholab, milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz 
tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga qaytib, o’tmishimizdagi boy 
an’analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tadbiq, etmog’imiz kerak»
1
.
Yurtboshimiz tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchraShuvda tarix fanining yangi 
yo’nalishlarini belgilab, milliy tariximizga yangicha yondashib, uni asl manbalar 
asosida yoritib, chuqur tahlil qilishni ta’kidladilar. Xar bir tarixchi olim 
prezidentimiz ko’targan masalalarni baholi qudrat yoritib, xalqimiz tarixini 
o’rganish ishiga munosib xissa qo’shishi lozim. O’zbekistan Respublikasi milliy 
mustaqilligi qo’lga kirtilgan kundan boshlab uning hududida yashagan xalqlarning 
etnik tarixi, kelib chiqishi, shakllanish jarayonlari, milliy qadriyatlarga aylangan 
asriy an’analarini o’rganishga alohida e’tibor berila boshlandi. Zero, jadidchilik 
xarakatining yirik namoyondalaridan biri Mahmudxo’ja Behbudiy ta’kidlaganidek, 
“nasl-nasabi va yetti otasining ismini bilmaydiganlarni qul manqurt derlar”. 
Ma’lumki, O’zbekistan hududida qadimda saklar, massagetlar, sug’diylar, 
xorazmliklar, farg’onaliklar va chochliklar yashab kelishgan. Shu bilan birga O’rta 
Osiyo mintaqasi turli millat va elatlar hamda ko’chmanchi va o’troq aholi doimiy 
ravishda o’zaro aloqada bo’lib kelgan joy hisoblanadi. Shu bois o’zbek xalqi 
etnogenezining shakllanishida bu yerda istiqomat qilgan elat, urug’’, qabilalar va 
ularning o’zaro ta’siri muhim rol o’ynagan.
Etnogenez esa, o’zoq davom etgan tarixiy jarayon bo’lib, XVI - XIX asrlarda 
ham davom etgan. Demak, qurilayotgan davr etnik tarix masalalarini tadqiq qilish 
o’zbek xalqi etnogenezi tarixining muhim muammolaridan birini xal etishda alohida 
1
Каримов. И. Ватан саждагоҳ каби муқаддас. Т.: Ўзбекистон. 1995. Б.176. 



ahamiyat kasb etadi. Qo’yilgan masalani so’nggi o’rta asrlarda yaratilgan turkiy va 
fors tilidagi manbalar, arxiv xujjatlari, “Safarnoma” harakteridagi asarlar asosida 
tadqiq qilish ishning dolzarbligini yana bir bor oshiradi. Albatta, amalga oshirilgan 
tadqiqot bugungi kunga qadar erishilgan ilmiy natijalar, aynan etnik tarix va 
etnogenez jarayonlariga bag’ishlangan mavjud adabiyotlarni o’rganish, ularda ilgari 
surilgan nazariy-g’oyaviy xulosalarni qiyosiy tahlil qilish asosida tayyorlandi. 
Ushbu kurs ishida XVI — XIX asr birinchi yarmida O’rta Osiyo xonliklari 
aholisining etnik tarkibi, mintaqada yuz bergan demografik jarayonlar, ularning 
asosiy omillarini ochib berishga harakat qilindi.
Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklarining hududiy chegarasi, aholisi tarkibidagi 
urug’’larning joylashgan o’rni, ularning mamlakat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotidagi ishtiroki kabi masalalar turli o’rta asr manbalari asosida yoritildi.
Shuningdek, ushbu davrda mintaqada yuz bergan etnodemografik jarayonlarga 
bevosita ta’sir ko’rsatgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va tabiiy omillar aniqlanib, 
ularning tub mohiyati tahlil qilindi. XVI asrda ko’chmanchi o’zbek qabilalarining 
Dashti Qipchoqdan kirib kelishi bilan bog’liq jarayonlar ko’rib chiqildi.
Etnoslarning nomlarigina sanab o’tilgan ayrim ishlardan farqli o’laroq xonlik 
aholisining etnik tarkibi, bu etnoslarning joylashgan o’rni, unga sabab bo’lgan 
omillar hamda migratsion jarayonlar natijasida aholi demografiyasining o’zgarib 
borishi va ayrim etnointegratsion jarayonlar o’rta asr manbalari asosida ochib 
berildi. Shuningdek, hukmdorlar tomonidan olib borilgan siyosat natijasida yuzaga 
kelgan etnik jarayonlar, ularning oqibatlariga doir ma’lumotlar aniqlanib tahlil etildi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling