1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat.Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar.
Ma’lumki, XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston sovet davrining “qayta qurish” davrlarini boshidan kechirdi, jumladan, bu davrga kelib, sobiq Ittifoqning qurollanish poygasi sohasida AQSHga tenglashish, lekin mamlakatda inson huquq va erkinliklarining mavjud emasligi, fuqarolarni qonunlar o‘rniga yakkahokim partiya qarorlari boshqarishi, qayta qurish davrida esa e’lon qilingan demokratik qadriyatlarning qog‘ozlarda qolib ketganligi, millatlararo to‘qnashuv va qirg‘inlarning avj olishi, oziq-ovqat taqchilligi va ekologik halokatlarning boshlanganligi kabi muammolar kelib chiqdi. Sovetlar davrida respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayotida etilgan ziddiyatlar va muammolarni hozirgi kunda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarini erkinlashtirish bilan qiyosiy taqqoslash yaqin o‘tmishda xalqimiz boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar mohiyatini ochib berishga yordam beradi.
O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi.
1985 yil aprelda bo‘lib o‘tgan Markaziy Komitet Plenumida “sotsializm” va “kommunizm” to‘g‘risidagi safsata va yolg‘ondan iborat “nazariya” va “g‘oyalar”ning turg‘unlik holatiga kirib qolganligini, kommunistik partiya strategiyaviy faoliyatining pirovard yakuniy inqirozi ekanligi ta’kidlandi. Bu jarayonning sabablari quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
Birinchidan, 70 yildan ortiq vaqt mobaynida sovetlar davrida amal qilib kelgan kommunistik partiyaning yakkahokimlikka asoslangan ma’muriy-buyruqbozlik ish yuritish uslubi hayot sinoviga bardosh bera olmadi. Davlatning asosiy siyosiy negizini tashkil etuvchi “sovetlar” endi amalda ikkinchi darajali qo‘g‘irchoq rasmiy bir tashkilotga aylanib qolgandi. Davlatning taqdirini hal etuvchi kuch KPSS, uning Markaziy qo‘mitasi, Siyosiy byurosi edi. Ichki va tashqi siyosatga oid barcha masalalar, yillik va besh yillik rejalar, kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yishlargacha dastlab KPSS MK Siyosiy Byurosida hal bo‘lardi va so‘ng sovetlarning mas’ul organlari uni shunchaki tasdiqlar edi. Ish shu darajaga borib etgandiki, partiya safidan chiqarilgan xodim o‘z ish vazifasidan ketishi u yoqda tursin, u albatta jazolanar edi. Kommunistik partiyaning yakkahokimlikdan iborat ish uslubi shaxsga sig‘inishidan iborat ijtimoiy-siyosiy hodisalarni keltirib chiqarib qolmasdan, ayni paytda sovetlar jamiyatining ichdan emirilishini tezlashtirgan omillardan bo‘ldi.
Ikkinchidan, Kommunistik partiyaning “lenincha milliy siyosati”da ham nazariya va amaliyot bir-biriga muvofiq kelmay qoldi. Kompartiyaning milliy siyosatdagi bosh maqsadi-rus bo‘lmagan boshqa millatlarni millat sifatida yo‘q qilib yuborish-assimilyasiyalashdan iborat edi. Xullas, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sof shovinistik, mustamlakachilik siyosati olib borildi. Milliy nizo va fojealar avj olib ketdi. Bularning barchasi sovet imperiyasining inqiroziga olib keldi. Natijada 1985 yilda e’lon qilingan “Qayta qurish” siyosati sovet imperiyasi tanazzulini yanada tezlashtirdi.
XX asrning 80-yillari o‘rtalarida respublikada o‘zboshimchalik va qatag‘onlarning yangi davri aniq-ravshan ko‘rinib qoldi. Endi ijodiy ziyolilargina emas, balki asosan ilmiy ishlab chiqarish va siyosat bilan band bo‘lgan kadrlar, respublikaning milliy manfaatlarini bo‘g‘ib kelayotgan, mavjud ijtimoiy-itisodiy tizimning yaramas va umidsizligini tobora tushunib borgan milliy ziyolilar ham ta’qib ostiga olindi.
O‘zbek xalqining istiqloli va mustaqilligi to‘g‘risidagi fikr hech qachon, hatto totalitar tizim “gullab yashnagan” davrda ham O‘zbekiston milliy ziyolilarining miyasidan nari ketmagan o‘zbek xalqi istiqlol va mustaqillikka erishish uchun garchi oshkora ravishda bo‘lmasa ham, doimo kurash olib borgan.
Tish-tirnog‘i, joni va qoni zo‘ravonlikdan iborat bo‘lgan tizim yangi narsalarning hammasiga, xalq orzu qilib, dilida saqlab kelgan narsalarning barchasiga jon-jahdi bilan qarshilik ko‘rsatar edi. Bu tizimning mafkurachilari o‘zlarining tamomila nochorligi va mahkumligini sezib, “gaykalarni qattiqroq burashdek” necha qayta sinab ko‘rilgan yo‘lga kirdilar va O‘zbekistonni yangi qatag‘onlar maydoniga aylantirdilar.
Markaziy partiya-sovet apparati cheklanmagan oliy hokimiyatni saqlab qolishga urinib, xalqning taqdirini bundan keyin ham hal qilib borish uchun O‘zbekiston rahbariyatining mavjud ijtimoiy-siyosiy tartibotini o‘zgartirish va respublikaning milliy mustaqilligini qaror toptirish zarurligini tushungan muxolif kayfiyatdagi qismini shu respublika oliy partiya organlarining qo‘li bilan badnom qilishga, ularga tuhmat toshlarini yog‘dirishga urindi. Respublikaga har xil yugurdaklar yuborildi, ular partiya, sovet va sud organlarida muhim o‘rinlarni egallab, chinakam terrorni avj oldirdilar. “Paxta ishi” degan ish to‘qilib, maydonga olib chiqildi. Bu ish biroz vaqt o‘tib, ayniqsa markaziy matbuotda kishining izzat-nafsiga teguvchi “o‘zbek ishi” degan nom bilan ataldi. YUqoridan maxfiy topshiriq bilan yuborilgan Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi guruh bir necha yuz minglab halol kishilarni va umuman respublikani badnom qila boshladi. CHunonchi, o‘zbek xalqining baxti-saodati yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatgan, o‘sha yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Birinchi sekretari bo‘lgan SH.R.Rashidovning nomi bilan badnom qilindi, u bilan birgalikda esa butun respublikaning sha’ni-shavkati va qadr-qimmati qoralandi. Markazda g‘ayri tabiiy ravishda tug‘ilgan fikr respublikada uning itoatkor ijrochilari bo‘lgan SH.R.Rashidovdan “ranjigan” kishilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ular markazdan kelgan jazo komandasi bilan mahkam aloqada bo‘lib, ko‘pgina halol va vijdonli kishilarni “fosh qilish” bilan shug‘ullandilar va ularning qamoqqa olinishiga erishdilar. Buning natijasida talaygina insonlar taqdirining qaddi bukildi.
Mustaqillik yillarida ma’naviyat va tarixiy xotira masalalari davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. CHunki “millatning o‘zligini anglashi tarixni bilishdan boshlanadi. Bu masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur ekanligini chuqur anglagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev bu mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olish arafasida, ya’ni 2016 yil 18 noyabrda Jizzax viloyati saylovchilar vakillari bilan uchrashuvdagi nutqida: “Hech shubha yo‘qki, SHarof Rashidov nomini o‘zbek xalqi tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHarof Rashidov o‘z xalqiga va Vataniga fidoyi farzand edi”, dedi va shu bilan birga “...O‘zbekistonni juda murakkab va og‘ir yillarda boshqargan, yurtimiz sha’niga ham, o‘z nomiga ham gard yuqtirmasdan o‘tgan kamtarin va donishmand davlat arbobi, taniqli yozuvchi SHarof Rashidovning shaxsiga nisbatan turli bo‘htonlar uyushtirilganida ham bunday nohaqlikdan yurak-bag‘ri ezilgan, lekin unga bosh egmagan Jizzax elining sabr-bardoshi va matonati oldida ta’zim qilsak, arziydi”, deyish bilan uning respublikaga qariyb chorak asr etakchilik qilgani, o‘z davrining farzandi ekanligi, mavjud tuzumga sadoqat bilan xizmat qilgani, ammo, shunday odam dunyodan ko‘z yumganida o‘zi umr bo‘yi himoya qilgan,sodiq bo‘lib xizmat qilgan tuzum unga xiyonat qilgani, misli ko‘rilmagan shakkoklik bilan uning xotirasini tahqirlab, jasadini ko‘chirganliklari, oila a’zolari va qarindosh-urug‘larini ta’qib etganliklari, “Rashidovchilik” degan soxta iborani o‘ylab topib, uning xotirasini yomonotliq qilganliklarini ham ta’kidlab o‘tdi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda jamiyat va shaxs masalalari, madaniy meros, til muammolari kabi masalalarni hal etishga intilish yuzaga keldi. Bu masalalarga bag‘ishlangan ilmiy, ayniqsa, publitsistik maqolalar gazeta va jurnallar sahifalarida muntazam bosilib turdi. Ana shunday masalalar sirasiga kiradigan voqelikni xotirlab, Prezident SHavkat Mirziyoev: “Barchangiz yaxshi eslaysiz, muhtaram YUrtboshimizning tashabbuslari bilan istiqlolga erishganganimizning ikkinchi yili SHarof Rashidovning nomi to‘la–to‘kis oqlandi. O‘sha yili u kishining 75 yilligi yurtimizda keng nishonlandi”, deya ta’kidlaydi.
Biroq, kommunistik mafkura yakka hokimligi sharoitida mazkur masalalarni to‘liq hal etish mumkin emasdi. Mustabid tuzum milliy o‘zlikni anglash jarayoniga tish-tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatar, jamiyatdagi mavjud ziddiyatlar, nuqsonlar, illatlar aslida mustabid sovet tuzumi, kommunistik mafkura yakkahokimligi tufayli yuzaga kelayotganini yashirishga, niqoblashga urinar edi. Respublikani juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi SHarof Rashidovdek insonga nisbatan adolatsizlik qilindi. Inson tirik paytida uni ko‘klarga ko‘tarib, vafotidan keyin er bilan yakson etsa, qadrini beobro‘ qilsa, bu o‘zi qanday davlat, qanday jamiyat bo‘ldi, deya hayqirasan kishi. Biroq, afsuski yaqin o‘tmishimizda ana shunday achchiq va achinarli adolatsizlik sodir etildi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoev shunday xulosa yasaydi: “Lekin, tarix guvoh, hayotda shunday adolatsizliklar ham bo‘lar ekan. Agar har bir xalq, har bir davlat mustaqil bo‘lmasa, boshqalar uning nafaqat dehqonini, nafaqat ishchisini, hattoki shoiru olimini ham, davlat arbobini ham istagancha tahqirlashi, insoniy sha’nini tuproqqa qorishi mumkin ekan”. Darhaqiqat, biz yaqin o‘tmishimizda kechgan ana shunday ayanchli voqealar misolida qo‘lga kiritgan mustaqilligimizning naqadar buyuk ne’mat ekanligini, uning ahamiyati va mohiyatini, qadr-qimmatini yanada teran anglab etishimiz, uni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilishga doimo tayyor turishimiz shartligini, sobiq sovetlar hududining ba’zi o‘lkalarida eski tuzumni yana qaytarishga urinishlar bo‘layotgan hozirgi paytda bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmasligimiz, mustaqillikning qadriga etishimiz zarurligini unutmasligimiz lozim.
Xalqimizning otashqalb farzandi, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyot va madaniyat rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi va yozuvchi SHarof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 27 mart kuni “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida” gi qarorga imzo chekdi. Avvalroq Oliy Majlis Senatining qaroriga muvofiq Jizzax viloyati Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi berilgan edi. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida davlat arbobi va yozuvchi xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi va haykali o‘rnatildi. Fuqarolar, ayniqsa, yosh avlodni atoqli davlat arbobi va adib SHarof Rashidovning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Jizzax shahrida uning memorial uy-muzeyi tashkil etilib, muzey hududi obodonlashtirildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan adibning “Saylanma” kitobi, Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira kitobi chop etiladi. Shuningdek, Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi. Shuningdek, “Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni” mavzuida ilmiy konferensiya o‘tkazish, oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokida xotira tadbirlari tashkil etish rejalashtirilgan. Noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Jizzax va Toshkent shaharlarida SHarof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi nishonlash tadbirlari o‘tkaziladi. Bu bilan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug‘lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning inson xotirasi va uning qadr-qimmatiga ehtirom ko‘rsatishdek o‘lmas qadriyatlari, bebaho ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda. Darhaqiqat, otashin xalq farzandi, buyuk shaxs SHarof Rashidov o‘zbek xalqi uchun, uning bax-saodati uchun katta ishlarni amalga oshirdi. Uning bu xizmatlari xalq qalbidan hech qachon o‘chmaydi.
1983 yil fevralda KPSS MQ Siyosiy byurosi qarori bilan O‘zbekistondagi paxtachilik sohasidagi suiiste’molchiliklarni tekshirish uchun Bosh prokuratura xodimlari T.Gdlyan va N.Ivanov boshchiligida komissiya tuzildi. Ular shu yil 25 apreldan ish boshladi. Bu tekshiruvlar “paxta ishi” nomini oldi. Markaz tergov guruhi tomonidan respublikada 1978-1983 yillarda sodir bo‘lgan 780 ta qo‘shib yozish, o‘zlashtirish va poraxo‘rlikka doir 780 ta ish tergovdan tugal ravishda o‘tib sudlarga yuborildi, 4 ming kishi, jumladan 600 ta rahbar xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Hukm etilganlar orasida O‘zbekiston paxta tozalash sanoatining sobiq vaziri, uning 5 ta o‘rinbosari, vazirlik boshqarmalari boshliqlari, viloyat boshqarmalarining boshliqlari, hokimiyat tarmog‘ining yuqori vakillari – 2 ta O‘zKP MQ sobiq kotibi, 400 ta mahalliy sovetlar deputatlari, 8 ta SSSR va respublika Oliy Soveti deputatlari, respublika vazirlar kengashining sobiq raisi, 6 ta ichki ishlar vazirligi generallari bor edi.
1985 yilda “paxta ishi” bo‘yicha 2272 kishi ustidan 338 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 213 tasi kolxoz raislari va sovxoz direktorlari, 49 tasi paxta tozalash zavodi direktorlari, 13 tasi partiya va sovet organlari xodimlari bo‘lgan.
“Paxta ishi” bo‘yicha paxtachilikka aloqasi bo‘lmagan soxa vakilari ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. Hatto, maktab o‘qituvchilarini ham paxta ishi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish holatlari yuz bergan. 1982 yilda Qashqadaryo viloyati SHahrisabz tumanidagi 27-maktab o‘qituvchilari To‘raev, Sultonov, Ahmedov, Raximov, Ismoilov, Qayumov, Po‘latovlar paxtaga qo‘shib yozish bo‘yicha to‘lov vedomostlariga imzo qo‘yganlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.
1986 yil 1 yanvar holatiga “paxta ishi” yuzasidan ochilgan 110 ta jinoiy ish tugallanib, bu bo‘yicha aybdor deb topilgan 679 kishi ustidan sud qarori e’lon qilingan. 679 nafar sudlanganlarning 363 tasi KPSS a’zosi, 14 tasi VLKSM a’zosi, 37 tasi esa ilgari sudlanganlar bo‘lgan. Ushbu ko‘rilgan ishlar 40 ta kolxoz, 25 ta sovxoz, 45 ta paxta tozalash zavodlari va paxta qabul qilish punktlarida sodir etilgan. Sudlanganlarning 53 nafari Ittifoq ordenlari bilan, 97 nafari medallar bilan taqdirlanganlar va 21 nafari mahalliy Sovet xalq deputatlari bo‘lgan.
Albatta, “paxta ishi” – bu KPSSning so‘nggi bor o‘zini saqlab qolishga intilishi, totalitar rejimni sog‘lomlashtirishga urinishi edi. Lekin vaqt boy berilgan, sovet jamiyati endi eskicha yashashni xohlamay qo‘ygan edi. Dissidentlar, g‘arb tashviqoti, axborot urushlari SSSRni ichidan emirib bo‘lgan edi. Bu davrda amalga oshirilgan partiya siyosati, hukumatning bu sohadagi chora-tadbirlari o‘z samarasini bermadi. O‘zbekiston SSR bu davrda ijtimoiy jihatdan ancha orqada qolgan mintaqa sifatida qoldi.
O‘zbekistonda “qayta qurish” davrida ham Markaz tomonidan uyushtirilgan “paxta ishi” va “o‘zbek ishi” kabi korrupsiyaga qarshi kurash bahonasida qatag‘onlik siyosati davom etdi. Bu davrda minglab xo‘jalik rahbarlari va partiya xodimlari uyushtirilgan ayblovlar bilan mansablaridan olindi, aksariyati ustidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Mustaqillikning birinchi yilida ulardan 3000 dan ortig‘ining avf etilishi bu ishlarning noqonuniy bo‘lganini ko‘rsatdi. “Paxta ishi” kampaniyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovlarda 20 mingdan ortiq kadrlar aybdor deb topildi.
“Paxta ishi”ning chindan ham mavjud bo‘lgan kamchiliklar va hatto jinoyatlarni ochib tashlashga yordam berganligini aytib o‘tmaslik adolatdan bo‘lmaydi, lekin bu narsaning o‘zbek xalqiga hech bir aloqasi yo‘q edi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan “paxta ishi”ning tamomila sharmandasi chiqdi, gunohsiz ozor chekkan necha minglab kishilar oqlandi va haq-huquqlari tiklandi.
2. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari. 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.
Sovet hukumati xalqning real daromadlarini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, tibbiy xizmat va sog‘likni saqlash sohasidagi imkoniyatlarini yarata olmadi. Xolbuki bu davrda AQSHda bir yilda bitta maktab o‘quvchisiga 3386 dollar, Angliyada 2285 dollar sarflangani holda SSSRda 257 rubl sarflangan, bog‘cha tarbiyalanuvchisiga AQSHda 3000 dollar, YAponiyada 11 000 dollar saflangani holda SSSRda 533 rubl mablag‘ ajratilgan. Bu ko‘rsatkich ittifoq bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar bo‘lib, O‘zbekistondagi ahvol o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham past edi.
O‘zbekistonda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi texnikasi va hatto to‘qimachilik maxsulotlari import qilina boshladi. Natijada, import eksportdan ikki barobarga oshib, sut, go‘sht, tuxum va baliq va boshqa iste’mol mahsulotlari aholi jon boshiga ittifoqdagi o‘rtacha me’yorning yarmini tashkil qildi. Markaz tomonidan aholini asosiy iste’mol mollariga bo‘lgan ehtiyojini qondirolmaganligi oqibatida qora bozor O‘zbekiston umumiy savdo aylanmasining 20 foizini tashkil qildi. Vaholanki, qora bozorda mahsulotlar ancha baland narxda sotilgan, ushbu hol aholi turmush darajasining pasayishiga olib kelgan omillardan biri edi. O‘zbekistonda 1975 yilda kishi boshiga go‘sht va go‘sht maxsulotlari iste’moli 31 kg, sut va sut mahsulotlari 165 kg, tuxum iste’moli 93 dona, baliq iste’moli 4,0 kg ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1990 yilga kelib bu ko‘rsatkich mos ravishda go‘sht va go‘sht mahsulotlari bo‘yicha 32 kg, sut va sut mahsulotlari bo‘yicha 210 kg, tuxum 120 dona, baliq 4,9 kg ni tashkil etdi.
Sovet imperiyasining mustamlakachilik siyosati tufayli yillar osha mustahkamlanib borgan paxta yakkahokimligi Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham tabiat muvozanatining buzilishiga, suv manbalari - daryolar o‘zanlarining kamayib ketishiga sabab bo‘ldi. Tabiat muvozanati buzilib, er, suv, havoning zaharlanishi inson naslu nasabiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir etib, jismoniy va hatto ma’naviy barkamol kishilar paydo bo‘lishiga to‘siq bo‘ldi. Bu sohadagi salbiy illatlar, turg‘unlik hodisalari va buzilishlar 70-80-yillarning o‘rtalarigacha bo‘lgan davrda yanada kuchaydi.
Ittifoqning bir guruh taniqli olimlari L.I. Brejnevga yo‘llagan xatida O‘rta Osiyoda yangi o‘zlashtirilayotgan erlarni sug‘orishda suv taqchilligining oldini olish uchun Sibir daryolarini O‘rta Osiyoga burish taklifini bildirganlar. Xatda keltirilishicha, agar mintaqadagi suv resurslaridan foydalanish shu darajada davom ettirilsa, 1980 yilda Sirdaryoning, 1985 yilga borib esa Amudaryoning suvlari to‘la sug‘orish uchun olinishi haqida ogohlantirilgan. Lekin, bu o‘rinli taklif ham Ittifoq rahbarlari tomonidan e’tiborga olinmagan.
XX asr oxiriga kelib Quyi Amudaryo hududidagi ekologik fojianing salbiy oqibatlari ma’muriy-buyruqbozlik tizimining nuqsonlari bilan uyg‘unlashgan holda yuzaga keltirgan “nosog‘lom muhit” katta ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar tug‘dirdi:
Birinchidan, dengiz sathining pasayishi va u bilan bog‘liq holda 3 mln. gektardan ortiq erlarning sahrolarga aylanishi bu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiena va tibbiy-biologik holatlarning yomonlashuviga bilan birga, ekologik nuqtai nazardan atrof-muhitning ifloslanishi va iqlimning o‘zgarishiga ham sabab bo‘ldi. Jumladan, hudud iqlimining kontinentalligi yanada keskinlashdi. YOz faslida issiqlik 2 darajaga ko‘tarilgan bo‘lsa, qishdagi harorat 2 darajaga pasaydi. CHunki shimoldan va boshqa tomonlardan keladigan har xil oqimlarni to‘sib turish uchun dengiz suvi endi ma’lum ma’noda yo‘qolgan edi. Natijada, sovuq kunlar erta tushib, kuzdagi hosillar, xususan paxta va boshqa ekinlar ayrim hollarda pishmay qoladigan bo‘ldi. Buning natijasida Qoraqalpog‘iston va xorazmlik dehqonlar kuzni bexavotir kuta olmaydigan bo‘lishdi. Hatto, ayrim sho‘ro olimlari bu hududning ob-havosi kelajakda CHelyabinskdagidek bo‘ladi, deb ta’kidlay boshlashdi. Lekin, bu holat markazdagi rahbariyatni qiziqtirmadi. Paxta etishtirish muttasil oshib bordi.
Ikkinchidan, suvning ko‘p miqdorda sarflanishi, suvdan foydalanishning va erlarni o‘zlashtirishning ilmiy jihatdan asoslanmaganligi, qishloq xo‘jaligining ekstensiv rivojlanishi kabi omillar uyg‘unlashgan holda ekin maydonlarining sho‘rlanishiga, juda katta ekin maydonlarining yaroqsiz holga kelishiga olib keldi va xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy talafot etkazdi.
Uchinchidan, Orol dengizining 3 mln.gektardan ortiq qurigan o‘zani tuz ko‘tarilishining o‘chog‘iga aylandi. Tuz changlarini 15 km balandlikka ko‘taruvchi va 200 km kenglikda harakatlantiruvchi kuchli bo‘ronlar vujudga kela boshladi. Har yili atmosferaga 150 mln. tonna tuz changgi ko‘tarilib, 800 km uzoqlikka etib boradigan bo‘ldi. Havodagi tuz miqdori 5-12 % ga etdi. Bu holat qumlik maydonining kengayishiga, to‘qayzorlar, turli o‘simliklar, qushlar va hayvonlar turlarining yo‘qolishiga olib keldi. SHuning ta’sirida yaylovlarning tabiiy potensiali keskin pasayib, taxminan 5 mln. tonnaga yaqin qimmatli ozuqabop o‘simliklar yo‘qotildi.
80-yillar oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo‘la boshladilar. Mustaqillik uchun harakatda yangi to‘lqin boshlandi. Ammo yurtimizda hukmron bo‘lgan Markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasi” ularning qosh-qovog‘iga qarab ish yuritadigan ayrim mahalliy ojiz rahbarlar bu g‘oyaga, uni amalga oshirishga to‘sqinlik qildilar. Milliy qadriyatlarimizga nisbatan yana qatag‘onlik uyushtirildi, to‘qib chiqarilgan “paxta ishi” bahonasi bilan o‘n minglab kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi va ularning aksariyati qamaldi. Tarix taqozosi bilan elim deb, yurtim deb, yonib yashayotgan Islom Karimovdek fidoiy inson O‘zbekistonning birinchi rahbari lavozimiga saylanishi bu sohadagi adolatsizliklarga barham berilishiga olib keldi, adolat tiklandi.
I.Karimov xalq xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat maqomi berish ishga boshchilik qildi. 1989 yil 21 oktyabrda O‘zSSR Oliy Soveti tomonidan “O‘zbekiston SSR davlat tili to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun 30 moddadan iborat bo‘lib, u o‘zbek tilini davlat tili sifatidagi huquqiy asoslarini belgilab berdi. Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida o‘zbek tiliga to‘la amal qilinishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatimizning mustaqillik sari tashlagan birinchi qadami bo‘ldi. Islom Karimovning sa’y-harakatlari natijasida markazdan yuborilgan “kadrlar to‘dasiga” zarba berildi, ular O‘zbekistondan birin-ketin chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. O‘zbekistonda rahbar kadrlarni markazdan yuborish, markazning roziligini olish tajribasiga chek qo‘yildi. Respublika rahbar kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish ishini o‘z tasarrufiga oldi. Bu ham O‘zbekistonning mustaqillik sari borayotganini ko‘rsatuvchi dalillardan biridir.
1989 yilning may-iyun oylarida Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tgan millatlararo mojarolar siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 1989 yil 24 may kuni Quvasoy shahrida mahalliy yoshlar bilan yosh mesxeti turklar o‘rtasida bezorilik to‘qnashuvi kelib chiqadi. To‘qnashuvda mesxeti turklardan 150 kishi va mahalliy xalq vakillaridan 250-300 kishi qatnashgan. Bu to‘qnashuv tez orada Farg‘ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari aholisi orasida ham tarqalib, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, yana boshqa millatlararo ziddiyatlarning ro‘y berishiga olib keldi.
Bu kabi chiqishlarni bartaraf etish uchun namoyishchilarga qarshi harbiy qismlar olib kelindi. 1989 yil 8 iyun kuni Qo‘qon shahrida asosan yoshlardan iborat bo‘lgan tinch namoyishchilar harbiy qism askarlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 50 dan ortiq namoyishchi o‘ldirildi, 200 dan ortiqroq namoyishchi esa yarador bo‘ldi.
O‘zbekiston Kompartiyasi MQ tomonidan tuzilgan maxsus komissiya hisobotida ko‘rsatilishicha, iyun voqealarida 103 ta odam nobud bo‘lib, (bu ko‘rsatkich 112 taga etdi) shundan 52 tasi mesxeti turklari, 36 tasi o‘zbeklardan iborat bo‘ldi. 1011 ta odam shikastlandi, 137 ta harbiy ichki qo‘shin askarlari va 110 ta militsiya xodimlari yarador bo‘ldi. 757 ta yashash uylari, 27 davlat ob’ektlari, 275 ta transport vositalari talandi va yoqib yuborildi. SSSR bosh prokuraturasining ma’lumotlariga ko‘ra 1989 yil iyul oxirida 2000 dan ortiq shaxsga huquqbuzarlikka oid jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi, shulardan 600 tasi Farg‘ona qirg‘inlarida faol ishtirok etgan shaxslar edi. 1989 yil oktyabr oxiriga kelib 225 ta qirg‘in ishtirokchilari qamoqqa olindi, ulardan 41 tasiga qasddan odam o‘ldirganligi uchun aybnomalar qo‘yildi.
1990 yilning 2-yarmida O‘zbekiston SSR Oliy sudi tomonidan Farg‘ona oblastidagi ommaviy tartibsizliklar bilan bog‘liq jinoiy ishlar o‘rganilib, 277 kishi bo‘yicha ochilgan 107 ta jinoiy ish ko‘rib chiqildi. Ko‘rib chiqilgan 107 ta ishdan 168 kishi bo‘yicha ochilgan 72 ta jinoiy ish yuzasidan hukm chiqarilgan, 94 kishi bo‘yicha ochilgan 35 ta jinoiy ish qayta tergov o‘tkazilishi uchun qaytarilgan.
Ko‘p o‘tmay Farg‘onadagi kabi voqealar Andijon bilan chegaradosh O‘sh shahri o‘zbek aholisining boshiga tushdi. 1990 yilning iyun oyida Qirg‘izistonning O‘sh viloyatining O‘zgan va boshqa shaharlarida o‘zbek-qirg‘iz millatlararo urushi kelib chiqdi. Millatlararo to‘qnashuvlarda 30-35 ming aholi ishtirok etdi. Jinoiy ishga 300 ta odam tortildi.
1990 yil 24 martda XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu erda alohida shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda Prezident lavozimining ta’sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo‘yilgan dadil qadamlardan dastlabkisi edi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Mustaqillik Deklaratsiyasi” mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlaridan biri edi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda Respublika Oliy Soveti deputatlari faollik ko‘rsatdilar. Natijada, bu masala respublika Oliy Sovetining (XII chaqiriq) 1990 yil 20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan 12 chaqiriq ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritildi. O‘zbekiston rahbariyati va xalqining O‘zbekistonning mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991 yil 17 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Referendumda O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligida O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.
|
XXulos.Ozbekiston mustakilika erishganda keyin kansitutsiyo
Kabul kilindi keyinchalik bayrok gerp mathiya shu katorda
Qoraqalpogiston Respublikasi uchun ham bayrork gerp mathiya va alohida
Kansitutsiya ishlab chikildi
Va mustakilik yilarida “pahta ishi “ va shu kabiy ishlar bolib oti hozirgacha
Ozbekiston rivojlanib kelmokda.
O'ZBEKISTONI ENG YANGI TARIXI fanidan
Mustakil ish
Bajardi Atadjonova Gulyor
Mavzu:XX asirning 80 yilarida ozbekistonda isktisodiy
Ishtimoiy va siyosiy ozgarishlar
Reja
I BOB O’ZBEKISTON MUSTAKILIKA ERISHISH ARAFAZIDA
I.1 XX asir 80 yilarda respublikamizda inkrozliy
Holat
I.2 1989 yildagi vokeyalar
II bob ozbek ishi va pahta ishi vokeyakari haqida mustakilika
Erishgandan keyin respublikamizdagi ozgarishlar va gerp bayrok
Mathiya kansitutsiya kabul kilinishi va otkazilgan referendumlar
II.1 ozbek ishi hakida va shundagi vokeyliklar pahta ishi kampanyalar
Hakida
II.2 mustakilik deklaratsiyasi brinchi prizidentimiz I.Karimov
Tomonidan kabul kilinishi kansitutsiyaviy referendumlar ......
Xulosa
Foydalangan adabyotlar
Foydalangan adabyotlarim
O’zbekiston mustakilik ostonasida (I.Karimov.)
A.SH.Bekmurodov va boshq. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitobini o’rganish bo’yicha uslubiy qo’llanma. “O’qituvchi” 2012 99-sahifa.
2 Usmonov Q, Sodiqov M. O’zbekiston tarixi. T.2012 190-sahifa
3 Q.Usmonov, M.Sodiqov.O’zbekiston tarixi.T. “Sharq” 2012 191-sahifa.
4 Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonova.O’zbekiston tarixi. T. “Iqtisod-Moliya”, 2006. 381-sahifa
5 Narzulla Jo’rayev, Shodi Karimov. O’zbekiston tarixi. T. “Sharq” 2011. Ikkinchi kitob 596-sahifa
6 Jo’rayev N,Karimov Sh.O’zbekiston tarixi-T.:2011,II-kitob,597-sahifa. 8O’sha manba,297-sahifa.
7 Narzulla Jo’rayev, Shodi Karimov. O’zbekiston tarixi. T. “Sharq” 2011. Ikkinchi kitob,597-598-sahifalar.
8 Q.Usmonov, M.Sodiqov.O’zbekiston tarixi. T.”Sharq” 2012, 193-sahifa.
9 Narzulla Jo’rayev, Shodi Karimov. O’zbekiston tarixi. T. “Sharq” 2011. Ikkinchi kitob,593-594-sahifalar.
10 N.Jo’rayev.SH.Karimov. O’zbekison tarixi.T. “Sharq” 2011-yil (II-kitob) 595-sahifa.
11 A.SH.Bekmurodov va boshq. O’zbekiston mustaqillik erishish ostonasida kitobini o’rganish bo’yicha o’quv uslubiy qo’llanma. “O’qituvchi” 2012. 100-sahifa
12 O’sh manba. 101-sahifa
13 Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonov.O’zbekiston tarixi. “Iqtisod- Moliya” 2006 383-sahifa 16O’sha manba. 384-sahifa
14 SH.Karimov. O’zbekiston tarixi. T. “Sharq” 2000. 326-sahifa
15 Q.Usmonov, M.Sodiqov, S.Burxonov.O’zbekiston tarixi.“Iqtisod-Moliya” 2006.385-sahifa 19.N.Jo’rayev, T.Fayzullayev.Mustaqil O’zbekiston tarixi.T. “Sharq” 2000y. 29-sahifa
16 N.Jo’rayev, T.Fayzullayev. Mustaqil O’zbekiston tarixi 3.T.Sharq.2000 y. 29 sahifa 20N.Jo’rayev, T.Fayzullayev.Mustaqil O’zbekiston tarixi. T.”Sharq” 2000y 29-sahifa
17 SH.Karimov,.O’zbekiston tarixi. T. “Sharq” 327-328-sahifalar
18 R.X.Murtozaeva umumiy tahriri osdida.O’zbekiston tarixi.T. “Yangi asr avlodi” 2003.532-sahifa.
19 O’sha kitob. 532-sahifa
20 N.Jo’rayev, SH.Karimov.O’zbekiston tarixi. 711-712 sahifalar
21 N.Jo’rayev.O’zbekiston tarixi. T. “Sharq”. 2011. III-tom 9-sahifa
22 N.Jo’rayev.O’zbekiston tarixi. T. “Sharq”. 2011 III-tom 10-11 sahifalar
Do'stlaringiz bilan baham: |