1. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida globallashuv muammolari, harbiy, ekstremistik va ekologik xavf-xatarlar


Kanada davlat tuzumi. Aholisi. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari


Download 132.81 Kb.
bet13/23
Sana02.02.2023
Hajmi132.81 Kb.
#1147748
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
G\'arb mamlakatlari tarixi

12.Kanada davlat tuzumi. Aholisi. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalariKanada poytaxti — Ottava shahri. BMT va NATO aʼzosi hamda AQSh bilan „Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi toʻgʻrisida“gi shartnomasi tuzgan. Birlashgan qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik eʼlon qilinmagan. Mamlakatni Birlashgan qirollik qiroli (yoki qirolichasi) tomonidan tayinlangan General-Gubernator boshqaradi. Aholi soni 38,3 mln. kishi (2021-yil)Davlat tuzumiKanada — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibidagi federativ davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982-yil 17-aprelda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), uning nomidan general-gubernator davlatni boshqaradi. Qirolicha general-gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi bilan, odatda, 5 yil muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator va 2 palatali parlament (senat va jamoalar palatasi) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi (1993-yildan bosh vazir Jan Kretyen).TabiatiKanada hududining gʻarbiy qismi togʻli, sharqiy qismi tekislik, shimoliy va qisman shimoli-sharqiy sohillari pasttekislik, sharqiy qirgʻoqlari tik, gʻarbiy sohili esa juda baland. Materikning oʻrta qismi va Kanada Arktikasi arxipelagining materikka tutashgan joyi tekislik hamda platodan iborat. Gudzon qoʻltigʻining atrofi pasttekislik. Lavrentiy qirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar bor. Kanadaning gʻarbiy chekkasida Kordilyera togʻlari, janubi-sharqida Appalachi togʻlari joylashgan. Uran, temir, nikel, mis, rux, qoʻrgʻoshin, oltin va kumush, toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz konlari bor.Iqlimi — Kanadaning koʻp qismida arktika va subarktika, janubida moʻtadil, asosan, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha harorati shimolda —30°, —35°, janubda —18°, —20°, iyulniki shimolda 4—7° va janubda 16—18°. Gʻarbiy sohilda yillik yogʻin 2500 mm dan ortiq, sharqiy sohilda 1250 mm gacha, markaziy rayonlarda 400-250 mm, shimolda esa 150 mm dan kam Kanadada daryo koʻp, asosan, qor-yomgʻir suvlaridan hosil boʻladi. San-Lavrentiy (Buyuk koʻllari bilan), Finli—PisRiver—Qullar—Makenzi (Kichik Qullar, Atabaska, Katta Qullar va boshqa koʻllar bilan), Bou—Saskachevan—Nelson (Bou, Sidar, Vinnipeg va b. koʻllar bilan) daryo-koʻl tizimlari Atlantika va Shimoliy Muz okeani havzasiga kiradi. 200 dan ortiq yirik koʻllari bor.Kanadaning chekka shimoli arktika saxrosi boʻlib, onda-sonda lishayniklar va boshqa oʻtlar uchraydi. Undan janubda tundra, soʻngra esa oʻrmon-tundra zonasi joylashgan. Podzol va botqoq tuproqlarda oq va qoraqaragʻay, amerika tilogʻochi oʻsadi. Janubi-sharqiy chekkasidagi podzol va qoʻngʻir oʻrmon tuproqlarda ignabargli va keng bargli daraxtlar bor.Tekisliklardagi unumdor tuproqli yerlarda dehqonchilik qilinadi.Kanadada shimol bugʻusi, mushkli buqa, oq ayiq, qutb tulkisi, lemming, qutb quyoni, kaklik, boyqush, los, bizon, jayra, qoplon, boʻri, qunduz va boshqa hayvonlar yashaydi. Daryo va koʻllari baliqlarga boy. Milliy bogʻlari: Banf, Vud-Baffalo, Gleysher, Jasper, Yoxo va boshqa, viloyat bogʻlari ham bor.AholisiAholisining 1/3 qismi ingliz-kanadaliklar (44 %) va fransuz-kanadaliklar (28 %). Tub aholisi — indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kishi qolgan. Kanadada nemislar, ukrainlar, italyanlar, gollandlar, vengerlar, ruslar va boshqalar ham yashaydi. Jami aholisi soni 2021-yil holatiga 38,5 million kishi. Rasmiy tillar — ingliz va fransuz tillari. Fransuz-kanadaliklar katolik dinida, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi — protestant. Aholining 78,6 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Montreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va boshqalar.\Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalariLiberal partiya, 1873 yil rasmiylashgan; Progressiv konservativ partiya, 1854 yil tuzilgan; Kanada Kommunistok partiyasi, 1921 yil vujudga kelgan; Kvebek partiyasi, 1968 yil tuzilgan; Yangi demokratik partiya, 1961 yil asos solingan; Kvebek bloki partiyasi, 1990 yil tuzilgan; Kanada isloxrt partiyasi, 1987 yil, tuzilgan; Kanada uyushmasi partiyasi, 2000-yilda tuzilgan. Kasaba uyushmalari birlashmalari — Kanada ishchilar kongressi 1956 yil tuzilgan, Milliy kasaba uyushmalari konfederatsiyasi 1921 yil vujudga kelgan.XoʻjaligiKanada — yuksak taraqqiy etgan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 2,2 %.Aholi jon boshiga mineral xom ashyo va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish jihatdan Kanada taraqqiy etgan koʻpgina mamlakatlardan ustunlik qiladi. Nikel, rux, kumush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qogʻoz, alyuminiy, sellyuloza, tilingan binokorlik yogʻochlari ishlab chiqarishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Kanadada koʻmir, neft, temir rudasi, volfram, uran (metall tarkibidagi ruda), kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 490,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Vankuver va Ontario atrofida bir kancha yirik issiqlik elektr stansiya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Ishlab chiqaruvchi sanoatda oziq-ovqat va tamaki sanoati’, qora va rangli metallurgiya hamda metall ishlash, transport mashinasozligi va b. tarmoqlar yetakchi oʻrinda .

Mashinasozlik ishlab chiqaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1/2 qismini beradi. Uning asosiy tarmogʻi — transport mashinasozligi (avtomobil, kema, aviatsiya, vagon va lokomotivso zli k). Boshqa sanoat tarmoqlaridan qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, neft va gaz sanoati, kon, oʻrmon va sellyuloza-qogʻoz sanoati uchun uskunalar ishlab chiqarish kor-xonalari yaxshi rivojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, Montreal, Uinsor, Gamilton va b. Kora metallurgiya Gamilton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni shaharlarida, alyuminiy, rangli metallar ishlab chiqarish Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda toʻplangan. Neftni kayta ishlash zavodlari Montreal va Sarniyada joylashgan. Kimyoviy oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va plastmassa ishlab chiqarish rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, Montreal, Toronto, NiagaraFole va Kitchener. Un tortish, goʻsht, baliq-konserva va likyor-araq ishlab chiqarish oziqovqat sanoatining asosiy tarmoqlari boʻlib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Yengil sanoat tarmoqlaridan toʻqimachilik, koʻn-poyabzal va tikuvchilik nisbatan yaxshi rivojlangan. Mahsulotning yarmi Montrealda ishlab chiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qogʻoz, karton ishlab chiqarish markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Kishloq xoʻjaligi sermahsul, fermalari mexanizatsiyalashgan va ixtisoslashgan. K-xga yaroqli yerlarning U4 qismiga yaqini yirik xoʻjaliklarga birlashgan. 70 mln. gektar yer fermalar bilan band. Dehqonchilik ustun. Gʻalla (bugʻdoy, arpa, suli, makkajoʻxori), texnika ekinlari (qand lavlagi, soya, zigʻir, tamaki), oʻt va yem-xashak, sab-zavot, kartoshka, raps yetishtiriladi. Fermalarning 9/yu kismi elektrlashtirilgan. Don xoʻjaligi rivojlangan asosiy joylar: dasht viloyatlari, ay-niqsa, Saskachevan va Manitoba. Yetishtirilgan bugʻdoyning ‘/2 qismidan ziyodrogʻi, arpa hosilining ‘/3 qismi chetgachiqariladi. Sut chorvachiligi Ontario, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy va ot boqiladi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotining 60 % ga yaqinini chorvachilik yetishtirib beradi.Oʻrmon xoʻjaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontarioda yaxshi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yogʻochning ‘/yu Kanadaga toʻgʻri keladi. Baliq-chilik,hayvonotchilik, parrandachilik, moʻynachilik rivojlangan.Transporti94,3 ming km temir yoʻl va 850000ming km avtomobil yoʻli bor. Daryo va dengiz transporti, shuningdek, Buyuk koʻllar, Lavrentiy daryosidagi suv yoʻllari muhim ahamiyatga ega. Asosiy portlari: Vankuver, Set-Il, Montreal, Tander-Bey. Avtotransportining ahamiyati (ayniqsa, shimolida) juda katta. Asosiy aeroportlari Montreal, Toronto, Vankuver, Vinnipeg va Ottavada.Tashqi savdoKanada chetga avtomobil, qogʻoz, bugʻdoy, yogʻochtaxta, sellyuloza, nikel, alyuminiy, neft va neft mahsulotlari, temir rudasi, mis, asbest, uran, kaliyli tuzlar, tabiiy gaz, mis, sanoat jihozlari va boshqalae chikaradi. Chetdan mashina va sanoat uskunalari va mollari, koʻmir, kofe, kauchuk, banan va kakao sotib oladi. Savdosotiqdagi asosiy mijozlari: AKSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya.1989-yilda Kanada bilan AQSH oʻrtasida erkin savdo haqidagi bitim kuchga kirishi va 1992-yilda Shimoliy Amerika erkin savdo mintaqasi toʻgʻrisidagi uch tomonlama (AKSH—Kanada —Meksika) bitim imzolanishi bilan Kanada iqtisodiyotining Amerika iqtisodiyoti bilan birlashuvi va uning Shimoliy Amerika yagona iqtisodiy makoni tarkibiy qismiga aylanish jarayoni tezlashdi. Pul birligi — Kanada dollari.Tibbiy xizmatiKanadada vrachlar 15 ta tibbiyot maktabida tayyorlanadi, bu maktablarning aksariyati universitetlar huzurida. Xot-Springs balneologiya kurorti, Nyufaundlend, Keyp-Breton o.laridagi, Nyu-Bransuik viloyatidagi iqlimiy styalar, Montreal, Maskoka koʻli, Manitoba, Yangi Shotlandiyadagi sil kasalliklari shifoxonalari maʼlum.Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalariKanadada tarixan ingliz va fransuz maktabi tizimlari tarkib topgan. Inglizcha tizim AQSH maktab tizimiga oʻxshash: 12 yillik umumiy taʼlim maktabi 6 yillik boshlangʻich, 3 yillik kichik oʻrta, 3 yillik katta oʻrta maktablardan yoki 8 yillik boshlangʻich va 4 yillik oʻrta maktablardan iborat. Kvebek viloyatida fransuzcha taʼlim tizimi: 6 yillik boshlangich va 5 yillik oʻrta maktab ishlaydi. 5—7 yoshdan 14— 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul majburiy toʻliqsiz oʻrta taʼlim joriy etilgan. Davlatga karashli taʼlim bepul boʻlgan maktablar bilan bir qatorda xususiy (pulli), asosan, diniy va etnik guruxlar qaramogʻidagi maktablar ham bor. Ulardagi darslar oʻsha guruhlar tilida olib boriladi. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqiladi. Barcha viloyatlarda universitetlar bor. Yiriklari: Toronto, Vankuver, Kingston, Montreal, Kvebek universitetlari. Ilmiy muassasalari: Kanada qirollik jamiyati, Ijtimoiy fanlar soxdsidagi tadqiqot kengashi (hammasi Ottavada), oʻrmonchilik va qishloq xoʻjaligi sohasidagi bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari. Yirik kutubxonalari: Parlament, Xalq, Milliy, Milliy ilmiy (hammasi Ottavada), Montreal va Torontodagi xalq kutubxonalari, shuningdek, Toronto, Montreal, Vankuver universitetlari huzuridagi kutubxonalar. Ottavada Kanada Milliy muzeyi, Milliy galereya, Milliy sanʼat markazi, Ontario viloyatida Qirollik muzeyi, Torontoda Badiiy galereya, Montrealda Badiiy muzey, Kvebek sh.da Kvebek viloyati muzeyi va b. bor.MeʼmorligiIndeyslar yertoʻla, vigvamchaylalarda, tomi teri yoki yogʻoch bilan yopilgan uylarda yashagan. 17—19-asrlarda fransuzlar Sharqiy Kanadaga oʻz anʼanalari boʻyicha mustahkam devorli, tomi tik nishabli uylar, zalli cher-kovlar (old qismi 1—2 minorali), jamoat binolari qurishni rasm qildilar. Shu davrda J. Demer, T. Bayarje kabi meʼmorlar yetishib chikdi. Kanadaning inglizlar bosib olgan qismida (18—19-asrlar) imoratlarni sinch va toshdan klassitsizm uslubida (meʼmor J. Merrik) qurish rivojlandi. 19-asr oʻrtalaridan toʻgʻri koʻchali, kam qavatli uylardan iborat shaharlar (Ottava, Montreal, Toronto, Kvebek) qad koʻtara boshladi. Meʼmorlardan E. Lennoks, J. Layl loyihalari asosida qorishiq uslubda inshootlar qurildi. 19-asr oxiridan AQSH meʼmorligi taʼsiri kuchayib, baland jamoat binolari, mehmonxonalar qurish avj oldi (F. Darling, J. Pirson kabi meʼmorlar).20-asr oʻrtalaridan eski shaharlar jadal surʼatda qayta qurilib, kengaya boshladi. Temir-beton va poʻlatdan zamonaviy sanoat va jamoat binolari (Torontodagi Annesis-Aylend kombinati va ratusha binolari, Montrealdagi Vil-Mari maydoni, Jahon koʻrgazmasi, Olimpiada majmuasi va boshqalar) qurildi. Shaharlar yagona loyiha asosida barpo etildi, korxonalar atrofida shinam turar joylar qad koʻtardi.Tasviriy sanʼatiKanada hududida indeys va eskimoslar sanʼati qadimdan rivojlangan. Indeyslarning qad. sanʼati yogʻoch oʻymakorligi, tosh, suyak, shoxga naqsh oʻyish, pat va chigʻanokdardan bezaklar yasash, qoʻl toʻqimachiligi, jayra ignasi va bugʻu junidan kashta tikish, rasmlar solishdan iborat boʻlgan. 17-asrdan keyin esa Yevropa va AQShdan koʻchib kelganlar va ularning avlodlari bu ishga hissa qoʻshdilar. Eskimoslar tosh, suyak hamda hayvon shoxlaridan inson va hayvon haykalchalarini yasash bilan shugʻullangan. Yevropaliklar kelib oʻrnashgan paytlardan boshlab Kanada tasviriy sanʼati Fransiya va Angliya sanʼati taʼsirida oʻziga xos tarzda rivojlana boshladi. 17-asr — 19-asr boshlarida portret chizish va diniy rassomlik vujudga keldi; yogʻoch haykalchalar, kumush idishlar, akvarel manzaralar yaratildi. 19-asr oʻrtalarida dehqonlar hayotini, viloyatlar koʻrinishlari va indeyslar turmushini tasvirlaydigan moʻyqalam ustalari (P. Keyn, Kanada Krigxof, X. Uotson, X. Uoker) ijod qildi. 20-asrda J. U. Morris, T. Tomson, J. Makdonald, A. Lizmer shimol kengliklarining goʻzal maftunkor tabiatini tasvirlovchi asarlar yaratishdi .Zamonaviy Kanada sanʼatida modernizm (A. Pellon, J. Riopel) bilan bir qatorda realistik okim (J. Lemye, T. Makdonald, F. Teylor, R. Pilo) ham mavjud. Dizayn va amaliy bezak sanʼati (kandakorlik, gilamchilik, kulollik) rivojlanmokda. Xalk, ijodida yogʻoch oʻymakorligi, ukrain iroqisi, eskimoslar haykaltaroshligi alohida ajralib turadi
.


Download 132.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling