1. XX-XХI asr O‘zbek falsafasi Falsafada borliq tushunchasi va uning shakllari


Download 21.56 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi21.56 Kb.
#1364707
Bog'liq
фалсафа


12-variant
1. XX-XХI asr O‘zbek falsafasi
2. Falsafada borliq tushunchasi va uning shakllari
1. Мустақиллигимизнинг дастлабки йилларида миллий ўзликни англаш, миллий идентификация жараёнларини кучайтиришда миллий бирликни шакллантирувчи тарихий онг мавзусига зарурат мавжуд эди. Бунда ўзбек халқи тарихи Шарқ цивилизацияси тарихи билан узвий боғланиб, унинг тадрижий ривожида 19 аср охири ва 20 аср бошларида шаклланиб кенг тарқалган маърифатпарварлик оқими ва жадидчилик таълимотига эътибор қаратилади. Жадидчилик ҳаракати вакиллари томонидан илгари сурилган ғоялар ва амалга оширган ишлар қай даражада миллат омилини кучайтириб берди? Жадидчиликнинг ислоҳотчилик ҳаракатларида миллат омили орқали инсон омилини ташкил этиш, аниқроғи таълим, фан ва маданият миллий давлат контекстида янгилаш ғояси устуворлик қилган. Бу улкан ислоҳотчилик ҳаракати Ўзбекистон мустақиллигининг биринчи қадамларида ҳам орадан деярли бир аср ўтиб ҳам ўз натижасини бера бошлади. Хусусан А.Фитратнинг “Ислохоти Бухоро”, “Раҳбари нажот”, “Шарқ сиёсати”, “Туркистонда руслар” номли асарлари том маънода янги жамият ва янги инсонни яратиш мақсадига хизат қилувчи мамлакат модернизациясини амалга оширишга қаратилган стратегик лойиҳа сифатида баҳолаш мумкин. Аммо объектив ижтимоий сиёсий тўсиқлар туфайли жадидчилар томонидан бошланган Туркистонда миллий давлатчиликни яратишга қаратилган улкан ислоҳотчилик ҳаракати тугалланмай қолди. Ўзбекистон республикаси деярли бир аср совет иттифоқининг ҳом-ашё базаси, аграр зона сифатида таъминотчи ҳудуд вазифасини ўтади. Иттифоқ даврда бунёд этилган магистрал йўллар, ишлаб чиқариш тизими, заҳира омборлари ва бошқа кўплаб инфраструктура объектлари қизил империя иқтисодиёти учун яратилган қулайликлар эди.
Замонавий давр тарих фалсафаси қонуниятида Ўзбекистонда рўй берган ўзгаришларда цикллилик ва тадрижийлик тамойиллари етакчилик қилганини кўриш мумкин. Ўзбекистондаги модернизация жараёнлари тадқиқотида мустақиллик йилларида республикамизда қабул қилинган махсус стратегик тараққиёт дастурларини 3 даврга ажратиш мумкин.
Биринчи, Тараққиётнинг “Ўзбек модели” қабул қилиниши билан боғлиқ биринчи давр босқичи. Бу даврда асосан миллий давлатчилик тузилмалари, қонунчилик, миллий ўзликнинг англанилиши, мустамлакачилик асоратларининг бартараф қилиниши, янгича иқтисодий-молиявий тузилмаларнинг ташкил топиши каби қатор хусусиятлар билан тавсифланади.
Иккинчи, “Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси”нинг қабул қилиниши билан боғлиқ иккинчи давр босқичи. Бу босқичда давлат бошқаруви, қонунчилик, ахборот соҳаси, иқтисодиётни либераллаштириш, сайлов тизими, нодавлат нотижорт ташкилотлар фаолиятини такомиллаштириш кабилар билан боғлиқ мамлакатимизни модернизациялашга қаратилган қатор ташкилий институционалҳуқуқий туб ислоҳотлар амалга оширилди. Биринчи даврда давлатчилик асослари шакллантирилган бўлса, иккинчи даврда демократик фуқаролик жамияти тузилмаларини такомиллаштириш билан боғлиқ фундаментал ғоялар илгари сурилиб, амалга оширилди.
Учинчи, “Ҳаракатлар стратегияси” қабул қилиниши билан боғлиқ учинчи давр босқичи. Бу босқичда республикамизда кечаётган модернизация жараёнларида мамлакат ҳудудидаги реал муаммоларни ҳисобга олган ҳолда умумжаҳон стандартлари даражасидаги ислоҳотлар даврига қадам қўйилди. Айниқса, бу даврда республикамиз модернизация моделида инновацион моделнинг таъсири ошди. Бундан ташқари жадаллашган моденизациянинг муҳим шартларидан бўлган мамлакатнинг яқин ва узоқ қўшниларга очиқлиги ҳусусияти рўёбга чиқа бошлади.
Кўриниб турибдики, Ўзбекистоннинг янги давр сиёсатида замонавий тарих фалсафасини шакллантирувчи сиёсат постмодернизм ва уни ташкил қилувчи модернизация тизими сифатида намоён бўлмоқда. Чунки модернизация - бу анъанавий жамиятдан - замонавийлик жамиятига ўтиш макропроцесси. Эволюцион ривожланиш жараёнлари, яъни модернизация - бу ислоҳотлар ва инновациялар орқали амалга ошириладиган доимий жараённинг бир тури, бу бугунги кунда постиндустриал жамиятга ўтишни англатади.

  1. Falsafada borliq tushunchasi va uning shakllari

Faylasuflar qadim zamonlardan buyon «borliq» va «yo‘qlik» haqida bahs yuritishgan. Ular borliqning vujudga kelishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko‘plab asarlar yozishgan. Xo‘sh, borliq nima? Bu savol bir qarashda juda oddiy ko‘ringani bilan unga shu choqqacha barcha kishilarni birday qanoatlantiradigan javob topilgani yo‘q. Bu holat borliqqa turlicha nuqtayi nazarlardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ayrim faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan boglab tushuntirishadi. Ularning nuqtayi nazarlaricha, borliq — obyektiv realliknigina qamrab oluvchi tu~ shunchadir. U holda fikr, inson tafakkuri, o‘y-xayollarimiz borliq tushunchasidan chetda qolar ekanda, degan savolga ular, bunday tushunchalar obyektiv reallikning hosilasidir, deb javob berishadi. Falsafaning borliq haqidagi ta’limotni izohlaydigan qismi — ontologiya deb ataladi (bu tushunchani falsafada birinchi bor X. Volf qollagan). Olam va borliq masalalarini falsafaning ana shu sohasi o‘rganadi. Yo‘qlik hech nima demakdir. Hamma narsani hech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi ham, intihosi ham yo‘qlikdir. Bu ma’noda yo‘qlik cheksizlik, nihoyasizlik va mangulik bilan birdir. Yo‘qlik chekingan joyda borliq paydo bo'ladi. Demak, borliqning bunyodkori ham, kushandasi ham yo‘qlikdir. Borliq yo‘qlikdan yo‘qlikkacha bolgan mavjudlikdir. Yo‘qlikni hech narsa bilan qiyoslab bolmaydi.
Fanda yo‘qlik nima, degan savolga javob yo‘q. Hozirgi zamon fanlarining xulosalariga ko‘ra, atrofimizdagi har qanday jism molekulalardan tashkil topj an, molekulalar esa atomlardan tuzilgan. Atomlar murakkab tuzilgan yadro va elektron qobiqlardan iborat. Atomning elektron qavatlari bir-biridan va atom yadrosidan muayyan uzoqlikda joylashgan boladi. Eng sodda atom hisoblanuvchi vodorod atomining yadrosi bitta protondan, murakkabroq atomlarning yadrosi esa, proton va neytronlardan tashkil topadi, proton va neytronlar kvarklar va ularni tutashtirib turuvchi glyuonlar (glyuon — yopishtiruvchi degan ma’noni beradi)dan tashkil topgandir. Proton va neytron nuklonlar (lot. nucleus — yadro, o‘zak) hisoblanadi, nuklonlar va xiperon (yun. hiper — ustida, yuqoridan tashqari)lar, barionlar (yun. barys — og‘ir) deyiladi. Bular oglr zarrachalar sifatida kuchli o‘zaro ta’sirlar maydonida bolib, adronlar (yun. adros — kuchli) gruppasiga mansub. Bu sistemalarni falsafiy jihatdan umumlashtirib, borliqning moddiy ko‘rinishlarini turli xil struktura darajalariga ajratish mumkin.
Sifatiy jihatdan materiya ikki xil shaklda, ko‘rinishda uchraydi: moddasimon va nomodda ko‘rinishida. Materiyaning moddasimon ko‘rinishdagi shakllari ikkiga, modda va antimoddaga ajraladi. Bular bir-biri bilan chambarchas boglangan bo‘lib, ular to‘qnashganda keskin sifatiy o‘zgarish ro‘y beradi, ya’ni moddaning moddaviy ko‘rinishi nomoddaviy ko‘rinishga aylanadi. Materiyaning nomoddaviy ko‘rinishi ham ikki xil shaklda uchraydi: maydon va nurlanish. Muayyan maydondagi nurlanishlar fizik vakuumda (fizik vakuum fizik jismlardan xoli bolgan joy) moddiy zarrachalarning hosil bolishiga imkon beradi. Xullas, bular ham bir-biri bilan chambarchas boglangandir. Materiyaning biz yuqorida qayd etgan ko‘rinishlaridan boshqacha ko‘rinishdagi turlari ham bolishi mumkin. Ularning tabiati hali fanga ma’lum emas. Agar biz borliqning moddiy ko‘rinishlarini tuzilishi jihatidan turkumlashtirsak, borliqning struktura darajalari haqidagi xulosa hosil boladi. Borliqning strukturaviy tuzilishini uning sifatiy rivojlanishi nuqtayi nazaridan olib qarasak, moddiy olam bu holda ham uchta darajaga ajraladi. Uning tashkiliy struktura darajalarini: anorganik dunyo (notirik tabiat), organik dunyo (tirik tabiat) va ijtimoiy dunyo (jamiyat)ga ajratiladi. Ular bir-biridan xilma-xilligi, uyushganligi, nisbiy mustaqilligi va faolligi bilan farq qiladi.
Tarixdan ma’lumki, faylasuflar borliq haqida turlicha g‘oyalarni ilgari surishgan. Markaziy Osiyo tuproglda vujudga kelgan zardushtiylik ta’limotida borliq quyosh va olovnmg hosilasidir, alangalanib turgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, 95 deb hisoblangan. Chunki bu g‘oya b o ‘y ic h a , har qanday o‘zgarish va harakatning asosida olov yotadi va u borliqqa mavjudlik bahsh etadi. Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi va uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo‘ladi, insonning bilimi qancha keng bolsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb hisoblaydi. Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bolmagan narsa yo‘qlikdir.
Islom ta’limotida esa borliq Olloh yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud ta’limotlari shakllangan. Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta’limotni har taraflama rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Ollohning o‘zidir. Beruniy fikricha, Ollohdan boshlanguvchi borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida yotadi, demak, borliq hamma narsaning asosidir.
Yevropada o‘tgan olimlar David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan. Hegel esa borliqni mavhumlik, mutlaq ruhning namoyon bolishi, deb ta’riflaydi. Ko£pgina naturfalsafiy qarashlarda borliqni hozirgi zamon bilan, ya’ni shu aktual olamga boglab tushuntirdilar. Aslida, borliq keng falsafiy tushuncha bolib o‘ziga butun mavjudlikni, uning o‘tmishi, hozir va kelajagini ham qamrab oladi.
Faylasuflar borliqni tushuntirish uchun yo‘qlik tushunchasini unga antipod qilib olishgan va shu asosda borliqning zaruriy mohiyatini ochishga intilganlar. Materialistik adabiyotlarda borliqni obyektiv reallik bilan, materiya bilan aynanlashtirib tushuntirishadi. Borliq o‘ziga obyektiv va subyektiv reallikni, mavjud bolgan va mavjud boladigan olamlarni, moddiylik va ma’naviylikni, o‘tmish va kelajakni, olimni va hayotni, ruh va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadirю
Borliq va mavjudlik. Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur, g‘oyalar, o‘y-xayollarimiz barchasi birday mavjuddir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bolib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga kiradi.
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi paytda namoyon bolib turgan qismi bolib, olgan va mavjud boladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bolgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o‘ziga reallikni ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajratib kolsatiladi. Ularga: tabiat borligl, jamiyat borligl, ong borligl kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir. Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borligl va jamiyat borliglning quyidagi shakllari ham farqlanadi. Tabiat borligl odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borligl sifatida tushuniladi. U ikkiga bolinadi: azaliy tabiat borligl (yoki tabiiy tabiat borligl, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bolgan) va odam mehnati bilan ishlab chiqarilgan narsalar borligl («ikkinchi tabiat» borligl, ya’ni madaniyat).
Ikkinchi tabiat borligl esa, o‘z navbatida, quyidagi ko‘rinishlarda uchraydi:
— inson borligl (insonning narsalar olamidagi borligl va odamning o‘ziga xos bolgan insoniy borligl);
— ma’naviy borliq (individuallashgan va obyektivlashgan ma’naviy borliq);
— sotsial borliq (ayrim odamning tarixiy jarayondagi borligl va jamiyat borligl), u ijtimoiy borliq ham deb ataladi. Keyingi yillarda virtual borliq (lot. virtus — ehtimol tutilgan, mumkin bolgan; realis - haqiqiy, mavjud)
- zamonaviy texnika vositalari va informatsion kommunikatsiyalar yordamida yaratiladigan va insonga olamni o‘ziga xos idrok etish va anglash imkonini beradigan sun’iy dunyo shakli haqida ham ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. Borliqning turli kompyuter modellari va elektron borliq uning sinonimlaridir. XX asrning 60-yillari oxirida Mayron Kryuger tomonidan «Sun’iy borliq» tushunchasi ilmiy muomalaga kiritilgan bolsa, Jaron Lanyer hozirgi kunda keng tarqalgan «vertual borliq» atamasini 1989-yilda ilmiy muomalaga kiritgan edi. U 1984-yilda dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu atama kompyuterda yaratiladigan muhitda olam, borliq shakllari va insonning mavjudligi g'oyasini ifoda etadi.
Download 21.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling