1. Yalpi talab va yalpi taklif modelini tavsiflab bering


Download 80.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi80.01 Kb.
#1504470
Bog'liq
YaIM2



1.Yalpi talab va yalpi taklif modelini tavsiflab bering 
YAlpi talab - bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat narxlarning o‘rtacha darajasida 
sotib olishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini, yoki milliy iqtisodiyotdagi 
real pul daromadlari hajmini bildiradi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha 
past bo‘lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real 
hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kam 
qismini sotib oladi. SHunday qilib, narx darajasining oshishi, boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda 
yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi yalpi talabning 
oshishiga olib keladi. YAlpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham milliy 
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib keladi. 

Download 80.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling