1. Yangi Zelandiyada maktabgacha ta`lim qancha vaqt davom etadi


Download 17.81 Kb.
Sana16.03.2023
Hajmi17.81 Kb.
#1278928
Bog'liq
Ta`lim tizimi test. Arabova Sobira


1.Yangi Zelandiyada maktabgacha ta`lim qancha vaqt davom etadi

  1. tug`ilgandan maktabga chiqquncha *

  2. 3 yoshdan maktabga chiqquncha

  3. 1 yoshdan 6 yoshgacha

  4. 2 yoshdan 7 yoshgacha

2. Yangi Zelandiyadagi ta’lim tizimi maktabning qanday turlarini o‘z ichiga oladi:

  1. Davlat maktablari, Diniy maktablar, Xususiy maktablar *

  2. Davlat maktablari, Xususiy maktablar, Kasb-hunar maktablari

  3. Davlat maktablari, Diniy maktablar, Kasb-hunar maktablari

  4. Davlat maktablari, Xususiy maktablar, Uy maktablari

3. Yangi Zelandiyadagi eng mashhur ta’lim varianti –

  1. Davlat maktablari*

  2. Xususiy maktablar

  3. Diniy maktablar

  4. Barchasi tog`ri

4. Yangi Zelandiyada Te Kura: (sirtqi maktabi) kimlarga mo`ljallangan

  1. Bu 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan tibbiy sabablarga ko‘ra ECE(erta bolalik ta`limi) xizmatlarida qatnasha olmaydigan yoki jismonan nogiron bolalar uchun mo‘ljallangan.*

  2. Bu 2 yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan aqli zaif bolalarni tarbiyalashga mo`ljallangan

  3. Bu tibbiy sabablarga ko`ra sog`lig`ini yo`qotgan onalarga bolalarini tarbiyalashga ko`maklashishga mo`ljallangan

  4. Bu 3 yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan bolalarni haftada faqat 3 kun ta`lim-tarbiya berishga mo`ljallangan.

5. Ta’lim tizimi jahondagi eng ilg’or tizimlaridan biri hisoblanib, 2016-yilda “Pisa student assessment” ga ko’ra birinchi o’rinni qo’lga kiritgan davlatni belgilang

  1. Singapur*

  2. Yaponiya

  3. Janubiy Koreyya

  4. Amerka

6. Amerika pedagoglari haftasiga bir marta 1-3-sinf o’quvchilari uchun “Sevimli o’yinchoq” metodini qo’llashadi. Bu metodni qo`llashdan maqsad nima

  1. Bolani uyatchanlikdan xalos bo`lishga, sinfdoshlari orasida erkin gapirishga o`rgatishdir*

  2. O`quvchilarni ijodiy qobilyatlarini ochishga yordam beradi

  3. Bolaning nutqini o`stirishga xizmat qiladi

  4. B va C javoblar to`g`ri

7. U mukammal, yon tomonidan muhofazalangan qurilma bo’lib, parta ustida kitob javoni, yoritkich, soat, qalam, qog’oz, mikrokalkulyator va boshqa zaruruy ashyolar, shuningdek kerak bo’lib qolgan taqdirda ota-onalarini chaqiradigan signal tugmachalarigacha o’rnatilgan “uy partalari” bilan diqqatga sazovor bo`lgan davlat-

  1. Yaponiya*

  2. Xitoy

  3. AQSH

  4. Germaniya

8. Nemis pedagoglari este`dodsiz o`quvchining o`zi yo`q, deb hisoblashadi. Shunga ko`ra ular o`quvchining ochilmagan qirralarini kashf etish, ularni yangiliklar va ixtirolar ruhida tarbiyalashga intiladi. Shu sababdan Olmon maktablarida bir naql bor, uni oltin qoida sifatida qabul qilishgan

  1. “Fikrlayapmanmi, demak yashayapman!”*

  2. “Bir qadam oldinga, ikki qadam ortga!”

  3. “Sen albatta uddalaysan, senga ishonamiz!”

  4. “Sen juda este`dodlisan, mahoratingni ko`rsat!”

9. Olmon ta`lim tizimining o`ziga xos xususiyati nimadan iborat

  1. O`quvchilar boshlang`ichni tugatgandanoq kelajak yo`lini aniqlab olishadi

  2. Tabaqalashtirib o`qitishga kuchli e`tibor berishadi

  3. O`quvchilar mehnat ta`limini mustahkamlash

  4. Barchasi to`g`ri*

10. Bolani o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch ruhiyatida tarbiyalash, o`quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish uchun kurash, bolani kamsitmaslik, insoniylik qadryatlarini va g`ururini yerga urmaslik, o`quvchini ilk davrdanoq kasbga yo`naltirish, vatanga faxr va iftixor ruhi bilan tarbiyalash kabilar qaysi davlat ta`lim tizimiga xos

  1. AQSH*

  2. Fransiya

  3. Buyuk Britaniya

  4. Germaniya

Download 17.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling