1.Yashil bronza qo’ng’izining mo’ylovlari qanday organ hisoblanadi?
J: Hid bilish
2.Qo’ng’izning boshida nimalari joylashgan?
J: Og’iz va sezgi organlari
3.Qorin bo’limi necha bo’g’imdan iborat?
J: 8 ta
4.Hashoratlarning har bir ko’krak bo’g’imiga qorin tomondan bir juft nimalar birikkan?
J: Oyoqlar
5.Qorin bo’limi ko’krak bilan qanday qo’shilgan?
J: Harakatsiz
6.Ustki qanotlar ostidan faqat nima chiqib turadi?
J: Qorinning uchki qismi
7.Mo’ylovlari nimaga o’xshaydi?
J: Yelpig’ichga
8.Yashash muhiti hasharotlarning nimasiga katta ta’sir ko’rsatadi?
J: Tuzilishiga
9. Bosh miya nimalarning qo’shilishidan hosil bo’ladi?
J: Nerv hujayralari
10.Ayirish sistemasi qorin bo’shlig’ida joylashgan ingichka va uzun nimalardan iborat?
J: Malpigi naychalaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |