1. Ye. E. Bertels tasavvuf haqida qanday fikr bildirgan?
Download 12.38 Kb.
|
1.Ye.E.Bertels-WPS Office
1.Ye.E.Bertels tasavvuf haqida qanday fikr bildirgan? "Tasavvuf adabiyotini oʻrganmasdan turib,oʻrta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega boʻlish mumkin emas.Bu adabiyotdan xabardor boʻlmasdan Sharqning oʻzini ham anglash qiyin". 2.Tasavvuf ta'limoti qachon paydo boʻlgan? Islom olamida VIII asrning oʻrtalarida 3.Soʻfiy soʻzi qayerdan paydo boʻlgan? Koʻpchilik soʻfiy soʻzi arabcha "suf" soʻzidan hosil boʻlgan,degan fikrni bildiradilar."Suf"soʻzining lugʻaviy maʼnosi jun va jundan toʻqilgan matodir.Soʻfiylar koʻp hollarda jun chakmon yoki qoʻy terisidan tikilgan poʻstin kiyib yurishni odat qilganlari uchun ularni jun kiyimlilar ya'ni soʻfiy deb yuritgan. 4.Mustasuf soʻzining lugʻaviy maʼnosi nima? Mustasuf oʻzini soʻfiylarga oʻxshatib,taqlid qilib yuradigan, ammo asl maqsadi amal-mansab,molu mulkka intilishdan iborat boʻlgan kishilarga nisbatan ishlatilgan. 5.Muttasuf soʻzining lugʻaviy maʼnosi nima? Tariqat va haqiqatda muayyan manzillarni egallagan,biroq soʻfiy darajasiga koʻtarila olmagan kishidir. 6.Mutasavvif soʻzi qanday maʼnoni anglatadi? Qalban soʻfiyona gʻoyalarga moyil, tasavvufni e'tiqod-maslak qilib olgan,lekin tariqat amaliyotini oʻtamagan,rasman soʻfiy boʻlmagan odamlar. 7.Husayn Voiz Koshifiy "Futuvvatnomai sultoniy"nomli asarida soʻfiylarni uch guruhga ajratgan.Bular qaysilar? 1)Muoshirlar; 2)mutarassimlar; 3)muhaqqiqlar 8.Olimlar tasavvuf tarixini dastlab ikki davrga ajratganlar.Bular qaysi davrlar? 1)Zohidlik davri; 2)Oriflik va oshiqlik davri 9.Zohidlik davri soʻfiylarining asosiy maqsadi nima boʻlgan? Taqvo va parhezkorlik 10.Oriflik va oshiqlik davri soʻfiylarining asosiy maqsadi nimalardan iborat boʻlgan? Tafakkuriy-shuuriy rivojlanish - ya'ni dunyoni va Ilohni bilish,tanish. 11.Tasavvufning klassik davri qaysi asrlarni oʻz ichiga oladi? IX - XIII asrlar 12.Birinchi soʻfiylar kim boʻlgan? Husayn Voiz Koshifiyning "Futuvvatnomai sultoniy" nomli asarida birinchi soʻfiy Odam alayhissalomning farzandlaridan biri Shish degan kishi edi.U oq poʻstin kiyib yurgani uchun shu nomni olgandi.Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat min shamoil ul-futuvvat" asarida birinchi soʻfiy sifatida hazrati Paygʻambarimizning zamondoshi va muhibi Uvays Qaraniy tilga olinadi.Abdurahmon Jomiyning "Nafahot ul-uns min hazarot a ul-quds" asarida Abu Hoshim Kufiy aytilgan. 13.Abdurahmon Jomiyning "Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds" asarida qancha shayxu soʻfiyning nomi zikr etilgan? 664 ta 14.Turkiyalik olim Abdulboqiy Gupyonarli soʻfiylarning sakkiz toifasini ajratib koʻrsatadi,Ular qaysilar? 1) Hayot va dunyo lazzatlariga qattiq bogʻlangan soʻfiylar; 2) koinotni Parvardigor zoti tajallisining surati deb biladigan soʻfiylar; 3)hamma narsani Mutlaq iloh tajallisi deb biladiganlar;4) falsafani,aqlni rad etuvchi soʻfiylar;5)oʻz tasavvurlarida falsafa va hikmatni rad etmoqchi boʻlgan, lekin soʻfiyona aqidalarni falsafiy mushohadalar bilan sinovdan oʻtkazgan,omuxta etgan soʻfiylar;6) tasavvufning nozik haqiqatlari, falsafa va hikmat bilan mojarolarini sezgan holda, ammo shariatdan koʻngil uzolmaydigan soʻfiylar;7)oʻzlarini zamon paygʻambarlari,koʻkdan tushgan Mahdi,deb eʼlon qilganlar;8) arosatda, ziddiyatlar ichida qolgan soʻfiynamo kishilar. 15.Pir va muridlik muomalasida uch narsaga diqqat qilingan.Bular nimalardan iborat? 1)suhbat taʼlimi;2)xirqa kiygizish;3)zikr talqini 16.Shayx Saididdin Fargʻoniyning aytishicha xirqa ikki xil boʻlgan.Bular qaysilar? 1)irodat xirqasi; 2) tabarruk xirqa 17.Abu Nasr Sarroj tariqatning qanday nomlarini qayd etgan? 1)tavba;2)vara' ;3)zuhd;4)faqr;5)sabr;6)xavf;7)rajo;8)tavakkul;9)rizo 18.Tasavvufda hol nima? Hol - maqomot darajalarini bir-bir egallab muvaffaqiyatga erishgan solik hol martabasiga yetadi va tasavvur-taxayyulda ilohiy jamolni mushohada qila boshlaydi.qalbini zavqu shavq qamrab oladi.U shunday bir holatga koʻtariladikim,butun aʼzolari goʻyo Alloh deydigan,har nafasi buyuk Tangrining borligidan xabar beradigan boʻladi. 19.Holning qanday bosqichlari bor? 1)qurb; 2) muhabbat; 3)shavq; 4)uns; 5)mujohida; 6)mushohida; 7)mukoshifa 20.Ibn al-Arabiyning fikricha tariqatda qancha maqom va manzil bor? Tariqatda 19 ta maqom,360 ta manzil va ravot (karvonsaroy) bor. 21.Ibn al-Arabiyning fikricha ilmi holning qanday darajalari bor? 1) Alloh yoʻlidan bormoq; 2) Alloh nazarida boʻlmoq; 3) Allohga vositachi boʻlmoq; 4) Alloh xizmatida boʻlmoq; 5) Allohga yor boʻlmoq; 6) Alloh uchun yashamoq; 7) Allohga jon fido qilmoq 22.Ibn al-Arabiy inson bilimlarini uchga boʻlgan,ularni sanang. 1)aqliy-hissiy bilimlar (zohiriy fanlar bilan shugʻullanadigan kishilar ilmi);2)hol ilmi (ilmi hol martabasiga koʻtarilgan soʻfiylar ilmi);3)sirru asror ilmi (avliyolar ilmi) 23.Tavajjuh nima? Tavajjuh - bu chuqur tafakkurga berilib,oʻzi istagan odamni huzuriga olib kelish va u bilan yuzlashishdir. 24.Tasavvuf nima? Shayx Nuriy "Tasavvuf - nafs lazzatlaridan voz kechishdir".Shayx Safiy Alimshoh "Tasavvuf - nafs manzillarini bosib oʻtishdir".Shayx Ruvim "Tasavvuf - Xudo yoʻlida nafsdan kechmoqdir".Bobo Tohir "Tasavvuf - oʻlimi yoʻq hayot va hayoti boʻlmagan oʻlimdir,ya'ni nafsoniy- hayvoniy hayotda oʻlmoq va insoniy hayotda yashamoq". 25.Tasavvuf qaysi ilmlar bilan bogʻliq holda rivojlangan? Bir tomondan din va shariat, ikkinchi tomondan falsafa va hikmat ilmi bilan 26.Tasavvufning "falsafalashish" davri qachon boʻlgan? XIII -XIV asrlar 27.Tasavvufni falsafa bilan bogʻlovchi mutafakkirlar kimlar? Ibn al-Arabiy ,Abu Homid Muhammad Gʻazzoliy, Farididdin Attor,Aziziddin Nasafiy,Yahyo Suhravardiy,Ibn Saboin, Abdurazzoq Koshoniy,Abdulkarim Jiliy, Mahmud Shabustariy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Abdulqodir Bedil 28.Tasavvuf taʼlimotida qanday tushunchalar keng targʻib qilinadi? Muhabbat, shafqat va muruvvat 29.Tasavvuf ahli tez-tez murojaat qiladigan uch xil bilim bosqichlari qaysilar? Ilm ul-yaqin, ayn ul-yaqin va haqq ul-yaqin 30.Tasavvufning asosiy ruknlari qaysilar? Riyozat,Irodat,Uzlat, Maʼrifat (Irfon),Ishorat va Muhabbat 31.Futuvvat nima? Umrni doʻstlar xizmatiga bagʻishlash,faqat yaxshilikni oʻylab,yaxshilik qilishdan charchamaslik,ezgu xulq-atvorga ega boʻlish,borini oʻzgalar bilan baham koʻrib,muhtojlar hojatini chiqarish,piru ustozlar,doʻst-birodarlar nomusi,sharafini himoya etish,zohiran va botinan pok yurib,halol-pokiza insonlar suhbatini qozonish... 32.Koshifiyning tasnifiga koʻra,futuvvatning uch martabasi bor.Ularni izohlang. Saxo( saxovat),ya'ni bir narsani hech kimdan qizgʻanmaslik;safo, ya'ni qalbni kibru havo,gina -qudurat,qasd-gʻazabdan xoli va pok tutish;vafo, ya'ni hamma vaqt xalq xizmatida boʻlish. 33.Tavhidning maʼnosi nima? Sayyid Jaʼfar Sajjodiyning lugʻatida keltirilishicha,tavhid Yagona ilohiy ruh sari olib boradigan ilmdir, ya'ni Parvardigorni yakkayu yagona vujud deb bilmoq va shu Birlikka intilmoqdir.Ali ibn Usmon Hujviriy fikriga koʻra, tavhid haqiqati Xudoning birligiga imon keltirish,iqror boʻlish va shunga hukm etmakdir... 34.Uch xil tavhid ilmi bor,Ular qaysilar? Biri - Haqning oʻziga yoʻnalgan Haq ilmi,ya'ni Uning oʻz yagonaligi ilmi;ikkinchisi - xalqqa yoʻnaltirilgan Haq ilmi,ya'ni uning tavhid haqidagi hukmlari va bandasi koʻngliga tavhidni yetkazish ilmi;uchinchisi - xalqning Haqqa yoʻnalgan tavhid, ya'ni kishilarning Xudo vahdoniyatiga yetishish ilmi. 35.Tavhidning manbalari qaysilar? Avval imoniy ,ya'ni ishonchga asoslangan tavhid, ikkinchisi ilmiy tavhid, uchinchisi hol tavhidi va toʻrtinchisi ilohiy tavhiddir. 36.Shayx Najmiddin Kubro soʻfiylar tarbiyasida oʻnta talabning muhimligini qayd etadi,ular qaysilar? Tavba,Zuhd, Tavakkul,Qanoat,Uzlat,Zikr, Tavajjuh,Sabr,Muroqaba,Rizo 37.Qanday soʻfiylar boʻlgan? Orif soʻfiylar,zohid soʻfiylar,rind soʻfiylar,faqr soʻfiylar,faylasuf soʻfiylar 38.Zohidlik davri soʻfiylari kimlar? Ibrohim Adham,Hasan Basriy,Abu Hoshim Kufiy va boshqalar 39.Oriflik davri bosqichlari haqida nimalarni bilasiz? IX -X asrlar xonaqohlarning paydo boʻlishi,tariqat rusumlarining shakllanishi davri .XI -XII asrlar tasavvuf maktablari,silsilalarning tarkib topishi davrlariga boʻlinadi 40.Tasavvuf yoʻnalishlari qaysilar? Zohidona tasavvuf,orifona tasavvuf,oshiqona tasavvuf va rindona tasavvuf 41.A.Navoiy tasavvufga qanday taʼrif bergan? Tasavvuf xilofu ixtilofi boʻlmagan,riyo va manmanlik,davoyu tamani inkor etadigan bir ulugʻ taʼlimotkim,u inson ziynati,tiynatini poklovchi obihayotdir. 42 Tariqat nima? Tariqat soʻzining maʼnosi yoʻl demak.Ya'ni ilohiy maʼrifatni egallashga bel bogʻlagan kishining ruhiy-axloqiy kamolot yoʻli. 43.Tariqat va uning maqomotlari birinchi marta kim tomonidan bayon qilingan? Zunnun Misriy 44.Zunnun birinchilardan boʻlib, soʻfiyona holatlar va karomatlarni soʻz bilan ifodalab,uch ilm keltiradi Ularni ayting. Birinchi ilm shariat ilmidir, chunki shariat xosga ham avomga ham birday tegishlidir.Ikkinchi ilm tariqat yoxud muomalat va muhabbat ilmi, uchinchisi esa haqiqat ya'ni Iloh haqidagi ilmdir. 45.Murid kim? Murid - murod,ya'ni maqsadga intiluvchi odam,murod esa Alloh taoloning vasli. 46.Muridning asosiy xislati nima? Muridning asosiy xislati niyozmandlik,ya'ni talabgor boʻlish,murshidi komil etagini tutib, aytganlariga soʻzsiz rioya qilishdir. 47.Koshifiyning fikricha shayxlik ruknlari nechta? 7 ta 48.Koshifiyning qarashlariga koʻra shayxlik ruknlari nimalardan iborat? Shayx komil maʼrifat egasi boʻlishi,oʻtkir farosatli, yetuk ruhiy - ma'naviy quvvatli,yetarli darajada erkin,ixlosi mustahkam,rostlik va begʻaraz doʻstlikni shior qilgan,qalbida shafqat nuri porlab turishi kerak. 49.Koshifiyning fikricha haqiqat pirlari qanday xususiyatlarga ega boʻlishi kerak? Tunlarni bedor oʻtkazish,yomonlar bilan oʻtirmaslik,ilm oʻrganish,gʻiybat va yolgʻondan saqlanish,odamlar xursandchiligini istash va shu xislatlarni oʻz muridlariga yetkazish. 50.Tariqat manzillarini Abdulla Ansoriy oʻnta holatdan iboratligini yozgan.Ularni sanang. 1)Ibtido (boshlanish);2)Bob (eshik);3)Muomala;4)Hamida (maqtalgan) axloq;5)Usul;6)Avdiya (vodiylar);7)Ahvol;8)Valoyat (vakillik);9)Haqoyiq (haqiqatlar);10)Intiho (yakun) yoki vasl. Download 12.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling