V. Matbuot markazi
1. Kotibiyat matbuot markaziga taqdim etadigan hujjatlarning turlari, miqdori va taqdim etish vaqti.
2. Nusxa ко' chirish uskunalaridan hamkorlikda oqilona foydalanish imkoniyatlari.
3. Axborot almashish uchun tezkor aloqa shakllari (ishtirokchilar va jamoalar tarkibidagi o'zgarishlar, jadvalning o'zgarishi; natijalarni aniqlashtirish, ishtirokchilar raqamining o'zgarishi, rekord natijalar va h.k.).
VI. Tibbiy ta’minot bo‘yicha bosh kotib muovini
1. Taqdim etilgan jamoaviy talabnomalarni nazorat qilish vaqti va joyi.
2. Musobaqalar o'tkazilayotgan vaqtda tibbiyot xodimlarining sport inshootlarida joylashuvi. Sportchilarni tibbiy ko'rsatkichlari bo'yicha musobaqalarda ishtirok etishdan ozod qiluvchi hujjatlarning namunalari.
3. Musobaqalarda ishtirok etishdan ozod qilingan sportchilar to‘g‘risida xabar berish uchun tibbiy xizmatning kotibiyat bilan tezkor aloqasini ta’minlash yo'llari.
VII. Stadion ma’muriyati
1. Kotibiyat faoliyat ko‘rsatadigan joy.
2. Kotibiyat faoliyati uchun zarur bo‘lgan asbob-anjomlarning mavjudligi.
3. Yorug‘lik rrianbalarining yaroqliligi, nusxa ko‘chirish uskunalari uchun razetkalaming mavjudligi.
4. Namoyish taxtalari uchun joylar va ularni jihozlash.
5. Kotibiyat xonalarida hujjatlar va jihozlarning dahlsizligini ta’minlash.
6. Stadion uchun zarur bo‘lgan hisobot berish turlari.
VIII. Axborot xizmati
1. Axborot xizmatining kotibiyatdan olingan dastlabki materialiar (taqdimnomalar, poyga va seriyalar tarkibi va h.k.) bilan ishlash vaqti hamda joyi.
2. Kotibiyatning ishchi hujjatlari (ishchi qaydnomalar, yakuniy materialiar va h.k.) shaklini muvofiqlashtirish
3. Axborot xizmatiga poygalar tarkibidagi o'zgarishlar, ko'krak raqamlarining almashtirilganligi, natijalar, rekordlar, jadvallarning o‘zgarishi va b. haqida xabar berish uchun tezkor aloqa shakllari.
4. Axborot xizmati faoliyati uchun zarur bo‘lgan kotibiyat hamda matbuot markazi materiallari miqdori (start qaydnomalari, oraliq va final natijalari, jamoaviy kurashning borishi va h.k.).
5. Axborot xizmati tomonidan kotibiyat materiallarini qabul qilib olish shartlari.
6. Rekordlar ro‘yxatini tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |