1. Yoppasiga portlatishga tayyorgarlik uchun zarur xujjatlar bpi uchun loyixaviy hujjatlar


Download 114.06 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.02.2023
Hajmi114.06 Kb.
#1223260
Bog'liq
referat1



MA’RUZA 
№11. 
BURGULASH 
VA 
PORTLATISH 
ISHLARIGA 
TAYYORGARLIK 
UCHUN 
ZARUR 
XUJJATLAR. 
Reja 
1.Yoppasiga portlatishga tayyorgarlik uchun zarur xujjatlar 
2.BPI uchun loyixaviy hujjatlar 
3.Yoppasiga portlatishni o‘tkazishga buyrug‘i. 


Yoppasiga portlatishga tayyorlash uchun zarur hujjatlar. 
Kombinatning ochiq kon ishlarida burg‘ulash va portlatish ishlari (BPI)ni olib 
borish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: 
PI ni o‘tkazish grafigi; 
BPI ning namunaviy loyihasi; 
YOppasiga portlatish loyihasi; 
PI ni olib borish grafigi har bir kon boshqarmasida ishlab chiqiladi va 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bo‘lim nomi va yoppasiga PI o‘tkaziladigan hafta 
kunlari va soatini. PI ni olib borish grafigi BPI bo‘yicha bosh mutaxassis 
tomonidan ishlab chiqiladi va kon boshqarmasining bosh muhandisi (kon ishlari 
bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Undan so‘ng 
bo‘limning PI bo‘yicha rahbari bu grafik bilan kon-transport kompleksi 
(avtoxo‘jalik, kon ishlarini mexanizatsiyalash sexi, kon-shaxta qurilmalarini 
yig‘ish (montaj qilish) va tamirlash sexi) rahbarlarini va xavfli zona radiusida ish 
yurituvchi boshqa tashkilotlar rahbarlarini tanishtirishi va imzo qo‘ydirib 
tanishtirishi lozim.
BPI ning namunaviy loyihasi har bir kon boshqarmasida konni (yoki uning 
uchastkasini) qazib olish bo‘yicha tasdiqlangan loyiha, kombinatda o‘tkaziladigan 
eksperimental (tajriba) va sanoat portlatish ishlari natijalari, ilmiy-tadqiqot ishlari 
natijalari, o‘xshash shart-sharoitlarda ishlab chiqarish tajribalariga asoslangan 
holda tuziladi (ishlab chiqiladi). BPI ning namunaviy loyihasi BPI bo‘yicha bosh 
mutaxassis tomonidan kon boshqarmasining ishlab chiqarish-texnik bo‘lim 
boshlig‘i, bosh geolog, bosh marksheyder, bosh mexanik, bosh energetik, bosh 
muhandis bilan kelishilgan holda tuziladi va kon boshqarmasining bosh muhandisi 
(kon ishlari bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. 
Namunaviy loyiha kon boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan amaliyotga joriy 
qilinadi va aniq sharoitlarda yoppasiga portlatish loyihalarini ishlab chiqish uchun 
asosiy (baza) hujjat hisoblanadi. 


BPI ning namunaviy loyihasida quyidagilar ko‘rsatiladi: tog‘ jinslarining qisqacha 
geologik va gidrogeologik tavsifi (xarakteristikasi); ularning qattiqlik, yoriqlilik, 
burg‘ulanuvchanlik, portlanuvchanlik bo‘yicha tasnifi (klassifikatsiyasi); kon 
massivining ko‘ndalang kesimi; burg‘ulash uskunalari (stanoklari) va dolotalar 
turlari (tiplari); PM va Initsiyalovchi vositalar turlari; zaryadlarni va jangovar 
patronlarni, oraliq detonatorlarni initsiyalash usullari; pog‘onalarda portlovchi 
skvajinalarni joylashish parametrlari; portlatish to‘ri (setkasi) parametrlari; 
pog‘onalar balandligi; skvajina chuqurligi va diametri; portlatishning hisobiy 
ko‘rsatkichlari; PM ning solishtirma sarfi; 1 pogonometr skvajinadan kon massasi 
chiqishi; bino va inshootlar, yer osti kon lahimlari va karyer bortlarigacha seysmik 
xavfsiz masofani hisoblash uslubiyoti (metodikasi); zarbli havo to‘lqini tasiri va 
alohida bo‘laklarning uchib chiqishidan xavfsiz masofani hisoblash uslubiyoti 
(metodikasi); sekinlatish intervali (oralig‘i, vaqti)ni hisoblash uslubiyoti va qabul 
qilingan intervallar; portlatish setkasini yig‘ish (montaj qilish) sxemasi; PM 
zaryadlari, BPI ni mexanizatsiyalash vositalari hisobi; qo‘llaniladigan portlatuvchi 
va nazorat-o‘lchov asboblari. BPI ni tashkil etishda xavfsizlik choralari, PI ni 
o‘tkazish haqida ogohlantirish (xabar berish) tizimi, insonlarni xavfli zonadan 
tashqariga chiqarish tartibi, portlamay qolgan zaryadlarni zararsizlantirish 
(likvidatsiya otkazov) tartibi aniq chora-tadbirlari ko‘rsatiladi. 
YOppasiga portlatish loyihasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
YOppasiga portlatishni o‘tkazish tartibi; 
Situatsion plan (joylashish rejasi, plani); 
Bloklarni zaryadlash uchun loyihalar; 
Noo‘lcham bo‘laklarni (xarsangtosh, nogabarit) maydalash pasporti. 
YOppasiga portlatishni o‘tkazish tartibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: portlatish 
sanasi, joyi va vaqti; PMat umumiy hisobiy miqdori; initsiyalash usuli; xavfli 
zonada joylashgan obyektlar va ularning zararlanishini oldini olish bo‘yicha chora-
tadbirlar; konlarni bir vaqtning o‘zida ham ochiq usulda ham yer osti usulida qazib 


olishda ochiq va yer osti kon ishlarida ishlovchi xodimlarni xavfsizligini taminlash 
bo‘yicha chora-tadbirlar; PI ni olib borishda (o‘tkazishda) xavfsizlikni taminlashga 
javobgar shaxslar ro‘yxati (perechen); portlatish ishlari olib boriladigan hududda 
PI ni o‘tkazgandan so‘ng, odamlarga hududga kirish uchun ruxsat berish tartibi. 
YOppasiga portlatishni o‘tkazish tartibi Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha 
muhandis tomonidan tuziladi va rudnik(karyer)ning bosh muhandisi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Situatsion plan quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1:10000 yoki 1:5000 masshtabda 
kon ishlarining holati; portlatiladigan bloklar konturlari (chegaralari); insonlar va 
uskunalar uchun xavfli zona chegaralari; xavfli zonaga tushib qoluvchi elektr 
uzatish tarmoqlari, statsionar (qo‘zg‘almas) kommunikatsiya inshootlari; xavfli 
zonani qo‘riqlash postlari joylashish o‘rni; portlatish stansiyasi, portlatish 
apparatlari, portlatishni boshqaruv pulti, portlatish priborlarini o‘rnatish joyi. 
Situatsion planni Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha muhandis tayyorlaydi, 
BPI bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari tekshiradi, rudnik (karyer) bosh 
muhandisi tasdiqlaydi. Situatsion plan bilan kon ishlari, burg‘ulash, portlatish 
ishlari uchastkalari rahbarlari, shuningdek, xavfli zonani qo‘riqlashni amalga 
oshiruvchi shaxslar tanishtirilishlari shart. 
Blokni zaryadlash uchun loyiha quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
Blokning texnik hisobi; 
Portlovchi skvajinalar joylashishi va portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi; 
Blokning tuzatilgan (to‘g‘rilangan) hisobi; 
Blokni zaryadlashga tayyorligi to‘g‘risida dalolatnoma. 
Blokning texnik hisobi, portlovchi skvajinalar joylashishi va portlatish to‘rini 
yig‘ish sxemasi rudnik (karer) ning Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha 
muhandisi tomonidan ikki nusxada tuziladi va rudnik(karer)ning bosh muhandisi 
(BPI bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Portlovchi 


skvajinalar joylashishi va portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi marksheyder tomonidan 
imzolanadi. Portlovchi skvajinalar joylashishi va portlatish to‘rini yig‘ish 
sxemasini, blokning texnik hisobini tuzishga quyidagilar asos bo‘ladi: 
PI da YAgona xavfsizlik qoidalari; 
BPI ning namunaviy loyihasi; 
Portlatiladigan blok to‘g‘risida geologik va gidrogeologik malumotlar; 
Blok to‘g‘risidagi marksheyderlik malumotlari (materiallari); 
Ilmiy-tadqiqot ishlarining tavsiyalari(rekomendatsiya); 
Avvalgi portlatish ishlari natijalari. 
Blokning texnik hisobi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Umumiy malumotlar: pog‘onaning o‘rtacha balandligi, skvajinalar diametri va 
soni, perebur uzunligi, portlatiladigan kon massasi hajmi, PM solishtirma sarfi; 
Geologiya va gidrogeologiyasi; 
Talab etiladigan PMat hisobiy miqdori; 
Skvajinalar joylashish sxemasi (setkasi), ko‘ndalang profil va zaryadlar 
konstruksiyasi; 
PI ni olib borishda bino va inshootlargacha seysmik xavfsiz masofa hisobi; 
Zarbli havo to‘lqini tasiri bo‘yicha xavfsiz masofa hisobi; 
Alohida bo‘laklarning uchib chiqishi bo‘yicha xavfsiz masofa hisobi; 
Portlatish setkasini elektr hisobi; 
Tuzatish kiritilib to‘g‘rilangan xavfsiz masofalar. 
Portlovchi skvajinalar joylashishi va portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: skvajinalarning joylashish nuqtalari, blokning, 


gorizontlarning raqami, portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi, sekinlatish oralig‘i 
(intervali) qiymatlari, qo‘llaniladigan Initsiyalovchi Vositalar turlari, sekinlatish 
bosqichlari soni, Taqsimlovchi punktni(RP) ulash joylari, portlatish to‘ridagi 
zaryadlarni initsiyalash usullari, blokdagi portlovchi skvajinalar soni, taqiqlangan 
hudud o‘lchamlari, blokning asosiy parametrlari (skvajinalar joylashish to‘ri, 
pog‘onaning o‘rtacha balandligi, blok bo‘yicha skvajinalarning o‘rtacha chuqurligi, 
perebur uzunligi, blok hajmi), taqiqlangan zona (hudud) chegarasidagi 
portlatiladigan pog‘ona va yuqori pog‘onaning ostki va ustki brovkalari. 
To‘g‘rilovchi hisob-kitob quyidagilarni o‘z ichiga oladi: blok, gorizontlarning 
raqami, burg‘ulash uskunasi raqami, blokdagi skvajinalar soni (loyihaviy va 
haqiqiy), pog‘onalar balandligi va skvajinalardagi suv sathi, portlovchi skvajinalar 
to‘ri va diametri, bitta skvajinaga PM sig‘imi va miqdori, oraliq detonator og‘irligi 
va uning skvajinada joylashuvi, skvajinada zaryad va zaboyka uzunligi, 
skvajinalardagi PM ning umumiy og‘irligi (loyihaviy va haqiqiy), portlatiladigan 
kon massasi hajmi, qo‘llaniladigan initsiyalovchi vositalar, PM turi va ularning 
umumiy miqdori, alohida shart-sharoitlar (zaryadlash boshlangandan so‘ng suv 
kelib tushishining ko‘payishi bilan bog‘liq holda alohida skvajinalardagi PM 
miqdorini qayta hisoblab chiqish, blokdagi skvajinalar sonini oshishi va shu 
kabilar). To‘g‘rilovchi hisob-kitob rudnik(karer)ning Xavfsizlik texnikasi qoidalari 
bo‘yicha muhandis yoki PI uchastka boshlig‘i tomonidan marksheyderlik xizmati 
malumotlaridan 
olingan 
zaryadlashga 
tayyorlangan 
blokning 
haqiqiy 
parametrlariga asoslangan holda ikki nusxada tuziladi va rudnik (karer)ning bosh 
muhandisi (BPI bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. 
To‘g‘rilovchi hisob-kitobning alohida shart-sharoitlari rudnik(karer)ning bosh 
muhandisi (BPI bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari) tomonidan qaytadan 
tasdiqlanadi. To‘g‘rilovchi hisob-kitobning haqiqiy qiymatlari loyihadagidan oshib 
ketadigan bo‘lsa, PI uchastka boshlig‘i bevosita zaryadlash vaqtida skvajinalar soni 
hamda skvajinalar va blok bo‘yicha zaryad og‘irligining haqiqiy qiymatini kiritib 
boradi. 


Blokni zaryadlashdan oldin burg‘ulash ishlari va PI uchastkalari boshliqlari 
birgalikda “Blokni zaryadlashga tayyorligi to‘g‘risida dalolatnoma” tuzishadi. 
YOppasiga portlatishni o‘tkazishga tayyorlash ishlarida rudnik (karer)ning 
Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha muhandisi portlatishning karyer ichkarisida 
joylashgan inshootlarga, ko‘chma elektr uzatish tarmoqlari (LEP), elektr 
qurilmalari va kon uskunalariga tasir zonasini aniqlaydi. PI tasir etuvchi xavfli 
zonada mavjud elektr uzatish tarmoqlari, elektr qurilmalari va kon uskunalarining 
joylashuv o‘rinlari karyer kon ishlari jamlovchi (yig‘uvchi, yig‘ma) planiga 
kiritiladi va portlatishdan kamida ikki kun oldin (undan kechiktirmasdan) rudnik 
(karer)ning bosh energetigiga taqdim etilishi kerak. 
Har bir yoppasiga portlatishni amalga oshirish uchun kon boshqarmasi bo‘yicha 
“YOppasiga portlatishni bajarishga (o‘tkazishga) buyruq” berilishi kerak. U 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: portlatish vaqti va joyi; PM hisobiy miqdori; 
yoppasiga portlatishga masul (javobgar) rahbar familiyasi; obyektlari xavfli zonaga 
tushib qoluvchi korxona (tashkilot)lar va alohida shart-sharoitlar. YOppasiga 
portlatishni bajarishga (o‘tkazishga) buyruq loyihasi BPI ni olib boruvchi rudnik 
(karer)ning Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha muhandisi tomonidan rudnik 
(karer)ning BPI bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari (kon ishlari bo‘yicha bosh 
muhandis o‘rinbosari) rahbarligi ostida tuziladi va yoppasiga portlatishdan kamida 
ikki kun oldin (undan kechiktirmasdan) kon boshqarmasi bosh muhandisi 
tomonidan imzolanadi. U bo‘lmagan hollarda esa kon boshqarmasining kon ishlari 
bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. YOppasiga 
portlatishni bajarishga (o‘tkazishga) buyruq bilan portlatishdan kamida bir sutka 
oldin (undan kechiktirmasdan) ob’ektlari xavfli zonaga tushib qoluvchi korxonalar 
rahbarlari tanishtirilishlari shart. Konni bir vaqtning o‘zida ham ochiq ham yer osti 
usulida qazib olishda YOppasiga portlatishni bajarishga (o‘tkazishga) buyruq bilan 
shaxta rahbari ham tanishtirilishi shart. 
Kon boshqarmasining boshqa bo‘limi yoki boshqa tashkilotlarning faoliyat 
ko‘rsatuvchi obyektlari (elektr uzatish tarmoqlari, suv quvurlari, podstansiya, 


zavodlar, temir yol transporti yollari, qo‘zgalmas (statsionar) burg‘ulash 
qurilmalari va shu kabilar)ga yaqin joylarda PI shu korxonalar va tashkilotlar 
rahbarlari bilan kelishilgan holda olib borilishi kerak. 
BPI uchun loyihaviy hujjatlar. 
Burg‘ulash ishlari. 
Rudnik (karer)ning bosh mutaxassislari tomonidan qabul qilingan (tasdiqlangan) 
kon ishlari rivojlanishining yillik plani va kon ishlari olib borilish (rivojlanish) 
yo‘nalishi bo‘yicha burg‘ulanadigan maydon chegaralari belgilanadi va shu asosda 
1:500 (1:1000) masshtabda mahalliy koordinatalar sistemasida burg‘ulash 
loyihalari tuziladi. 
Kapital sanoat inshootlariga yaqin joylashgan maydonlar uchun burg‘ulash 
loyihasini tayyorlashda, inshootlardan blokkacha xavfsiz masofani taminlash 
maqsadida burg‘ulanadigan blok konturlarini chegaralash ko‘zda tutilishi lozim. 
Skvajinalar to‘ri va perebur uzunligi burg‘ulash loyihasiga tanlangan uchastkaning 
geologik va gidrogeologik parametrlariga asosan qabul qilinadi. 
Burg‘ulash loyihasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: loyiha raqami, burg‘ulash 
qurilmasi raqami, burg‘ulash o‘tkaziladigan gorizont raqami, skvajinalar joylashish 
nuqtalari, qiyaligi va qiyalik yonalishi, skvajinalar chuqurligi va diametri, 
skvajinadan namuna olish oralig‘i (intervali), blok bo‘yicha tog‘ jinslarining 
burg‘ulanuvchanlik bo‘yicha tasnifi (kategoriyasi). 
Burg‘ulash loyihasi Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha muhandisi tomonidan 
tuziladi, Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘limi boshlig‘i, bosh geolog, bosh 
marksheyder, BPI bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va 
rudnik (karer)ning bosh muhandisi(kon ishlari bo‘yicha bosh muhandis 
o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. SHundan so‘ng burg‘ulash loyihasi 
burg‘ulash uchastkasiga va geolog-marksheyderlik xizmatiga bajarish uchun 
taqdim etiladi. 


Burg‘ulash loyihasi bilan tanishib chiqqan marksheyder uni joyga ko‘chiradi 
(instrumental syomka, vizual, avtomatik nazorat vositalari va boshqalar) va shu 
bilan birga skvajinalarni burg‘ulash to‘ri rejasini tuzadi. 
Blokni burg‘ulash ishlari Burg‘ulash loyihasi va burg‘ulash ishlari pasporti 
talablariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. 
Blokni burg‘ulash jarayoni davomida va tugagandan so‘ng marksheyder 
burg‘ulash loyihasiga kiritilgan va burg‘ulangan skvajinalar haqiqiy parametrlari 
mosligini nazorat qilib boradi va zamirlash ishlari malumotlarini rudnik 
(karer)ning Xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘limiga blokni zaryadlash uchun hujjat 
tayyorlashi uchun beradi. 
Burg‘ulash jarayoni davomida va tugallangandan so‘ng blokning marksheyderlik 
syomkasi malumotlariga asosan burg‘ulangan skvajinalarning asl (haqiqiy) 
o‘rinlari rudnik (karer)ning marksheyderlik xizmati tomonidan tuziladigan 1:500 
yoki 1:1000 masshtabdagi kon ishlari gorizontlari planiga tushiriladi. 
Portlatish ishlari. 
Rudnik (karer)da qabul qilingan PIni olib borish grafigiga muvofiq rudnik 
(karer)ning bosh mutaxassislari tomonidan kon ishlarining rivojlanishining rejaviy 
yonalishilarigaa muvofiq burg‘ulash loyihalari chegaralarida portlatiladigan blok 
chegaralari (konturlari) belgilanadi va bloklarni yoppasiga portlatishga tayyorlash 
va zaryadlash tezkor grafigi tuziladi. 
Portlatish bloklarini loyihalash bilan bir vaqtda blokni zaryadlash kunida PI da 
YAXQ ga muvofiq xavfsizlik talablariga javob berishi uchun uskunalarni blokdan 
olib chiqib ketish yo‘llari, yo‘llarni ko‘chirish, ta’qiqlangan zonani va blokda 
saqlovchi obvalovkalarni shakllantirish ishlari olib boriladi. 
YOppasiga portlatishga tayyorlash va zaryadlash uchun ishlab chiqilgan tezkor 
grafik bilan kon ishlari, burg‘ulash uchastkalari, PI uchastkalari hamda tarmoq va 
podstansiya uchastkalarining texnik nazorat xodimlari tanishtirilishlari shart. 


Portlatishga mo‘ljallangan blok uchun texnik hisob ikki nusxada tuziladi. Bir 
nusxasi Ishlab chiqarish texnik byuroga, ikkinchisi PI uchastkasiga taqdim etiladi. 
Marksheyderlik 
xizmati 
tomonidan 
bajarilgan 
blokni 
zamirlash 
ishlari 
malumotlariga asosan texnik hisob tasdiqlangandan so‘ng portlovchi skvajinalar 
joylashish va portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi tayyorlanadi va zaryadlashga 
tayyorlangan blokning haqiqiy parametrlariga asosan to‘g‘rilovchi hisob-kitob 
ishlari amalga oshiriladi. 
Portlovchi skvajinalar joylashish va portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi hamda 
blokning haqiqiy parametrlariga asoslangan to‘g‘rilovchi hisob-kitob ikki nusxada 
tuziladi. Bir nusxasi PI uchastkasiga, ikkinchisi XTQ bo‘limiga taqdim etiladi. 
Bir xil qiymatli skvajinalar (skvajina chuqurligi, skvajina qiyalik burchagi, suv 
sathi balandligi va shu kabilar) uchun to‘g‘rilovchi hisob-kitoblar bitta guruhga 
birlashtirilishi mumkin. 
Agar texnik hisob amalga oshirilgan portlatiladigan blok katta hajmga ega bo‘lib, 
uni zaryadlash kunida burg‘ulash va tayyorlash ishlari to‘la yakunlanmagan bo‘lsa, 
PI da YAXQ ga muvofiq ravishda uni birinchi bosqich zaryadlash konturlariga 
ajratishga ruxsat etiladi va zaryadlashga tayyor bo‘lgan blok qismi uchun 
portlovchi skvajinalar joylashish sxemasi bila birga to‘g‘rilovchi hisob-kitob 
tayyorlanadi. Bunda blokning zaryadlanadigan qismi burg‘ulanadigan qismidan 
ajratiladi. Portlatiladigan blokning ikkinchi qismi PI da YAXQ talablariga javob 
beradigan bo‘lgandan so‘ng butun blok uchun portlovchi skvajinalar joylashish va 
portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi bilan birga tog‘rilovchi hisobning davomi tuziladi 
(2-bosqich). Bunday hollarda rudnik (karer)ning bosh muhandisi (BPI bo‘yicha 
o‘rinbosari) tomonidan to‘g‘rilovchi hisobning har bir qismini, portlovchi 
skvajinalar joylashish sxemasi (1-bosqich) va butun blok uchun portlovchi 
skvajinalar joylashish va portlatish to‘rini yig‘ish sxemalarining har birini alohida 
tasdiqlaydi. 


PI va BI uchastkalari boshliqlari birgalikda blokni PI da YAXQ talablariga mosligi 
tekshirilgandan so‘ng blokni zaryadlashga tayyorligi to‘g‘risida dalolatnoma 
tuzishadi. Blokni bosqichlarga ajratishda tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnomada 
zaryadlashga tayyor bo‘lgan blok qismi ko‘rsatiladi. Blok to‘la tayyor bo‘lgandan 
so‘ng PI va BI uchastka boshliqlari o‘z imzolari bilan blokning to‘liq tayyorligini 
tasdiqlashadi. 
Ushbu yoriqnomada ko‘rsatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Texnik 
hisob, portlovchi skvajinalar joylashish va portlatish to‘rini yig‘ish sxemasi, 
To‘g‘rilovchi hisob va Blokni zaryadlashga tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnoma 
asosida Blokni zaryadlash loyihasi tuziladi. Blokni zaryadlash loyihasi blokni 
zaryadlash ishlarini olib borish uchun asos hisoblanadi. 
PI uchastka boshlig‘i portlatuvchilarni, PI uchastkasi kon nazorat xodimlarini 
zaryadlash loyihasi bilan tanishtiradi va shaxsan o‘zi ish joyida PMat haqiqiy talab 
etiladigan miqdorini aniqlaydi. PMat olishi uchun yetakchi portlatuvchiga naryad-
yollanma yozib beradi va PI uchastkasi xodimlariga zaryadlash ishlarini olib borish 
uchun yozma naryad beradi. 
Naryadda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: blokni zaryadlash shart-sharoitlari; 
blokni zaryadlashda ishtirok etuvchi portlatuvchilar; blokni zaryadlash va 
taqiqlangan zonani qo‘riqlash uchun masul bo‘luvchi yetakchi portlatuvchi; 
boshqaruv pulti portlatuvchi operatorlari va portlatuvchi apparatlarni tarqatuvchi 
portlatuvchi-tarqatuvchilar. 
Portlatishdan kamida ikki kun oldin (undan kechiktirmasdan) PI ni o‘tkazish 
grafigiga muvofiq va Blokni zaryadlash loyihasiga asosan YOppasiga portlatishni 
o‘tkazish tartibi va Situatsion plan tuziladi. YOppasiga portlatishni o‘tkazish 
tartibi, Situatsion plan; Blokni zaryadlash loyihalari va negabaritlarni maydalash 
pasportlari birgalikda YOppasiga portlatish loyihasini tashkil etadi. 
SHu bilan birga yoppasiga portlatishni o‘tkazish tartibi va Situatsion planga asosan 
YOppasiga portlatishni o‘tkazishga buyruq tayyorlanadi. 


YOppasiga portlatishni o‘tkazishga buyruq kon boshqarmasining bosh muhandisi 
tomonidan imzolanadi. Bosh muhandis bo‘lmagan hollarda esa kon ishlari 
bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari tomonidan imzolanadi va portlatishdan 
kamida ikki kun oldin obyektlari portlashning xavfli zonasiga tushib qoluvchi 
bo‘limlarga jo‘natiladi. 
YOppasiga portlatishni o‘tkazishga buyruq bilan rudnik (karer) ning bosh 
muhandisi va YOppasiga portlatish ishlariga masul rahbar yozma tanishtirilishlari 
shart. 
YOppasiga portlatishni o‘tkazish tartibida ko‘rsatilgan barcha javobgar shaxslar u 
bilan yoppasiga portlatishdan kamida bir sutka oldin (undan kechiktirmasdan) 
tanishtirilishlari shart. Portlatish o‘tkaziladigan kuni YOppasiga portlatishni 
o‘tkazish tartibida biriktirilgan javobgar shaxslardan birortasi ishga chiqmagan 
hollarda PI rahbari yoki YOppasiga portlatishga javobgar rahbar YOppasiga 
portlatishni o‘tkazish tartibining (o‘rin) almashtirish grafasiga o‘zgartirish kiritadi 
va bu haqida yangi tayinlangan javobgar shaxsni yozma ravishda ogohlantiradi. 
YOppasiga portlatishdan bir kun oldin YOppasiga portlatishni o‘tkazishga buyruq 
va YOppasiga portlatish loyihasi rudnik (karyer)ning XTQ bo‘limidan PI uchastka 
boshlig‘iga taqdim etiladi. PI uchastka boshlig‘i YOppasiga portlatish loyihasi 
bilan PI bilan shug‘ullanuvchi PI uchastka xodimlarini va xavfli zona 
muhofazasini amalga oshiruvchi shaxslarni tanishtirib chiqadi va imzo qo‘ydirib 
oladi. PI yakunlangandan so‘ng uzog‘i bilan ikki sutkada (undan kechiktirmasdan) 
YOppasiga portlatish loyihasi rudnik (karer)ning ICHT byuroga qaytariladi va u 
erda portlatilgan blokni to‘liq qayta ishlangunga (qazib olib bo‘lguncha) qadar 
saqlanadi. 

Download 114.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling