1. Yordamchi elektr jihozlar Elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmalari


Download 0.82 Mb.
bet1/7
Sana30.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1407031
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SHOX KON

Mavzu: Yordamchi mexanizmlarning elektr uskunalari. Elektr ta’minoti qurilmalar


Reja:

1. Yordamchi elektr jihozlar

2. Elektr tarmog‘ini himoyalash qurilmalari

3. Elektr energiyasi to‘satdan o‘chgan holda energiya bilan ta’minlash




1. Yordamchi elektr jihozlar Zamonaviy avtomobillaridaharakat xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, yonilg‘ini tejash bilan bog‘liq bo‘lgan 
mexanizmlarni harakatga keltiradigan elektryuritmalar keng ko‘lamda 
ishlatilmoqda. Elektrodvigatel, uzatish mexanizmi va boshqarish asboblaridan 
iborat bo‘lgan elektromexanik tizimga elektr yuritma deb ataladi. Elektr 
yuritmalar avtomobilning quyidagi moslamalarida ishlatiladi: isitkichlar va 
ventilyatorlar, avtomobilning oldi-orqa oynalari va faralarni tozalagichlar, yon 
oynalar va radioantennani ko‘tarish-tushirish mexanizmlari, o‘rindiqlarni 
harakatlantiruvchi mexanizmlar va hokazo.
Avtomobillarda kollektorli o‘zgarmas tok elektrodvigatellari qo‘llanadi. Mexanik 
energiyani uzatish uchun tishli va qo‘chqaroqli uzatmalar, krivoship-shatun 
mexanizmlari ishlatiladi. Elektrodvigatelni boshqarish tizimi turli xil relelar, 
elektron moslamalar, datchiklar, uzgich va almashlab ulagichlardan iborat. 
Elektrodvigatel, mexanik energiyani uzatish moslamasi, bajaruvchi mexanizm va 
boshqarish sxemasining elementlari konstruktiv jihatidan bitta umumiy qurilma 
birlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, elektrodvigatel oynatozalagich reduktori bilan birikib motoreduktorni hosil qiladi. Elektr oynatozalagich va oynayuvgichlar ham elektrodvigatel vabajaruvchi mexanizmning birikishidan hosil bo‘lgan moslamalardir. 
Ishlatish joyi va sharoitiga qarab eletrodvigatellar uzoq, qisqa vaqt davomida yoki qisqa vaqt takroriy rejimlarda ishlashi mumkin.


ShK samarali ishlashi va undan qulay foydalanish uchun elektr quvvati bilan ishonchli ta’minlanishini ko‘zda tutish zarurdir. Bu elektr ta’minoti tizimidagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ta’minot quvvatining og‘ishi va nosozligini istisno qilish yoki kamaytirish imkonini beradi. SHKning barqaror va xavfsiz ishlashi uchun asosiy tahdidlar quyidagilar:

  • ko‘zda tutilmagan vaziyat tufayli ta’minot tarmog‘ida kuchlanishning yo‘qolishi (falokat, simning uzilishi);

  • kuchlanish darajasining belgilangan me’yordan keskin pasayishi (qisqa vaqtli pasayish);

  • elektr ta’minotining o‘chirib-yoqilishi tufayli kuchlanishning sakrashi yoki uchqunning chaqishi;

  • ta’minot kuchlanishi chastotasining beqarorligi.

Ta’minot kuchlanishining darajasini barqarorlashtirish va ShKning xavfsiz ishlashga bo‘ladigan tahdidlarning oldini olish uchun ikkita qurilma: tarmoq filtri va uzluksiz elektr energiya manbayining albatta bo‘lishi tavsiya etiladi.
Tarmoq filtri (eng keng tarqalgan Pilot rusumli) kompyuter ning elektr ta’minot zanjirini hamda tashqi qurilmalarni berilayotgan kuchlanishdan va elektromagnit maydonlardan himoya qilish uchun xizmat qiladi.
Har bir kompyuterning yoki tashqi qurilmaning elektr ta’minot manbayi yuqori chastotali xalallarni silliqlash va ularni himoyalash simi orqali «yerga» ulash uchun mo‘ljallangan reaktiv filtrga ega. 1-rasmda elektr ta’minoti blokining kirish zanjirlari va ularni nol, yer va faza bilan ulash zanjiri ko‘rsatilgan.
Yerdagi sim yerga ulashning konturi bilan ulanadi, bundan tashqari uning kuchlanish tarmog‘ining nol nuqtasi bilan ulanish imkoni
0 1 ~220

1-rasm. Elektr ta’minoti blokining kirish zanjirlari.
bor. Agar qurilmaning yerga ulash simini hech qaerga ulamasa, qurilmaning g‘ilofida o‘zgaruvchan tokning taxminan 110 V ga teng bo‘lgan kuchlanishi paydo bo‘ladi (bu inson uchun xavfli).
Bir va undan ortiq qurilmani ulash vaqtida ulanayotgan qurilmalar umumiy zanjirga alohida sim orqali yerga ulanishi kerak. 2-rasmda qurilmalarni to‘g‘ri ulash ko‘rsatilgan.
Yerga ulash muammosi «Pilot» ko‘rinishidagi va unga o‘xshash tarmoq filtrlaridan foydalanish bilan hal qilinadi. Interfeyslar bilan ulangan barcha qurilmalarning bitta filtrdan ta’minlanishi potensiallarning farqlanish muammosini hal qiladi. Agar bu filtr yerga ulangan uch qutbli rozetka tarkibida faoliyat ko‘rsatsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

2-rasm. Ikkita qurilmani elektr ta’minoti zanjiriga ulash varianti.
Yerga ulash
~220V
~220V
a) b)
3-rasm. Rozetkadagi kontaktlarning to‘g‘ri holati.
3-rasmda: (a) rozetkadagi nol (0), faza (~220 V) va yerga ulanish kontaktlarining to‘g‘ri holati ko‘rsatilgan evrorozetkalar ifoda qilingan. Bu rasmda (b) yana standart elektr ta’minoti simining elektr ta’minot blokiga ulanadigan qismi ko‘rsatilgan.
Qurilmani himoyalash, kompyuterning barqaror ishini va ma’lumotlarning buzilmaganligini ta’minlashning samarali usullaridan biri uzluksiz elektr energiya manbayi UPS (Uninterruptible Power System)dan foydalanishdir.
UPS ning iste’mol ko‘rsatkichlaridan asosiysi quyidagilar:

  • chiqish quvvati, V·A/Vt (masalan, 650/410);

  • turi (zaxirali, barqarorlovchi, yoqilgan);

  • akkumulator hajmi (amper/soatda);

  • akkumulator batareyalarining soni;

  • zaryad olishining o‘rtacha vaqti;

  • maksimal yuklamani quvvatlash vaqti (min.).

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling