1. Yordamchi so‘zlarning qaysi xususiyatiga ko‘ra "oraliq uchinchi" hodisasi bor deyiladi?


Download 32.8 Kb.
Sana22.11.2023
Hajmi32.8 Kb.
#1793654

1.Yordamchi so‘zlarning qaysi xususiyatiga ko‘ra “oraliq uchinchi” hodisasi bor deyiladi?
2.Boshqa so‘z turkumlaridan o‘tgan qaysi so‘zlar vazifadosh bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadi?
3. “Bo‘ylab” so‘zini bir o‘rinda bog‘lovchi bir o‘rinda ko‘makchi vazifasida qo‘llab gaplar tuzing.

1.Yordamchi so‘zlar qaysi xususiyatlariga ko‘ra shu nom ostida birlashtirilgan?


2.Ko‘makchi o‘zoidan oldingi so‘z bilan birikib, vositali to‘ldiruvchi vazifasida kelgan so‘zga misol keltiring.
3.Yuklama tarkibidagi qaysi so‘z fonetik o‘zgarishga uchrashi mumkin?


  1. O‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladigan yuklamalarga misol keltiring?

  2. “Mazkur bog‘lovchilar shart, to‘siqsiz holni hokim bo‘lakka hamda ergashgan qo‘shma gapda sahrt ergash gap boshida kelib, uni bosh gapga bog‘laydi” Gap nima haqida ketmoqda?

  3. “Boshlab” so‘zini bir o‘rinda ko‘makchi bir o‘rinda mustaqil so‘z sifatida keltirib gaplar tuzing?



  1. “Balki” so‘zini ham bog‘lovchi, ham modal so‘z vazifasida qo‘llab gaplar tuzing.

  2. Kabi ko‘makchisining ma’nodoshlarini ayting.

  3. Vazifadosh yuklamalarga misol keltiring.



  1. –a, -ya yuklamalari so‘roq-taajjubdan boshqa his-hayajonni ifodalagan gapga misol keltiring.

  2. Vazifadosh ko‘makchi bo‘lib kela oladigan sifatga misol keltiring.

  3. Zidlov bog‘lovchilarning qaysilari badiiy uslub uchun xoslangan?



  1. Bog‘lovchining qaysi turida undan oldin ham keyin ham tinish belgisi ishlatilmaydi?

  2. Vazifadosh ayiruv-chegaralov yuklamalariga misol keltiring?

  3. Atash ma’nosini tamoman yo‘qotib, faqat grammatik ma’no ifodalab, o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiladigan so‘zlar qanday so‘zlar deyiladi?



  1. Vazifadosh ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan ravishga misol keltiring.

  2. Bog‘lovchilarining qo‘llanishiga ko‘ra turlari haqida gapiring

  3. “Yolg‘iz” so‘zini bir o‘rinda yuklama, bir o‘rinda mustaqil so‘z sifatida keltirib gaplar tuzing.

1.Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari haqida gapiring.


2.Badiiy va publitsistik uslubda faol qo‘llanadigan shart ergashtiruvchi boglovchilariga misol keltiring.Ular ishtirokida gaplar tuzing.
3.Jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilarga misol keltiring.

1.Qo‘shimcha shaklidagi ko‘makchilarga misol keltiring.


2.Ergash gap boshida keladigan bog‘lovchilar haqida gapiring.
3.Ayiruv-chegaralov yuklamalari haqida gapiring.


Download 32.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling