1. Yo’riqnomalar o’tkazish va bilimlarni tekshirish. Mehnat muhofazasi xonasi
Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan taminlash
Download 106.5 Kb.
|
1. Yoriqnomalar otkazish va bilimlarni tekshirish. Mehnat muho
4. Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan taminlash
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona ma’muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko’p yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida yerishgan yutuqlari hamda korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik yo’llari bo’yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona sexlari, bo’limlari, bo’linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag’ni va moddiy ta’minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan tuzadi. Jamoa shartnomasiga kiritilgan mehnat muhofazasiga dior tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablag’lar ishlatib bo’linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, unga korxona kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar. Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablag’lar hisobiga ta’minlanadi: -davlat va markazlashtirilmagan kapital mablag’lar, shu jumladan ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi, ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi jamg’armasi hamda korxona jamg’armasi; -agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan bo’lsa-amortizasiya jamg’armasi; -agar xarajatlar kapital xarajatlar bo’lsa-asosiy faoliyat, sex va umumxarajat mablag’lari; -yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank tomonidan beriladigan qarzlar. O’ta zararli ishlab chiqarishida band bo’lgan xodimlar kasallanishining oldini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish ko’zda tutilib, issiq nonushta yoki tushlik tarzida beriladi. Bunday maqsad kasb kasalliklarining oldini olish va mehnatkashlar sog’ligini mustahkamlashdan iborat bo’ladi. Bevosita zararli sharoitda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga bepul sut yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa mahsulot beriladi. Download 106.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling