1. Yozuvning jаmiyatdа tutгаn o‘rni” mаvzusidа mаqolа tаyyorlаsh


Download 1.43 Mb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1529523
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BTS-JU-22 Mamatova Hayrigul


1. Yozuvning jаmiyatdа tutгаn o‘rni” mаvzusidа mаqolа tаyyorlаsh
Mavzuni tanlashda, bitta maqolada bitta mavzu ochib berilishini unutmang. Va yana bir muhim jihat - mavzu qiziqarli va siz uchun tanish bo'lishi kerak. Bundan tashqari, maqola sizning maqsadli auditoriyangizga, ya'ni, shunday ma'lumotlar kerak bo'lgan va keyinchalik sizning xizmatingizdan foydalanadigan odamlarga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.
Shu o'rinda men yana bir muhim masalaga to'xtalmoqchiman - maqola yozishning formati. Mutaxassis maqomini saqlab qolish uchun quyidagi formatlar yoki sxemalar namunalari asosida yozishingiz kerak. Bularni xohlaganingizcha nomlashingiz mumkin:
Maqola janri:

● Birinchi format: «Muammo + echim»> - maqsadli auditoriyangizning muammosini ajratib oling va maqolada aytib bering. Eng muhimi, ushbu muammoni hal qilish uchun ba'zi amaliy tavsiyalar bering. Agar siz amaliy tavsiyalar va amaliyotlarni tavsiflasangiz, o'quvchilar sizning nazariy bilimga ega bo'lgan amaliyotchi ekaningizni va quruq gap gapirmayotganligingizni darhol anglashadi.


● Ikkinchi format: «Vosita, ... (biror nima) uchun mo'ljallangan» – faqat sizning sohangizda ishlatiladigan, ammo kam odam to'g'ri foydalanishi mumkin bo'lgan texnikani yoki vositani tavsiflab bering. Shunday qilsangiz, siz nafaqat uni qanday ishlatishni bilishingizni, balki qolganlarga ham tushuntirishingiz mumkinligini aytasiz.

● Uchinchi format: «Mening mijozlarim tez-tez so'rashadi ... (savol-javob)» - bitta mijoz yoki bir nechta mijozlar sizga murojaat qilgan muammoli vaziyatni tasvirlab bering, mijozingiz siz bilan ishlashdan keyin qanday qaror qilganligi va uning muammosi bilan boshqalarning ham muammosi nimalari bilan o'xshash bo'lgan narsalar to'g'risida gapirib bering. Ko'pchilikning muammosi va uni qanday hal qilish kerakligi to'g'risida amaliy tavsiyalar va ko'rsatmalar bering.

● To'rtinchi format: «Ekspert bahosi» – qandaydir hodisa (kitob, o'zingizning sohangizdagi yangilik, ma'lum fakt va boshqalar) haqida yozing va o'zingizning shu hodisa bo'yicha mutaxasislik bahoyingizni bering. Tahlil qiling, aks ettiring, foydali ma'lumotlar haqida gapiring yoki amaliy maslahat bering.

● Beshinchi format: «Amaliy tavsiyalar» – o'quvchilaringiz uchun dolzarb bo'lgan muammoli vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini tasvirlab beruvchi, bir yoki bir nechta texnik amallarni tavsiflab, bosqichmabosqich yozib chiqing. Siz o'qiyotgan manashu maqola ham aynan shu formatda yozilgan.
Siz birinchi navbatda yuqorida aytilgan formatlarda maqola yozishni o'rganishingiz kerak. Chunki, bu formatdagi maqolalar aynan ma'lum bir muammosini yechishni istagan odamlar uchun juda muhim. Bundan tashqari, amaliy ko'rsatma va tavsiyalar berilgan maqolalar gazeta va jurnallar muharrirlarini ham qiziqtiradi. Quruq gaplar hammaning jig'ga tegib bo'lgan.
Agar sizning maqsadingiz gazeta va jurnallar uchun maqola yozish bo'lsa, maqola yozishdan oldin osha gazeta yoki jurnalning mavzusi, unda yozilgan maqolalarning yozilish uslubi, shartlari, talablari, stili va jurnalning maqsadli auditoriyasi bilan tanishib, analiz qilib chiqishingiz kerak. Maqolangizni siz yozmoqchi bo'layotgan jurnal stilistikasiga moslab yozing. Agar jurnalning maqsadli auditoriyasi ichida sizning maqsadli auditoriyangiz bo'lmasa, unda vaqtingizni va kuchingizni zoye ketqizmang. Maqsadli auditoriyangiz bo'lgan, maqolalaringizni o'qiydigan va kelajakda sizning xizmatingizdan foydalanadigan, sizning mijozingizga aylanadigan gazeta va jurnallarni qidiring.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling