1. Yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish mashinalari


Download 26.14 Kb.
bet3/6
Sana06.10.2023
Hajmi26.14 Kb.
#1693594
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
transport

Tara va uning xizmati. Ortish va tushirish, tashish va saqlash operatsiyalarida yuklar buzilishining oldini olish uchun taralardan foydalaniladi. Taralar mustahkam, ko‘p marotaba foydalanishga mo‘ljallangan va iloji boricha, arzon materiallardan yasalgan bo‘lishi zarur.
Taralar gabariti, shakli, unga joylashtiruvchi yukning og‘irlik miqdori hamda ishlatuvchi materiallarga ko‘ra o‘z standart (andaza)lariga ega.
Taralar quyidagicha ajratiladi:
— qattiqlik darajasiga ko‘ra: a) ma’lum shaklli qattiq (yashik, bochka va h.k.); b) yumshoq (qoplar), o‘z shaklini yuk to‘ldirilgandan so‘ng oladi; d) o‘rtacha qattiqlikdagi;
— materialiga ko‘ra: yog‘ochdan yasalgan; shishali, sopol (keramika), qog‘oz-kartonli, to‘qima korzina.
Odatda, tashish, ortish va tushirish operatsiyalarida yuklarning butligini saqlash maqsadida taralar markirovkalanadi. Markirovkalash to‘rt xil bo‘ladi:
— tovar markirovkasi-ishlab chiqaruvchi zavod nomi, yuk turi va uning og‘irligi ko‘rsatiladi;
— yuk markirovkasi-jo‘natilish va qabul qilish joyi;
— transport markirovkasi-to‘ldirilgan tovar xujjati nomeri (tartibi) va joylar soni ko‘rsatiladi;
— maxsus markirovka-yukning ayrim xususiyatlari ko‘rsatiladi: „surilmasin“, „ustki qismi“, „ehtiyot bo‘ling — sinadi“ yoki fujer rasmi, „nurdan saqlang“ va h.k.
Markirovkada ko‘rsatilgan talablarni bajarish tashiluvchilar, ortish va tushirish operatsiyasini bajaruvchilar, omborlarda saqlovchilar va boshqa shaxslar uchun majburiydir.
Taralar konteyner va tagliklar ko‘rinishida bo‘ladi.
Konteyner — bu ko‘p marotaba ishlatiluvchi tara bo‘lib, ular transport vositalaridagi ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashga imkon beradi.
Davlat standartlariga binoan konteynerlar brutto massasi 10, 20 va 30 tonnali ko‘p yuk tashuvchi (suv va quruqlik transportlarida qo‘llaniluvchi), 2,5—5 tonali (temir yo‘llarda qo‘llaniluvchi) va kam tonnali (0,625—1,25 t) avtomobil konteynerlariga bo‘linadi.
Konteynerlarda yuk tashishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
— ortish va tushirish operatsiyalarida transport vositalarining turib qolishi kamayadi;
— mehnat sarfi kamayadi, chunki transport vositasi ðlatformasidan yuklarni tushirishga nisbatan konteynerdan tushirish va unga ortish ancha kam mehnat talab qiladi;
— aralash transport turlarida tashishda konteynerlarda yuk tashish o‘ng‘ayligi. Chunki bir transport turidan ikkinchisiga konteynerni o‘tkazishda, plombasining butligi tekshiriladi, xolos. hujjat almashuvi ancha osonlashadi.
Yuklar yig‘iluvchi punktlar yuk hosil etuvchi punktlar deb ataladi.
Yuk yig‘iluvchi va qabul etiluvchi asosiy punktlarga sanoat korxonalari, jamoa va fermer xo‘jaliklari, tegirmon (elevator)lar, suv portlari, aeroportlar, qurilish maydonlari, moddiy-texnika ta’minoti baza va omborlari, do‘kon va shu kabilar kiradi.
Asosiy yuk hosil etuvchi punktlar xarakteri ayni xudud va undan tashqarida foydalanuvchi va iste’mol etiluvchi sanoat yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlari turi bilan bog‘liqdir. Avtomobil transporti bilan jo‘natiluvchi umumiy yuk miqdori ishlab chiqaruvchi korxonalar quvvati, qishloq xo‘jaligi maydonlari va ulardagi ish unumdorligi bilan bog‘liqdir.
Yuk hosil etuvchi punktlar qatoriga har kuni kam miqdorda yuk tashiladigan bir qancha obyektlar ham kiritilishi mumkin. Bularga bozorlar, do‘konlar, aholi yashovchi joylardan chiquvchi axlatlarni tashish kiradi.

Download 26.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling