1. Yuksak ma’naviyat madaniyatning bir bo’lagi sifatida. Bo‘lajak o‘qituvchilar ma’naviyatini shakllantirish masalalari


Download 62.49 Kb.
bet4/5
Sana25.03.2023
Hajmi62.49 Kb.
#1295155
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu

Ma’naviyatli inson bilimli, ma’lum kasb-hunar sohibi, o‘z Vatanining sodiq fuqarosidir. O‘z davlati qonunlarini biladigan va ularga amal qiladigan, yurti bilan g‘ururlana oladigan inson.Ma’naviyatning negizi va ma’no-mazmunini belgilaydigan asosiy xususiyatlar, birinchi galda insonning ruhiy poklanishi va qalban ulg‘ayishidir. Bu dunyoda halol va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug‘ olamda ma’naviyat hamisha barqaror bo‘lib keladi.Lekin, bunday olijanob fazilatlardan butunlay uzoq bo‘lib yashaydigan, hayotning ma’no-mazmunini o‘zicha talqin qiladigan shaxslar ham oz emas.

I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asarida bu ikki toifadagi insonlarni quyidagicha ta’riflaydi.

I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asarida bu ikki toifadagi insonlarni quyidagicha ta’riflaydi.

Birinchisi - o‘z nonini halol mehnat bilan topadigan, xolis va ezgu ishlar bilan el-yurtga naf etkazadigan, tiriklik mazmunini teran anglab, nafaqat bugungi hayot lazzatlari, balki oxirat haqida, uning obod bo‘lishi haqida o‘ylab yashaydigan insonlarga xos hayotiy qarashlar.

Ikkinchisi - bunga mutlaqo qarama-qarshi bo‘lgan yondashuv, ya’ni, hayotning ma’no-mazmuni haqida bosh qotirmasdan, bunday savollar bilan o‘zini qiynamasdan, faqat nafs qayg‘usi va o‘tkinchi hoyu havasga, huzur-halovatga berilib, engil-elpi umr kechiradigan, o‘zining ota-ona va farzand, el-yurt oldidagi burchiga umuman befarq bo‘lib yashaydigan odamlarning fikr-qarashlari.I.Karimov o‘z fikrini davom ettirib, bu ikki toifadagi odamlarning taqdiri va qismatini sodda va tushunarli tarzda quyidagicha izohlab bergan.

Ya’ni, o‘z peshona teri bilan halol turmush kechiradigan inson hayotidan mamnun va rozi bo‘lib, qalbi va yuragi osoyishta, vijdoni pok, ruhiy olami barqaror bo‘lib, elning hurmatini qozonib yashaydi. Ikkinchi tomondan, bu dunyoda engil-elpi, har xil nopok yo‘llarga berilib, insoniy burchini unutib, mol-dunyoga intilib yashagan odam, eng achinarlisi shuki, hayotining so‘ngida armon va nadomatlarga botib o‘z umrini tugatadi.


Download 62.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling