1. Yuridik shaxslar to’laydigan soliq turlari. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliq stavkasi


Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i


Download 106.45 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi106.45 Kb.
#1530862
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Soliq

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i.
Hozirgi paytda mulk soliqlaridan keladigan daromad yetakchi salmoqqa ega bo‘lmasa-da, bu soliqlar soliq tizimida o'ziga xos o'rin tutadi. Shuningdek,mol-mulk solig'i davlat budjetiga daromadni ta ’minlash bilan birga, daromad va mulk taqsimotidagi nomutanosiblikni bartaraf etishning muhim vositasi hisoblanadi. Mulk soliqlarining asl maqsadi davlat budjeti manfaatlariga va korxonalar manfaatlariga xizmat qilishdan iborat. Korxonalar mol-mulkini soliqqa tortish mexnizmi bu-yuridik shaxslar mol-mulkiga soliq solish bilan bog'liq bo'lgan, soliqni tashkil qilishda bevosita ishtirok etuvchi elementlar majmui hisoblanadi. Bu majmua: soliq subyekti, soliq obyekti, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliqqa tortiladigan baza, soliq imtiyozlari, soliqni to'lash muddatlari va boshqa elementlardan iborat.Hozirgi paytda yuridik shaxslarning mol-mulklarini soliqqa tortish mexanizmida mavjud bo'lgan muammolar, awalo, soliqqa tortish obyektini aniqlash tartibi va soliq stavkasi bilan bog'liqdir.
Bundan tashqari, 2001-yil 1-yanvar holati bo'yicha asosiy vositalami qayta baholashning amalga oshirilishi bu muammolami yanada murakkablashtiradi. Shuningdek, huquqiy-me’yoriy hujjatlarda bayon qilingan qoidalar amaldagi holatlarga unchalik mos kelmayapti. Shu boisdan, birinchi muammo soliqqa tortiladigan obyekt tarikibini aniqlash bilan bog'liq bo'ladi u soliq kodeksida ham 381-sonli Yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni hisoblash va budjetga to’lash tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga asosan, soliqqa tortiladigan obyekt deyilganda korxonalar balansida bo'lgan asosiy vositalar shu jumladan, lizing shartnomasiga ko'ra sotib olingan vositalar va nomoddiy aktivlaming o'rtacha yillik qoldiq qiymati, shuningdek, belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektining qiymati nazarda tutiladi.Soliqqa tortiladigan obyekt korxona mol-mulkining qiymatdagi ifodasi bo'ladi, shu korxonaning balansida bo'lgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, lizing shartnomasi bo'yicha olingan mol-mulklariing majmuyini tashkil etuvchi balans qiymatidan iboratdir. Hozirgi paytda xalq xo'jaligi tarmoqlaridagi asosiy fondlami yangilash kerak. Chunki xo'jalik yurituvchi subyektlaming xo'jalik faoliyatida yangi ilg'or texnologiyalardan foydalanish jahon andozalariga mos mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Shu munosabat bilan korxonalarda eskirish miqdorini soliqqa tortish doirasidan chiqarib, asosiy fondlami yangilash yoki texnologik yangilanish siklini to'g'ri amalga oshirishni tashkil etish zarur. Fikrimizcha, soliqni asosiy vositalar dastlabki qiymatiga ko'ra hisoblash korxonalarni modemizatsiyalash va eskirgan uskunalami almashtirish uchun rag'bat bo'la olmaydi.Boshqacha aytganda, mol-mulk solig'ini asosiy vositalaming boshlang'ich qiymatidan undirish tartibini saqlab, bozor munosabatlarini shakllantirib boimaydi. Soliq solinadigan mol-mulkka ega bo'lgan yuridik shaxslar mol-mulk solig'i to'lovchilardir.Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda, xo'jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulkka ega bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha mol-mulki bilan javob beradigan, shu jumladan, mustaqil hisobkitobvarag'iga ega alohida bo'limlar tushuniladi.Soliq solishning alohida tartibi o'matilgan ayrim toifadagi to'lovchilarga yuridik shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig'i tatbiq etilmaydi.Bunda, agar soliq solishning alohida tartibi o'matilgan yuridik shaxslar faoliyatning asosiy turi bilan bir qatorda boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullansalar, ular alohida hisob yuritishlari va qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulk solig'ini to'lashlari zarur. Yuridik shaxslardan mol-mulk solig‘ini undirishda mol-mulkning yillik o'rtacha qoldiq qiymatini aniqlash tartibi.
Yuridik shaxslar mol-mulkining o‘rtacha yillik qoldiq qiymati hisobot yilining 1-yanvaridagi va hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvaridagi molmulk qoldiq qiymatining yarmini qo'shishdan olingan summani hamda hisobot davri qolgan barcha oylari har bir dastlabki kunidagi mol-mulk qoldiq qiymati summasi yig'indisi 12 ga bo'lishdan olingan son sifatida quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: hisobot davriga soliqni hisoblab chiqarish uchun mol-mulkning o'rtacha qoldiq qiymati hisobot davri oyining birinchi kunidagi mol-mulk qoldiq qiymati yarmini, hisobot davridan keyingi birinchi oyning birinchi kunidagi mol-mulk qoldiq qiymati yarmini va hisobot davri qolgan barcha oylari birinchi kunidagi mol-mulk qoldiq qiymatini qo'shishdan olingan summani 12 ga bo'lishdan olingan summa sifatida aniqlanadi. Agar mol-mulk oyning birinchi yarmida amalga kiritilgan bo'Isa, molmulkning o'rtacha yillik qoldiq qiymatini hisoblab chiqarishda kiritish oyi to'liq oy deb qabul qilinadi, agar mol-mulk oyning ikkinchi yarmida amalga kiritilgan bo'lsa, o'rtacha yillik qoldiq qiymat amalga kiritish oyidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab hisoblanadi. Mol-mulk solig'i stavkasi. Soliq stavkalari quyidagicha:Yuridik shaxslarning mol-mulkiga 3 % stavkasi bo'yicha soliq solinadi.Me’yordagi muddatlarda o'matilmagan uskuna uchun mol-mulk solig'i ikki baravar ko'paytirilgan stavka bo'yicha to'lanadi.

Download 106.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling