1. Z. Freydning klassik psixoanalizi Z. Freydning izdoshlari- k. Yung va A. Adler


Download 42.31 Kb.
bet1/9
Sana25.10.2023
Hajmi42.31 Kb.
#1721841
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. Z. Freydning klassik psixoanalizi Z. Freydning izdoshlari- k.-fayllar.org


1. Z. Freydning klassik psixoanalizi Z. Freydning izdoshlari- k. Yung va A. Adler




2-mavzu. Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari (2soat). 
Reja :
1. Z. Freydning klassik psixoanalizi
2. Z. Freydning izdoshlari- K. Yung va A. Adler.
Klassik psixoanalizda Z.Freydning shaxsga doir qarashlari mujassamlashgan.
Uning ilmiy faoliyatini affektiv travma modeli, topik va strukturaviy modellardan
iborat uch bosqichga ajratish mumkin. Freyd bo‘yicha psixoseksual rivojdanish
bosqichlar. K.Yungning Analitik psixologiyasi. Psixika tuzilmasi. Arxetiplar va
psixik funksiyalar tushunchalari. Individuatsiya va uning bosqichlari. A.Adlerning
Individual psixologiyasi. Nomukammallik kompleksi va nomukammallik
kompleksi. Shaxslik va konstruktiv ustuvorlik hamda sotsial qiziqishlar, ijodiy Men.
Hayot maqsadi va yashash uslubi tushunchalari. Psixoanalizning olti tamoyili.
Zamonaviy psixoanaliz: ego-psixologiya (X. Gartmann, A. Freyd, E. Erikson),
ob’ekt munosabatlar psixologiyasi (M. Klyayn, M. Balint, X. Koxut).
Psixoanalitiklar ishida aloqadorlik va mustaqillik masalalari. (Dj. Boulbi, M. Maler).
Ko‘chish va qarshili ko‘rsatish. Ko‘chish reaksiyalarining tiplari, ko‘chishnng
asosiy elementlari.
Mashg‘ulot maqsadi: shaxsning eksplitsit va implitsit nazariyalar to‘g‘risidagi
bilimlarni shakllantirish
Kutilayotgan natijalar: 
1. Z.Freydning psixoanaliz nazariyasini talqin qila oladi.
2.  Z.Freyd izdoshlarining shaxsga doir nazariy qarashlarini qiyosiy tushuntira
oladi.
Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi
1

Z.Freyd g‘arb madaniyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Agar ko‘chadagi 100


insondan so‘rasangiz taniqli psixologning nomini bilishlari haqidagi mulohazani Kit
Stanovich (1996) ilgari suradi. Freydning klinik psixologiya va psixiatriyadagi ilmiy
qarashlarini alohida o‘ringa ega. Z.Freyd nimani o‘rgandi? U she’riyat, pesa va
falsafaga juda qiziqishi bo‘lganligi sababli, o‘z tadqiqotlari uchun vaqtni bekorga
sarflamadi. U tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgandan so‘ngra xususiy amaliyot bilan
shug‘ullandi. U amaliyotda nevrologik sababga ega bo‘lmagan ruhiy o‘zgarishga
ega bo‘lgan patsientlarga duch keldi. Masalan, baqquvvat bo‘lsa-da, patsient
qo‘ldagi sezgilarni yo‘qolishining sababini Z.Freyd insonning aqliga bog‘liqligini
aniqladi. Bunday holatda patsientni davolash yo‘li uning o‘z-o‘ziga munosabatini
o‘zgartirishda degan xulosaga keldi.
Freydning kuzatishlari qator nevrologik buzilishlarning psixologik sabablari
mavjudligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keldi. Bu orqali Freyd ongsizlikni kashif qildi.
1
Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 554.



Uning fikricha ko‘zi ojizlik yoki karlik, beixtiyor ko‘rmaslik va eshitmaslik xohishi


insonga keskin xavotlikni uyg‘otar ekan. Freyd gipnoz ongsizlikka yo‘l deydi va
patsientlarni davolashda undan foydalandi. Gipnoz patsientlari gipnoz tufayli
o‘zlarining anglab bo‘lmas qobiliyatlarini ochdilar. So‘ngra u patsientlar o‘zlarini
ruhiy engillashishlariga imkon beruvchi erkin assotsiatsiya usulini olib kirdi. Ushbu
usulga ko‘ra patsient o‘zining dardlarini bayon etadi. Bu esa patsientlarga ruhiy
engillik olib keldi. Freyd ruhiy buzilishlarning zamini, bugungi bezovtalanishlarning
sababi patsientlarning o‘tmishi bilan bog‘liq, bolalikdagi tuyg‘ulariga borib
bog‘lanishini ta’kidladi. Kasalliklarning ongsizlik sabablariga tayangan shaxs
nazariyasini psixoanaliz davolash metodi bilan bog‘ladi. Freyd nazariyasining
umumiy ko‘rinishi quyidagi 1-rasmda keltirilgan:





Download 42.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling