1 Z. M. Bobur. Boburnoma tuzuvchi: 1-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Download 158.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Boburnoma savol-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Z.M.BOBUR. BOBURNOMA Tuzuvchi: 1-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi G`.Haqnazarov @Ona_tili_va_adabiyot_N1
@Ona_tili_va_adabiyot_N1
6 35. Chanderiy hokimi bilan kim Boburga qarshi Lashkar to`playdi? J:Mediniy Rav va Raana 36. Bobur dushman xavfi xabari yetib kelishi bilan olti-yetti ming yigitni kimga yo‘ldosh qilib, Kalpiy hududidan Chanderiyga yuboradi? J: Chin Temur Sultonga 37. Bobur jumod ul-avval oyining yettinchisida, chorshanba kuni qayerni zabt etadi va uning ta’rixini «dor ul- harb» deb topdilar? J: Chanderiy 38. Bonur Chanderiyni qo‘lga kirgach, uni kimga in’om qiladi?’ J: Sulton Nosiriddinning nabirasi Ahmadshohga 39. Bobur qo`shini qaysi daryodan o‘tayotganda shunday xabar keldi: Ma’ruf, Biban va Boyazid Qanno‘jdan qochib, Irijga kelib, Shamsobod qal’asini Abulmuhammad nayzabozdan kuch bilan tortib olibdilar? J: Burhonpur 40. Bobur to‘qqiz yuz o‘ttiz beshinchi yili, muharram oyining uchinchisida, juma kuni kimni Mo‘lton maslahati uchun chaqirtirgandik, Kobuldan yetib kelib, Gvaliyarda iltifot ko‘rsatdi? J: Mirzo Askariyni 41. Bobur Askariy kelayotganda qayerlarni imoratlarini aylanib, poytaxtga jo‘nab ketadi? J: Raaja Bikramajit va Man Singning 42. Rabi ul-avval oyining o‘ninchisida, dushanba kuni Muhammad Humoyundan elchilar kelib o`g`lining ismini nima qo`yganligini aytib yuborgan edi? J: Al’amon 43. Dor ul-xilofa qayer? J: poytaxt 44. Badaxshondan Muhammad Humoyunning elchilari keldi. Maktubda bitilishicha, Muhammad Humoyun qirq-ellik ming askar yig‘ib, Sulton Vaysni o‘ziga yo‘ldosh qilib, qayerga borish niyatiga tushibdi? J: Samarqandga 45. O`sha oyning o‘n yettinchisida, Bobur payshanba kuni Juun daryo sidan o‘tib, sharqqa qarab jo‘naydi va O‘sha kuni Bangola vorisi bo‘lgan kimdan kelgan elchilar, tortiqlar keltirib, qullik izhor qildilar? J: Nusratshohdan 46. Bihar viloyatini Bobur kimga beradi?J: Mirzo Muhammad Zamonga 47. Bobur Kobuldaligida Humoyun otasini sog‘inib, Badaxshonni kuyovi kimga topshirib, bir kunda Kobulga keladi? J: Mirzo Sulaymonga 48. O`sha payt Boburning Qandahordan kelgan farzandi kim edi? J: Komron 49. “Ko‘ngillar gul yanglig‘ ochilib, ko‘zlar chirog‘dek yorishdi. Har kuni ziyofat berilardi. Keyin uning o‘ziga to‘y berib, xursandchilik qildik. Ancha paytgacha bir yerda bo‘lib, bir-birimiz bilan do‘stona munosabatda bo‘ldik. Haqiqatda, suhbatda tengi yo‘q edi va agar komil inson deyish mumkin bo‘lsa, u o‘sha edi”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? J: “Boburnoma” 50. Muhammad Humoyun Badaxshondan kelgan vaqtlari Koshg‘ar xonlaridan va Boburga qarindoshligi ham bo‘lgankimni Yorkentga qo‘yib, xomxayollik qilib Badaxshon tomonga jo‘nabdi? J: Sulton Saidxon Rashidxonni 51. “Olti oygacha o‘sha yerda turdi. Ko‘rinishicha, u joyning yer va suvi unga yoqmadi. Uni isitma tutar ekan, bora-bora uzoq cho‘ziladigan bo‘libdi. Buni eshitishim bilan Dehliga olib kelishlarini va «U yerdan kemaga solib olib kelsinlar, bu yerda uni ziyrak hakimlar ko‘rib, dardiga da’vo qilsinlar» degan farmon berildi”. Ushbu ta’rif kim haqida? J: Humoyun 52. Ulug‘ kishilardan kim (Humoyunning dardiga ): «Bunday dardlarga biror yaxshi narsani sadaqa qilib berish kerak, shunda Tangri taolo shifo beradi», – deb aytadi? J: Mir Abdulqosim 53. Humoyunning shifo topish masalasida ulamolar sadaqa haqidagi qaysi gapni aytadi? J: Ibrohim bilan bo‘lgan urushda qo‘lga kiritilgan olmosni Muhammad Humoyunga in’om qilgan edingiz, o‘sha olmosni sadaqa qilish kerak», – deyishdi 54. “Undan nima o‘tgan bo‘lsa, o‘zimga olaman, uning kuchiga kuch, bardoshiga bardosh bo‘laman. O‘sha holatga kirib, uch qatla boshidan aylanib: «Har qanday dar ding bo‘lsa, men oldim», – dedim. O‘sha zamon men og‘ir bo‘ldim, u yengil tortdi. U sog‘ayib o‘rnidan turdi. Men noxush bo‘lib yiqildim”. Ushbu holat kim bilan sodir bo`ladi? J: Humoyun 55. Bobur davlat a’yonlari va mamlakat arboblarini chorlab, bay’at (ahd-paymon) qo‘llarini Humoyunning qo‘liga topshirib, u o‘rnimda qoladigan valiahd ekanligini tayinlaydi. Taxtni unga topshiradi. Kimlar bu nasihatlarida bor edilar, hammasi qabul qilib, hech nima deyolmadilar? J: Xoja Xalifa, Qanbar Alibek, Turdibek, Hindubek va boshqa kishilar 56. Zamonning dono kishilari Boburga atab nimalar bitdilar? J: ta’rix, marsiya, qasida va tarkiblar 57. “Humoyun bud vorisi mulki vay” ( Humoyun uning mulkining vorisiedi) Ushbu misra muallifu kim? J: Mavlono Shihob Muammoyi 58. Asl zotli podshoda qaysi sakkiz sifatlar bo`lishi kerak? J: birinchisi shuki, muvaffaqiyatlari baland edi; ikkinchisi – himmati arjumand (aziz himmatli) edi; uchinchisi – viloyat olmoq; to‘rtinchisi – viloyat saqlamoq; beshinchisi – ma’murlik; oltinchisi – Tangri taolo bandalariga turmush kengchiligi (yaxshi ahvol) niyati; yettinchisi – lashkarning ko‘nglini qo‘lga olish; sakkizinchisi – adolat qilmoqlik. 59. “Fazilat bobida kamchiligi yo‘q edi, nazm va nasrni turkiy va forsiyda aytishda tengsiz edi. Xususan, turkiy devoni bor. Unda yangi ma’nolar ham topib, she’rlar aytgan”. Kim haqida? J: Bobur 60. “Boburiyya”ni kim forchadan tarjima qildirgan? J: Bayramxonning o`g`li Mirzoxon 61. Boburning farzandlari: J: Tangri taolo to‘rt o‘g‘il va uch qiz karomat qilgan edi. O‘g‘illari: Muhammad Humoyun podshoh, Mirzo Komron, Mirzo Askariy va Mirzo Hindol edilar. Qizlari: Gulrangbegim, Gulchehrabegim va Gulbadanbegim edilar. 62. Kim “Faqiriy”taxallusini olgan edi? J: Mavlono Shihob Muammoyi 63. “…uni Xurosondan chaqirib olgan edilar, tomirdan ko‘rish va tashxis qo‘yish uning ishi edi”. U.t.k.haqida? J: Mavlono Yusufiy 64. Kim turkiy va forsiyda she’r aytardi? J: Surx Vadoiy 65. “…zavqi baland edi, «Maxzan ul- asror» vaznida podshohga bag‘ishlab masnaviy bitgandi...” U.t.k.haqida? J: Mullo Baqoiy 66. Qaysi asar “Vallohu bi kulli shay’in alim” («Hamma narsani bilguvchi Allohdir»).Omin. –deya yakunlanadi? J: “Boburnoma” Z.M.BOBUR. BOBURNOMA Tuzuvchi: 1-maktab ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi G`.Haqnazarov @Ona_tili_va_adabiyot_N1 Download 158.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling