1. Zahiradagi manbani avtonatik ulash. Avtomatik chastotani yuksizlantirish. Avtomatik qayta ulagich


Download 22.03 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi22.03 Kb.
#1798537
Bog'liq
Mavzu9 reledan


Mavzu: APV va AVR qurilmalarining vazifalari.

Reja:
1. Zahiradagi manbani avtonatik ulash.


2. Avtomatik chastotani yuksizlantirish.
3. Avtomatik qayta ulagich.

Elektr ta'minotida avtomatlashtirishning asosiy vazifasi sanoat


korxonasining uzluksiz ravishda ishlashini ta ’minlashdan iborat. Bu esa ishlab chiqarishni buzilishiga, mahsulot sifatini kamayishiga olib keladigan korxonalar uchun ayniqsa muhimdir. Ayniqsa, hozirgi zamon sanoat korxonalari yuzlab, ba’zan esa yuz minglab kilovatt quvvat iste'mol qilishi hisobga olinsa, bunday katta quvvatli yuklamalami o ‘chirish energotizim ishiga sezilarli ta ’sir ko'rsatishi mumkin va hatto avariya holatini vujudga keltirishi mumkin.
Elektr ta ’minoti tizimlarida avtomatlashtirish tarmoq avtomatikasi, elektr yuritgichlaming mustaqil ishga tushish qurilmalari va dispetcherlik boshqarish qurilmalari orqali ta'minlanadi. Tarmoq avtomatikasi qurilmalariga: avtomatik qavta ulash qurilmasi (APV); zahiradagi manbani avtomatik ravishda
ulash qurilmasi. (AVR); chastota va tok bo‘yicha avtomatik yuksizlantirish qurilmalari (ACHR va ATR) kiradi.
Sanoat korxonasining elektr ta ’minotida avtomatlashtirishning asosiy ko‘rinishi bo’lib, AVR hizmat qiladi. Chunki bu qurilma manbani tez va bexato ulashga imkon beradi. Bunda xodimlar bajarishi mumkin bo’lgan noto'g'ri operasiyalarga yo‘l qo'yilmaydi.
Bundan tashqari AVR quyidagilarga imkon yaratadi:
a) Elektr ta'minoti ishonchliligini oshirish bilan bir qatorda yig‘ma shinalarni qo’llamaslik hisobiga podstansiyalar sxemasini soddalashtirish va arzonlashtirish;
b) liniya va transformatorlarning parallel ishlash hollarini qo’llamaslik;
v) podstansiyalardagi navbatchi hodimlar sonini qisqartirish, ba’zi hollarda esa ulardan urnuman voz kechish.
Zahiraviy manbani avtomatik ravishda ulash qurilmasidan foydalanish, qurilma elektr ta'minotidagi uzilish natijasida ko‘rilgan zarar AVR qurilmasi qiymatidan ancha yuqori bo’lgan barcha holatlarda foydalaniladi.
Ulanishi bo'yicha AVR quyidagi turlarga bo’linadi:

1. Kabel va havo liniyalarida AVR - kuchlanish yo'qolganda yoki ta ’minlovchi liniya uzilganda ishga tushadi;


2. Transformatorlarda AVR - ishchi transformatorlarni himoyasini istalgan turi yordamida o'chirilganda yoki qo’lda noto'g'ri o'chirilganda ishga tushadi.
3. Yig'ma shinalar AVR - berilgan seksiya yoki shinalar tizimida kuchlanish yo'qolganda ishga tushadi.
4. Eiektr yuritgichlar AVR - istalgan himoya turi yordamida o'chirilganda ishga tushadi.
AVR qurilmasi ish bajarilayotganda quyidagi shartlarga javob berishi lozim:

1. O‘chirilrnagan ishchi manba holatida zahira manbasini qayta ulanishini oldini olish uchun AVR sxemasi ishchi manba uzgichi o’chirilmaganga qadar ishlamasligi lozim.


2. AVR ishi bir karrali bo'lishi kerak.


3. Agar iste'mol ishchi manbasida APV qurilmasini o'rnatish ko‘zda tutilgan bo’lsa, u holda iste'molning zahira va ishchi manbasining parallel ishlashiga yo’l qo'yib bo’lmasligini hisobga olib, uni boshqatdan ko‘rib chiqish lozim.


4. AVR qurilmasi o'zgaruvchan va o'zgarmas operativ tok uchun mo’jallanadi.


Operativ o'zgaruvchan tok manbasi bo’lib, AVR qurilmasi sxemasiga qarab ishchi yoki zahira kirish qismiga yoki podstansiyalar shinalariga o ’matilgan kuchlanish
transformatorlari hizmat qiladi.
Elektr ta'minlash tizimlarida AYR ishining samaradorligi 90- 95 % ni tashkii etadi. Sxemalarining soddaligi va yuqori samaradorligi sababli, AVR qurilmalaridan elektr tarmoqlarida va energotizimlarda keng ko’lamda qo’llaniladi.

Nazorat savollari:
1. AVR, APV va ACHRning qo’llanilish sohalarini ayting?
2. AVRga qo'yiladigan talablar haqida gapirib bering?
3. AVR sxemasi uchun qanday ta’minot manbalari qo’llaniladi?
Download 22.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling