Ma'muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarning yurisdiksiyasi
Umumiy yurisdiksiya sudlarida fuqarolik ishi, o‘zining huquqi yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatini himoya qilishni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasi bo‘yicha, prokurorning arizasi bo‘yicha, agar davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunga muvofiq boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga haqli bo‘lsalar, ularning bergan arizalari bo‘yicha; xo‘jalik sudlarida xo‘jalik ishi, manfaatdor shaxslarning, prokurorning, qonun bo‘yicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida xo‘jalik sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan hollarda davlat organlari va boshqa organlarning arizalari bo‘yicha qo‘zg‘atiladi. Taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lgan nizolarga doir ishlar, qonunda bunday nizolarni hal qilish xo‘jalik sudi yoki boshqa organlarga topshirilgan hollar bundan mustasno, Fuqorolik Kodeksining 279-moddasida keltirib o‘tilgan alohida tartibda ko‘riladigan ishlar, qonun bilan sudlarning vakolatiga berilgan boshqa ishlar umumiy yurisdiksiya sudlariga taalluqli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |