1. Zardusht xayoti va faoliyati. «Avesto» zardushtiylikning asosiy manbai va mukaddas kitobi. Zardushtiylikning ta`limoti
Download 50.92 Kb.
|
Zardushtiylik dini
Mavzu: Zardushtiylik dini Reja: 1.Zardusht xayoti va faoliyati. 2. «Avesto» zardushtiylikning asosiy manbai va mukaddas kitobi. 3. Zardushtiylikning ta`limoti. 4. Sharqiy zardushtiylikning Yakin Shark dinlari iloxiyoti va falsafiy karashlar rivojiga ta`siri. 5. Avesto haqida 6. Xulosa Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo`lib, bu din eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda dastavval O`rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo`lgan. Uning payg`ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdaiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi Yakkaxudolik dinini ijod etgan. Zardushtiylik-ilgarigi diniy tasavvurlar va ko`p xudochilikka asoslangan diniy e`tiqodlarni takror Zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar hanuz davom etib keladi. Ko`p tadqiqotchilar Zardusht tarixiy shaxs bo`lib, milodgacha 589-512 yillarda yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini e`tirof etadilar. Bu haqiqatga yaqindir. Zardushtiylik paydo bo`lgan davr dastlabki sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik tuzumi endigina paydo bo`layotgan davr edi. U urug`-qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo`linayotgan davr bo`lgan. Bu din eng avval O`rta Osiyo, so`ng Eron, Ozorbayjonda qaror topgan edi. I.A.Karimov “O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz” degan asarida biz o`zbek xalqi mansub bo`lgan xalqning tarixi g`oyat uzun, beqiyos, betakror ekanini ta`kidlab, bunday degan edilar; “Biz jahon maydonida kuni kecha paydo bo`lgan xalq emasmiz. Bizning millatimiz xalqimiz ko`xna Xorazm zaminida “Avesto” paydo bo`lgan zamonlardan buyon o`z hayoti, o`z madaniyati, o`z tarixi bilan yashab keladi”. O`zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q“ degan asarida bu fikrni yanada kengaytirgan va terranlashtirgan akademik olimimiz yana bunday degan edi: “Eng mo`tabar, qadimgi qo`lyozmamiz “Avesto” ning yaratilganiga 3000 yil bo`lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig`ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidir”. Bu, ta`bir joiz bo`lsa shaklan diniy, mazmunan boshdan oyoq dunyoviy yozuvning qadr-qimmatini teran anglab, uning o`zbek yozma madaniyatining ilk sarchashmalaridan biri sifatida Xorazmda yaratilgan durdonaga yuksak baho berib, yana bunday deb yozgan edi muallif: “Avesto” ayni zamonda bu qadim o`lkada buyuk davlat, buyuk ma`naviyat, buyuk madaniyat bo`lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi”. Butun O`rta Osiyo xalqlari, jumladan o`zbek xalqi moddiy va ma`naviy madaniyatining beshigi Xorazm vahasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo`lgan. Shulardan keyinchalik o`zbek elati, so`ng xalqi, millati tashkil topgan. I.A..Karimov yuqorida qayd etilgan asarida juda o`rinli qayt qilganidek, Xorazm davlati tarixini biz 2700 yillik tarix deb bilamiz. Bu o`rinda birinchi davlat tashkil topgandan keyingi “yozma tarix” nazarda tutilgan. Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari o`z xotiralarida yozib qoldirgan,keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarixiy dalillar g`oyat o`rinli tarzda nazarda tutilgan. Xorazmda o`troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan; davlat esa uning maxsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan tahminan 3 ming yil avval yaratilgan “Avesto”ning qo`lyozmasi, binobarin, yozma tarixning ilk debochasi ishonchli dalolat bergan. Yuqorida qayd qilganimizdek, yurtboshimiz “Avesto” Xorazmdek qadimiy o`lkada buyuk davlat, boy ma`naviyat, qimmatli madaniyat yodgorligi ekanligi hech kim inkor eta olmasligi ham ta`kidlagan. Zardushtning diniy islohotini tushunish uchun o`sha davr Turonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va siyosiy vaziyatni e`tiborga olish kerak. Gap shundaki, Turon iqlimining kontinental, ya`ni nisbatan mo`tadilligi, geografik jihatdan ikki katta qit`a o`rtasida, Amu va Sir daryolari oralig`ida joylashgani sababli savdo-sotiqning kuchayishi bu mintaqada sun`iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik ertaroq vujudga kelishiga sabab bo`lgan. Xuddi shu tarixiy davrda hunarmandchilik va ovchilik ham anchagina rivojlangan. Bu hududda yilqichilikning rivojlanishi, ayniqsa Farg`ona vodiysida qorabariy zotiga o`xshash otlar boqish keng ko`lam olgani ham ijtimoiy hayotda katta rol o`ynagan. Buning ustiga mis va qo`rg`oshin konlariga boy bo`lgan Oltoyning yaqinligi bu yerda temirchilik, misgarlik rivojiga asos bo`lgan. Zardusht yashagan davrda o`troqlik hayoti afzalligi yaqqol namoyon bo`lgan. Ammo unga qabilalar o`rtasidagi qirg`inbarot urushlar raxna solayotgan edi. Urushlar ko`pincha har bir qabila va elatning o`z xudolariga ko`plab qurbonliklar qilish odatlari zaminida ham yuzaga kelardi. O`z davrining kohinlari, sehrgarlari va mo`tabar qariyalari bilan keng munozaralar olib borgan Zardusht yuqoridagi odatlarni bartaraf etish va halqlarga tinch mehnat bilan shug`ullanish imkonini yaratish uchun ko`pxudolik e`tiqodlariga va otashparast-likka barham berib, yakkaxudolikka sig`inishni targ`ib etish deb bilgan va shu vazifani bajargan. Shunday qilib, Zardushtiylik eradan avvalgi VII-VI asrlarga xos bo`lgan din sifatida undan oldingi urug`-qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan yakka xudolik dini bo`lgan. U eramizning to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom etib, so`ngra uning o`rni islom egallagan. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, Yaqin va O`rta Sharqgacha tarqalib, ayrim asoratlari haligacha saqlanib kelmoqda. Avesto faqat diniy manbagina emas, balki dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o`zi tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy qarashlari, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari haqilagi manba hamdir. Unda bayon etilgan asosiy g`oyalar diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht degan payg`ambar nomi bilan bog`langan. U “Avesto” ning eng qadimiy qismi “Gat” (xat nomi) ni ijod etgan. “Avesto” tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar qariyb milloddan avval 3000-yillik oxirlari va 2000-yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o`tgan davrda yuzaga kelgan; avloddan-avlodga og`zaki o`tib olingan, uning buqa terisiga yozilgan ko`p qismi yo`qolgan, yettidan bir qismi saqlangan. U miloddan avvalgi 3 asrda Ashrakiylar sulolasi davrida to`plangan. Zardushtiylik dini ta`limotini quyidagi uch tarixiy qismga bo`lish mumkin; 1.Eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2.Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; 3.Qadimiy ko`pxudolilik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V asrda har ikkisini kelishtirgan mazdahiylik dini shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Shoh Vishtasia farmoniga binoan “Zardusht 1200 bobdan iborat pandnomasi “Avesto”ni oltin taxtachalarga yozib, shohning otashkadasiga topshirgan” deb yozgandi Firdavsiy. Keyinchalik bu “Kitob” 12 ming buqa terisiga bitilgan, makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn Sharq ulamolari bir qismini zabt etganda uning nodir nusxasini Elladaga eltib, kerakli joylarini tarjima qildirgan, qolganini yondirgan”. “Avesto” yuqorida aytilganidek, eng qadimiy yakka xudochilikka asoslangan dinning birinchi muqaddas kitobigina bo`lib qolmay hozirgacha, e`tiborli tarixiy manba va madaniyat yodgorligi hisoblanadi. Unda dastlabki oddiy ijtimoiy-falsafiy qarashlar bilan diniy-mifologik tasavvurlar uyg`unlashib ketgan; shu zaminda ma`naviy, jumladan ahloqiy barkamol odam ezgulikni barqaror qila oladigan kurashchan, adolatparvar insonni shakllan-tirish g`oyasi markaziy o`rinni egallagan. “Avesto”da tabiiy bilim-lar-agronomiya, meteorologiya, zootexnika, meditsina, falakiyot, astronomiya, geografiyaga doir bilimlar ham mavjud. Zardushtning diniy islohoti bo`sh joyda yuzaga kelgan emas. /arbiy Yevropa va rus tadqiqotchilarning fikricha, milodgacha bo`lgan 3-2 ming yilliklarda Markaziy Osiyoda oriy deb atalgan qabila yashagan. A.P.Primakning aytishicha, oriylar ko`chmanchi chorvadorlar bo`lishgan. Ularda yozuv bo`lmagan, ammo hayratomuz og`zaki ijod iste`dodiga ega bo`lib, ular yaratgan o`ziga xos ashula, gimn, pand-nasihat shaklidagi qo`shiqlar avloddan avlodga o`tib borgan. Umuman Sharqda qadimdan inson ichki olamini munavvar etish, niyat bilan amal mushtarakligiga jiddiy ahamiyat berish diniy va falsafiy fikrlarning markazida turgan. Angliyadagi Oksford universiteti-ning professori Maks Myuller Pomir atrofida yashagan Oriy qabilalarining bir qismi bundan 3,5 ming yil muqaddam Hindistonga, bir qismi Yevropa va Eronga ko`chib ketganini ta`kid-lagan. Ular albatta o`zlari bilan birga shu yerdagi osoriatiqalarni (mifologiya) ni ham olib ketishgan, deb hisoblagan. Demak, Yevropa va Hindistonga hamda Yaqin va O`rta Sharqqa tarqalgan ko`p xudolik asoslari avvalo Markaziy Osiyoda vujudga kelgan Shu bilan birga Zardusht asos solgan yakka xudolik dini ham boshqa joyda yashayotgan xalqlar e`tiborini O`ziga jalb etgan. Zardushtiylikning muqaddas yozuvlar to`plami “Avesto” mintaqada Iskandar asos solgan hokimiyat tugagach, eramizgacha bo`lgan 250-yillarda arshohiylar sulolasi hukmronligi davrida yana tiklana boshlagan; u yangi matnlar bilan to`ldirilgan. Sosoniylar sulolasi hokimiyati davrida (milodning III-VII asrlari) bu ish nihoyasiga yetkazilgan. “Avesto”ning uchta kitobi (bobi) qadimgi turon tilda va bittasi pahlaviy tilida tiklangan. Uning birinchi kitobi “Vadovdot”, ya`ni devlarga qarshi qonun, deb atalgan. “Yosin” va “Visparad”ni qo`shgan holda “Vadavdot-Sade” nomi bilan yuritilgan. “Vadovdot”ni poklanish qonun-qoidalari majmuasi deyish ham mumkin. “Avesto”ning ikkinchi kitobi “Yosin” bo`lib, Zardusht Xat (noma)lari uning asosiy mazmunini tashkil etgan. U 72 “ha”- bashoratdan iborat bo`lib, birinchi bashoratda tabiat va halolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Oxuramazdaning vahiylari haqligiga imon keltirishga doir duolar bor. 19- bashoratda olam yuzaga kelmasdan ilgari mavjud bo`lgan xudolar sha`niga shukronalar bayon etilgan. “Avesto” ning uchinchi kitobi “Visporat” deb nomlangan. Unda olamni yoki hamma narsani bilishga doir pand-nasihatlar o`rin olgan. U ibodat namozlari yig`indisi bo`lib, 25 qismdan iborat. Oxirgi kitob “Bundaxash” qadimgi Eron tili - pahlaviy tilida yozilgan. Yoshtlar va yosinlar 3 qatlamdan iborat: Birinchisi xalq dostonlarining Zardushtgacha bo`lgan qo`shiqlari (she`rlari); ikkinchisi Zardusht Xat (noma) lari va uchinchisi Zardusht halok bo`lgandan keyin kitob holiga keltirilgan va Kichik Avesto nomi bilan yuritiladigan qismidir. Demak, “Avesto” ning ilk va kichik (keyingi) qismlaridan uning asosiy qismi Zardusht Nomalarini farqlash lozim. Bu Nomalar ko`p xudolikni, o`tga va tabiatning stixiyali kuchlariga sig`inishni qoralab, yakka xudolikka e`tiqod qilishni talab etgan. Hozirgacha bo`lgan ilmiy adabiyotlardagi farqlar ko`proq “Kichik Avesta” ga asoslanib bildirilgan. Bunda yakka xudolik g`oyalari ko`p xudolilik e`tiqodlari bilan qorishib ketgani uchun tadqiqotchilar zardushtiylik ko`p xudolik yoki ikki xudo dini sifatida talqin etadilar. Bunday qarashlar zardushtiylikning uchinchi yo`nalishi-ko`pxudolilik bilan yakka xudolilik qorishmasi-dan iborat mazdaizm bilan aralashtirish oqibatidir. Zardushtgacha bo`lgan Oxura, Mitra, Mazda, Onaxit va boshqa xudolar haqida har xil fikrlar bo`lgan. Ammo ular odamlardek hayot kechirgan bo`lsalar, Zardusht talqinida Oxuramazda Oliy ibtido bo`lib, uning na xotini, na bolalari bor. U hamma mavjudotlarni yaratuvchi va boshqaruvchi sifatida, ezgulikni barqaror qiluvchi, odamlar qalbini munavvar etuvchi Oliy ruh sifatida namoyon bo`lar emish. Eron shohlari o`z imperiyalarini barqaror qilishda zardushtiylikning O`rni va roliga to`g`ri baho berganlar. Biroq, bu dindagi O`rtahol dehqonchilik, mo`tadil, kamtarona hayotdan iborat turmush tarzini ilohiylashtirib, quldorlik munosabatlarini qoralash ularga yoqmaydi. Shuning uchun Eron shohlari zardushtiy-likni Zardusht payg`ambargacha bo`lgan va Yaqin Sharqda ham keng tarqalgan ko`p xudolilik g`oyalari bilan aralashtiradilar. Zardusht O`rniga O`zlarini xudo vahiylarini odamlarga yetkazib turuvchi payg`ambar O`rniga qo`yadilar. “Kichik Avesto”da Oxuramazda olamni yaratuvchi va tartib O`rnatuvchilikdan ko`ra ko`proq qabilaviy xudolarni boshqaruvchi Bosh xudoga aylantirib qolgan. Ahamoniylar Gretsiyani bosib olish uchun olib borgan urushlari (bunda Markaziy Osiyodagi turk jangchilari katta rol O`ynagani uchun Iskandar Zulqarnayn ulardan qasos oladi) hamda greklarning Eron va Turonni ishg`ol etishi oqibatida Oxuramazda qadimgi Gretsiyada bosh xudo Zevs, Aflotun (Platon) sifatida talqin etila boshlaganiga tadqiqotchilar e`tiborni qaratadilar. Ahamoniylar zardushtiylikni O`z e`tiqodla-riga bo`ysundirgan bo`lsalar, Iskandar bu dinni butunlay yo`q qilish uchun unga oid yozuvlarni yoqtirib yuborgan. Arab istilochilari Eron va Turonni bosib olishgach, mazdaizm ko`rinishidagi zardushtiylikka e`tiqod qiluvchilarni zO`rlik bilan islomga kiritganlar. O`z e`tiqodidan voz kechmaganlarni O`ldirganlar, quvg`in ostiga olganlar. Zardushtiylikning bizgacha yetib kelishida unga e`tiqod qilib kelayotgan Hindistondagi eronliklarning hissasi kattadir. Zardushtiylikning asosiy g`oyalari olamdagi barcha tartiblar, ezgulik (yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va O`lim O`rtasidagi kurashga bog`liq; dunyodagi barcha ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam asosiy kuch va rolni O`ynaydi, u tanlash erkinligiga ega, u o`z g`ayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga ta`sir eta oladigan kishidir. Demak, hozir ham kimki, O`zining irodasi, aql-zakovatiga ishonib, uni ishga solsa, O`ziga biror kasbni tanlab olsa, g`ayratli bo`lsa, adolatsiz-likka duch kelsa, unga qarshi kurashsa aslo kam bo`lmaydi, adolatning tantanasiga erishadi. “Avesto” ning muqaddas kitoblarida qadimgi dunyo falsafaning 4 asoslari (substansiyasi)-tuproq, suv, havo, olov muqaddaslashti-rilgan. Tuproq, suv, havoni bulg`ash, ifloslantirish eng og`ir gunohlar qatoriga qo`shilgan. Hatto marhumlarning murdalari yerni, suvni, havoni zaharlab qo`ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlarda ko`mish rasm bo`lgan. Oxuramazda “yerga yaxshi, mustahkam urug`lar sepishdan ortiq savob ish yo`q“, degan. Xudoning bu aytganiga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab jonivorni qurbonlikka so`yishdan afzal hisoblangan. Ekin ekish yerdagi yovuzlikka barham berish, hisoblangan. “Odam go`zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, - deyilgan bashoratlarda,-kimki yerga urug` qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, shu yo`lgina yagona haqiqat bo`lib, qolgani sarobdir. Zardushtiylikning vazmin, musiqa bilan uyg`unlashib ketgan dono O`gitlari ona zaminga, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilikka va Vatanga, xalqqa ulug` muhabbat ruhi bilan uyg`unlashib ketgan. Bu hol unda diniy mazmunga qaraganda dunyoviy elementlar ko`p bo`lganidan dalolat beradi. Zardushtiylikning barcha marosimlari, jumladan, Navro`z, Mehrjon bayramlari tantanalarida bu ruh ayniqsa ulkan qudrat bilan namoyon bo`lgan. Boychechakning chiqishi, lolaqizg`aldoqning ochilishi, bodomning gullashi, umuman bahor bilan birga tabiatning go`zallashib borishi ezgulik ruhining tantanasi bo`lib, ularning har biri katta shodiyonalikka sabab bo`lgan. Odamlar tabiatning bu go`zalliklarini muqaddas bilib, ularni xalq bayramlari va sayillariga aylantirib yuborganlar. Zardushtiylikda diniy dasturlar haqidagi g`oyalar bilan birga real, dunyoviy, hozir ham foydali nasihat, tavsiya, cheklash, taqiqlash, rag`batlantirishga doir ugit va da`vatlar ko`p bo`lgan. Ulardan hozirgi mustaqilligimiz davrida ham foydalanish mumkin va lozim. Hozirgi zamonning hamma dinlarida vorislik, ya`ni meros qilib olish tamoyili bor. Shunga binoan O`rta Osiyoda tarqalgan Yahudiylik va islomda zardushtiylikning muayyan ta`siri borligi hozir ham seziladi. Bu din keng yoyilganligi va uzoq vaqt davom etganligi uchun u ajdodlarimiz ongi, turmushiga katta ta`sir o`tkazgan. U ham vaqt, sharoit, O`ringa qarab O`zgargan, zamonaviylash-gan; ijobiy, dunyoviy jihatlari boshqa dinlarga bevosita va bilvosita singgan. Masalan, mehnatga, dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilikni rivojlantirishga da`vatlar bajonidil qabul qilingan. Uning to`rt element: suv, tuproq, havo, olovni e`zozlash, avaylash, asrash haqidagi nasihatlari hozir ayniqsa dolzarbdir. Shuningdek zardushtiylikdagi halollik, poklik, vijdonlilik, odillik, mehnatsevarlik kabi nasixatu da`vatlari deyarli barcha diniy ta`limotlarda ham uchraydi. Zardusht asos solgan g`oyalar kishilar ongi, turmushiga singib, uzoq vaqtlar yashab kelmoqda. Uning olam, odamning yaratilishi, ikki dunyo haqidagi g`oyalari, jannat va do`zax, qiyomat-qoyim, oxiratda jonning tirilishi, gunoh va savob ishlar yozib borilishi, so`roq-savollar, “Chinvot” ko`prigi, jihod, erkin va ozod turmushga asoslangan barqaror tartibotlarni qaror toptirish, yakka xudo bilan odamlar O`rtasidagi vositachi-payg`ambar v.h. to`g`risidagi fikrlar budda, xristian, islom dinlarida O`ziga xos ravishda hanuz yashab kelmoqda. Shuning uchun tadqiqotchilar jahon dinlarining vujudga kelishi va shakllanishida Zardusht asos solgan dinning O`rni va rolini munosib baholashlari talab etiladi. Masalan, zardushtiy-likka binoan katta va izchil tadqiqot olib borayotgan ingliz olimasi Meri Boys bunday deb yozgan: “Zardushtiylikning ulug`vor va original ta`limotlari butun Yaqin Sharq hududiga ta`sir etib, uning asosida iudaizm rivojlangan, xristianlik va islom paydo bo`lgan”, shuningdek, buddizmning maxayana oqimi ham zardushtiylikdan oziqlangan. “Shuning uchun, - degan u, - jahon dinlarining barcha jiddiy tadqiqotchilari zardushtiylikni o`rganadilar”. Agar zardushtiylik qadimgi Turon va Baqtriyadagina emas, balki Araxoziya, Sakiston (hozirgi Afg`oniston va Shimoliy Hindiston), Fore, Midiya, Parfiya, Assuriya, Vaviloniya, Lidiya, Likiya va Kappodoniya (Kichik Osiyo), Gretsiya, Suriya, Falastin hududlariga ham tarqalgani hisobga olinsa, uni haqli ravishda jahonga tarqalgan birinchi din deyish mumkin. Zardushtiylikning Markaziy Osiyoda vujudga kelganligi, u jahon madaniy hayoti (sivilizatsiyasi) ga ko`rsatgan zo`r ta`sirini inkor etish qiyin. Bu din haqidagi ma`lumotlarga ega bo`lishimizda avvalo ingliz D.J.Buger, so`ngra fransuz tadqiqotchisi A.Dyupperondan minnatdor bo`lishimiz lozim. 1755 yilda Dyupperon Hindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiy (mazdaiy) lar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishgan va “Avesto” ni fransuz tiliga tarjima qilgan. Hozir “Avesto” ning to`rtdan bir qismini eng nodir nusxasi Bombaydagi Kama sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. U 1915 yilda ko`chirilgan bo`lib, 672 betdan iborat. “Avesto” ning /arbiy Yevropa, Eron va Hind tillari orqali bizga ma`lum bo`lgani uchun undagi nomlar va terminlar, aftidan asliga mos kelmaydi. Ko`pgina osoriatiqalar, ismlar, joylarning nomlari hindcha tus yoki hind-yevropa tillariga xos shakl olgan. Undagi turkona jihatlar kam qolgan. Har bir sohada birinchi ish, ilk qadam, dastlabki kashfiyot bag`oyat qadrlanib, insoniyat bu qadamni boshlab bergan kishilarni minnatdorchilik tuyg`ulari bilan doimo eslab turishni o`z burchi deb hisoblab kelmoqda. Shu ma`noda jahon dinlari keyingi 2,5-1,5 ming yil davomida takomillashgan, ularning marosimlari, urf-odatlari, rasm-rusumlari nechog`lik xilma-xil tus olgan bo`lmasin, ular baribir Zardusht asos solgan yakka xudochilik e`tiqodlarining vorisi hisoblanishi kerak. Ulug` vatandoshimiz Zardusht Sepitomaning tarixda, madaniy taraqqiyotda o`ynagan buyuk rolini tiklash orqali o`z milliy qadriyatlarimizni ham tiklagan bo`lamiz. Markaziy Osiyoliklar, jumladan o`zbeklar ham milliy adabiyotlar xaritasida Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Eron, Arabiston, Yevropa xalqlari orqasidan doimo ergashib yuradigan xalq bo`lmaganligi, u o`z mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega ekanligi jahon afkor ommasiga ayon bo`lib qoladi. Bizning kunlarimizda eng kichik xalqlar, elatlar ham jahon hamjamiyatlari orasida o`z o`rinlarini topish uchun o`tmishlarini ilmiy asosda tiklashga intilmoqdalar. Ba`zi ko`p sonli va qudratli millatlar esa boshqa xalqlar madaniyati va qadriyatlarini o`zlariniki qilib ko`rsatishgacha borib yetmoqdalar va ko`pincha bunni isbotlashga muvaffaq bo`lmoqdalar. Ammo turkiy xalqlarning bunday qalbaki ishlar bilan shug`ullanishlari uchun hojat yo`q. Ular tarixning “ichkarisi” ga kirib borishdan qaytmasalar va bosqinchi- kelgindilar qadriyatlari doirasidan chiqib olishga aqllari yetib qolsa, bas, boy va ibratomuz tarix tiklanadi; shunda o`zbekning ham ko`zi ochilib, istiqlol sari intilishda qudratli kuchga ega bo`lib qoladi. Bu esa uning millat sifatida o`z milliy manfaatlarini to`la-to`kis anglashi, natijada maxalliychilik, urug`-aymoqchilik, separatizm illatlaridan xoli bo`lish uchun kafolat bo`lib qolishi mumkin va lozim. “Avesto” qayerda paydo bo’lgan? Bu savol azal- azaldan olimlarni juda qiziqtirib kelgan. Lekin olimlar buning ham uddasidan chiqdilar, ya’ni uni qayerda paydo bo’lganligini aniqladilar. Eng qadimiy, mo’tabar qo’lyozma Xorazmda vujudga kelgan. Avestoshunos olimlarning aniqlashi cha, Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston va O’rta Osiyo xalqlarining birinchi yodgorliklaridir. ’’Avesto’’ da nimalar haqida ma’lumot berilgan degan savol tug’ilishi mumkin? Avvalambor bu kitobda hozir aytgan xalqlarning madaniyati, urf-odatlari, tabiati va ko’plab fikrlarini bayon etilgan. Bu kitob eski pahlaviy ya’ni sanskrit tiliga yaqin bo’lgan tilda bitilgan . Kitob boshqa tillarga juda ko’plab tarjima qilingan va “AVESTO” kitobini o’rganishga ya’ni qiziqishga olib keldi. “Avesto”dagi ko’plab va muhim ma’lumotlar asosan o’g’zaki tarzda avloddan – avlodga o’tib kelgan .Ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob ahomoniylar sulolasi poytaxti Sheroz yaqini dagi Taxti Jamshidda saqlangan . “Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli deb taxmin qiladi olimalar”. Podshoh Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni taziyq ostiga olib , ularni o’ldirib yuboradilar. Shuning uchun ham “Avesto” ning 3/5 qismi yo’qolib ketdi. Lekin, Iskandar( Aleksandr Makedonskiy) falsafa, tibbiyot, astronomiyaga tegishli qismini saqlab qolgan. Bu qo’lyozmalardan keng foydalanilgan va uni yunon tiliga tarjima qildirgan. Iskandarning hukmronligi tugagach , miloddan avvalgi 250-yilda Arshohiylar davrida “Avesto” yana yo’qotilgan qismlari tiklangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrida sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib, to’la kitob holiga keltirilgan. Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilishga majbur etilgan va qabul qilmaganlari esa Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hammamizga ma’lumki , hozirda ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod qiladi va zardushtiylikka amal qiladilar . Ular “Avesto”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. Bu kitob birinchi bora 30 ta kitobdan , keyin 21 ta kitobdan iborat edi. Bizgacha bu kitobning 4 tasi saqlanib qolgan. Bu kitoblar quyidagilar: 1-kitob “Vadovdot” (Vendidat) deyiladi. Bu kitob 22 bobdan iborat bo’lgan holda, payg’ambar Zardusht va xudo Ahura Mazdalarning savol- javoblari bayon etilgan . 2-kitob esa , “Yasna” deb ataladi . Bu yerda asosan Zardushtning xatlari va 72 ta ”Ha” degan bashoratlardan iborat. 3-kitob, “Vispart” deb nomlanadi va 24 bobdan iborat. U pand- nasihatlar yig’indisidan tashkil topgan. 4-kitob esa, “Bundaxash” (YASHTA) deyiladi . bunda Ahuramazdaning zolim kuchlarga qarshi kurashda ulug’lovchi 22 ta qo’shiqdan tashkil topgan. “Avesto” ko’p xudolikdan yakka xudolikga o’tish davrida vujudga kelgan. Bu kitobda aytilishicha olam ikki asos, ikki ibtido, ya’ni yorug’lik va zulmat, yaxshili va yomonlikning kurashishidan iborat deyiladi. “Avesto” bizning qadim tariximiz va ma’naviyatimiz demakdir. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi UNESCO bosh konferensiyasining 1999 – yil noyabr oyida bo’lib o’tgan sessiyasi qaroriga muvofiq, 2001 – yilning oktabr oyida “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi nishonlash to’g’risida qaror qabul qilindi. O’zbekistonda ham “Avesto” ni o’rganish davom etmoqda. “Avesto” kitobini o’rganish , tajribalar bizga juda ko’p ma’lumotalrni oshkora qilib berdi. Shunga binoan, Prezidentimiz shunday fikr bildirdilar :“Avesto” bundan XXX asr oldin muqaddam ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir". Avesto haqidagi eng muhim tadqiqotlardan biri “Din amallari” asarlarida aytilib o’tilgan. Bunda Avestoning 21 kitobi mazmuni sharhlab berilgan. Bu sharhlar shulardan iborat: - savodli ishlar yo’riqnomasi; - diniy marosimlar va rasm – rusmlar qoidasi; - zardushtiylik ta’limoti asoslari; - dunyoning Ahura-Mazda tomonidan yaratilishi; - oxirat kuni va undagi hisob – kitob; - falakiyot; - ijtimoiy – huquqiy qonun – qoidalari; - zardushtning tug’ilishi va bolaligi; - haq yo’lini tutishi; - jamiyat a’zolarining haq – huquqlari; - dev, jinlar kabi yozuv kuchlarga qarshi o’qiladigan duolar, amallar. Avesto o’sha davrlar tarixi,madaniyati haqida ma’lumot beruvchi qomusiy asardir.U pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan.Unga yozilgan sharhlar “Zend Avesto“ nomi bilan mashhur.Markaziy Osiyoga arablar kirib kelishi bilan zardushtiylik diniga sig’inuvchilar ta’qib ostiga olingan.Shu tarzda u asta–sekin O’rta Osiyo xalqlari orasida iste’moldan chiqa borgan.Eron xalqlarining eng qadimgi mitralari Mitra,Anaxita,Osha va Ardvissuralar to’g’risidagi miflarning mazmunlari,sarguzashtlari haqida turli va mantiqiy dostonlar mavjud. Ulardan birida Mitra haqida quyidagicha dostonlar yaratilgan: Mitra qo'sh otli aravasida,muallaq holda goh el–yurtni balo-qazo|dan asrar va vatanparvarlik ko’rsatar,goh Ahuru-Mazdadan mahf etar va hammani xursand etar edi. Asqar Mahkamning ruschadan o’girgan tarjimasini keltirib o’tamiz. U quyidagicha: Epchilardan epchilroq Mitra, Ahl saxl ichida mumtoz, Dovyuraklar ichida she’rdir , Jasurlardan jasoratliroq. Yashnatadilar,gurkitadilar , To’kinlar yaratguchidir Ko’rkam hayot ayladi in’om Haqiqatga hokimlikni ham. Rizoiy,Bahromiy,Meriboyslar 1 million she’rning hammasi zardushtning qalamiga mansub deyishsa boshqalari esa, qadimiy ijod mevasi,degan fikrlarini bayon etishgan. “Avesto” (asli Ovasto) – zardushtiylik ( zaroastrizm) dinining muqaddas kitobi O’rta Osiyo, Ozarbayjon ,Eron xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy – iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari , olam to’g’risidagi tasavvurlari , urf-odatlari , ma’naviy madaniyatini o’rgan- ishda muhim va yagona manbadir. “Avesto” tarkibiga kirgan materiallar,olimlarning isbotlashlaricha ,qariyib 2- ming yil davomida (mil.av.3-mingyillik – 2-mingyillik boshlaridan milodning boshlarigacha) vujudga kelib, avlodan –avlodga og’zaki ko’chib kelgan . Uning ko’p qismlari yo’qolib ketgan, uning taxminan yettidan bir qismi saqlanib qolgan va mil.av 3-asrda Arshakiylar davrida to’planib kitob qilingan . “Avesto” fanda uch qismga ajratiladi: Eng tarixiy qismi. Mil. avvalgi 3-ming yillik oxirlari va 2-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlar; ularda sinfiy jamiyatdan ilgarigi qabilaviy e’tiqodlar ,ko’p Xudolik tasavvurlari o’z ifodasini topgan. Bu qismi Gotlar deyiladi. Unda xudo Axura Mazda haqidagi ta’limot o’z aksini topgan. Bu kitob mil . avVI-asrda yashagan Zaratushtra (Zardusht) ijodiga mansub deb taxmin qilinadi. Qadimiy ko’p xudolik g’oyalari va Yakka xudolik g’oyalri o’rtasidagi kurash sharoitidagi mil .av. 5-asrda har ikkalasini kelishtiruvchi mazdayasna ( mazdaiylik)ta’limoti shakllari va bu “Avesto” ta’limotining asosiy va oxirgi qismi hisoblanadi. Bu voqea eramizdan avvalgi III asrda sosoniylar podshosi Shopur davriga kelib , to’la kitob holiga keltirilgan .Eron va Turon zaminining bosib olinganligi sababdan zardushtiylik dini ta’qibga olindi va islom dinini joriy etishga kirishildi. Islom dinini qabul qilishga majbur etilgan va qabul qilmaganlari Hindistonga qochib ketib shu yerda jon saqlaganlar. Hammamizga ma’lumki, hozir ham Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlarida yashaydigan aholi bu dinga e’tiqod qiladi va zardushtiylikga amal qiladilar. Ular “Avesto”ning bir qismini saqlab kelmoqdalar. 30 ta kitobdan keyin 21 ta kitob va shulardan keyin bizgacha bu kitobning 4 tasigina saqlanib qolingan. Bundan tashqari o’sha davrning adabiy tili hisoblangan pahlaviy tiliga tarjima qilinib, asosiy matnga keng sharhlar yozilgan. Bular “Zend” nomi bilan bizga ma’lum. “Avesto” katta hajmda bo’lganligi uchun ”Kichik Avesto” yaratilgan. “Kichik Avesto”da “Katta Avesto”dan tanlab olingan duolar to’plamidan iborat bo’lgan, VII asrda sosoniylar davlati mag’lubiyatga uchrab , Eron va O’rta Osiyo arablar tomonidan bosib olinganligi haqida ma’lumotlar berilgan. Zardushtiylik dinini siquvga olishgandan keyin, “Avesto”ning ko’p qismlari unutilgan va yo’qolib ketgan. "Avesto" bizgacha yetib kelgan Yasht, Vispard, Videvdot, Yasna nomlari bilan bog’liq bo’lgan ma’lum bo’laklardan iborat. ”Avesto” qadimiy kishilarning dunyoqarashi va ideallarini, huquqiy va axloqiy kodekslarni o’z ichiga olgan. Zardusht, Zaratushtra, Zaroastr- zardushtiylik nomini olgan qadimgi Eron dinining payg’ambari.Zardushtning hayoti taxminan mil.av.VI asr birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Zardushtning tarixiy shaxs ekanligi fanda hali ham tortuvshuvli masala bo’lib qolmoqda. U Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ning eng qadimiy qismi “Got”ni ijod etgan. Zardushtiylik o’z ta’limotini Sharqiy Eron va O’rta Osiyoda targ’ib etgan, deb taxmin qilinadi. Sharq rivoyatlariga ko’ra, Zardushtr Baqteriyada shoh Vishtaspa davrida yashagan, yangi diniy ta’limotni targ’ib qilgan, Vishatspa birinchi bo’lib uning ta’limotini qabul quldi. “Avesto”ning keyinroq yozilgan boblarida Zardushtning shaytonlarga qarshi so'zi, mo’jizalar bilangina emas, qurol bilan ham jang qilgan afsonaviy kurashchi sifatida tasvirlangan. Olimlarning aniqlashicha, jannatdagi hurlar to’g’risidagi rivoyatlar “Avesto”obrazlari orqali (asosida)shakllanadi. Zardushtiylikning hozirgi shakli forsiylik. Hozir Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida Zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi 115 mingdan ziyod aholi yashaydi. Eronda ham e’tiqod qiluvchilar yashaydi. Zardushtiylikning hozirgacha saqlanib qolgan marosimlaridan koinotning to'rt unsuri - suv, olov, yer, havoni ulug’lash xarakterlidir. Hozirgi paytlargacha saqlanib qolgan dafn marosimlari o’ziga xos xususiyatlari mavjud: murdalar bir necha past- baland “sukunat minoralari ”dahmalar"ga solinadi, u yerda murdalarning go’shtlarini qushlar yeydi; go’shtdan tozalangan suyaklar minora o’ratsidagi chuqur quduqga sochib yuboriladi. Bunda “halol” bilan “harom”ning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik ibodatxonalarida mangu olov yonib turadi. Zardushtiylikningasrlar mobaynida mazmun- mohiyati o’zgarib keldi, Arshakiylar va Sosoniylar davrida davlat diniga aylangan. Zardushtiylik dinida olov gunohlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraldi. Zardushtiylik esxatologiyasda Jahon tarixi 12 ming yil davom etadi, shundan 3- ming yili Ahura Mazdada “oltin asri”bo’lgan, undan so’ng Anxra–Mayniyonning 3-ming yillik hukmronligi boshlandi, biroq yomonlik abadiy emas , deb ta’kidlanadi. Zardusht Ahura Mazda tarafdorlariga o’lgandan so’ng rohat-farog’at vada qiladi, ularning dushmanlarini esa do’zahka mahkum qilinib , har xil azoblarga uchraydi, deb tushuntiriladi. Olamdagi barcha yaxshilklarni Ahura Mazda , yomonliklarni – Anxra- Maynyo ifodalaydi. Odam bu kurashda oliy kuchlar qo’lidagi o’yinchoq emas, tanlash erkinligiga ega bo’lgan, o’z faolligi bilan dunyoda adolat tantanasi ta’sir eta oladigan shaxslardir. Download 50.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling