1. Zoologiya fanini oʻrganishning ahamiyati nimadan iborat?
Xordalilarga xos xususiyatlarni tavsiflab bering?
Download 11.05 Kb.
|
Назорат топшири-WPS Office
6. Xordalilarga xos xususiyatlarni tavsiflab bering?
Xordalilar tipiga nomni 1878 y. Bell tomonidan berilgan. Bu tipga kiruvchi organizmlarning turli-tumanligiga qaramasdan, ularni birlashtirib turuvchi umumiy belgilari bor, bularga: tanasida tayanch vazifani bajaruvchi o‘q skeleti tana bo‘ylab joylashgan xordadan iborat. Xorda faqat tuban xordalilarda umr bo‘yi saqlanib qoladi. YUksak xordalilarda esa xorda fakat embrional rivojlanish davrida bo‘lib, keyinchalik umurtqa pog‘onasi bilan almashinadi. Markaziy asab tizimi xordaning ustida joylashgan yagona nerv nayidan iborat. YUksak xordalilarda nerv nayining oldingi kismidan bosh miya shakllanadi; nayning qolgan qismlaridan esa orqa miya xosil bo‘ladi. Xordalilar xalqumi devorining ikki yonida jabra yoriqlari joylashgan. Bu yoriqlar birlamchi suv hayvonlarida hayoti davomida saqlanib qoladi. Quruklikda yashovchi va ikkilamchi suvda yashashga o‘tgan xordalilarda jabra yoriqlari embrional rivojlanish davrida bo‘ladi. Qon aylanish tizimining qisqarib turuvchi qismi – yuragi tananing ko‘krak qismida, xorda va oshqozon-ichak tizimi ostida joylashgan. Bulardan tashqari xordalilar tipi boshqa tip vakillarida ham uchrab turuvchi xususiyatlarga ega – bularga gastrula devorining yorilishi natijasida ikkilamchi og‘izning paydo bo‘lishi, birlamchi og‘iz o‘rnida esa (gastroporda) oshqozon-ichak tizimining chiqarish kanali hosil bo‘lishidir va shuning natijasida ularning ikkilamchi og‘izli hayvon ekanliklari, embrional rivojlanish davrida ikkilamchi tana bo‘shlig‘i – selomning paydo bo‘lishi, tana a’zolari va qismlarining metamer joylanishi va tanasining ikki tomonlama simmetriyali bo‘lishidir. Download 11.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling