1. Zuhrasoch qirqqulog’ining sporofiti uchun mos javobni belgilang


Download 17.84 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi17.84 Kb.
#1430418
Bog'liq
5-9


1. Zuhrasoch qirqqulog’ining sporofiti uchun mos javobni belgilang.
A) zigotadan rivojlanadi, fotosintez qiladi B) ildizpoyali o‘simlik, sporadan rivojlanadi
C) sporadan rivojlanadi, poya-bargli o‘simlik D) jinssiz bo'g'in hisoblanadi, zigota hosil qiladi
2. Shuvoq turkumi vakillariga xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang.
1) suttikandoshchalar oilachasiga mansub;2) moychechakdoshchalar oilachasiga mansub; 3) qora jusan shu turkumga mansub; 4) gulkosachasi qisqarib ketgan;5) bargi murakkab, yonbargchali;
6) hayotiy shakliga ko‘ra daraxt
A) 1, 5, 6 В) 1, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 2, 3, 4
3. Ochiq urug'lilar bo'limi (a), bir urug'pallalilar sinfi (b) va ikki urug'pallalilar sinfi (c) ga mansub o'simliklarni aniqlang.
A) a - archa; b - xolmon; c – andiz B) a - qarag'ay; b - chuchmoma; c - shirach
C) a - andiz; b - olg'i; c – itqovun D) a - saur; b - kakra; c- topinambur
4. Dengiz tulkisiga xos bo'lgan xususiyatlarni to‘g‘ri belgilang.
1) jabra yoriqlariga ega; 2) tog'ayli baliqlar sinfi vakili; 3) suzgich pufagi rezonator vazifasini bajaradi; 4) yurak qorinchasidan katta qon aylanish doirasi boshlanadi; 5)ko'krak suzgichlari tanasiga tutashgan; 6) sterlyad bilan bitta turkumga mansub
A) 2, 4, 6 B) 2, 3, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 3, 6
5. Qirqbo'g’imlarga xos bo’lmagan xususiyatlarni aniqlang.
1) ildizpoyali o'simlik; 2) anteridiyda ikki xivchinli spermatozoidlar yetiladi; 3) gametofit bo‘g‘in ustunlik qiladi; 4) barglari poyada halqasimon joylashgan; 5) hujayralari xitin qobiqqa ega; 6) tallomdan ajralgan o'simtalar orqali ko‘payadi;
7) erta bahorda sershox qirqbo'g’imning ildizpoyasidagi kurtaklaridan qo'ng’ir rangli shoxlanmagan generativ novda o‘sib chiqadi; 8) gametofiti bir uyli, ikki jinsli
A) 1, 2, 3, 5, 7, 8 В) 1, 2, 5, 7, 3, 4 C) 1, 2, 4, 5, 7, 8 D) 2, 3, 5, 6, 7, 8
6. Ildam kaltakesak (a) va triton (b) embrional rivojlanish davriga xos ma’lumotlarni aniqlang.
1) urug’lanish ichki; 2) gastrulatsiya blastulaning qat-qat joylashuvi hisobiga bo’ladi; 3) 2 marta ekvatorial bo’linishdan so‘ng 32 ta blastomer hosil bo’ladi;4) embrionning jinsi tuxum hujayra tarkibidagi xromosomalarga bog’liq; 5) 3 marta meridinal bo’linishdan so‘ng 8 ta hujayra hosil bo’ladi; 6) endodermadan jabra rivojlanadi; 7) urug’lanish tashqi
A) a-1, 5; b-3, 7 В) a-1, 2; b-5, 7 C) a-2, 4; b-3, 6 D) a-3, 7; b-1, 4
7.Noto‘g‘ri ma’lumot keltirilgan javobni aniqlang.
A) Oq ayiq Arktika muzliklarida yashashi bilan qo‘ng‘ir ayiqdan farq qiladi
B) Grenlandiya tyuleni quloq suprasinining bo‘lishi bilan dengiz mushugidan farq qiladi
C) Tuvaloq yerga in qurishi bilan ko'rgalakdan farq qiladi
D) Jayra qoziq tishlarining bo’lmasligi bilan suvsardan farq qiladi
8. Odam chap qo’li venasidan oshqozonni davolash uchun yuborilgan dorining yo'nalishi to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang.
1) kovak vena; 2) chap bo’lmacha; 3) o‘pka arteriyasi; 4) o‘ng bo’lmacha; 5) aorta va katta qon aylanish sistemasining arteriyalari; 6) o‘ng qorincha; 7) chap qorincha; 8) o'pka venasi
A) 1, 4, 6, 3, 8, 2, 7, 5 В) 1, 4, 2, 3, 8, 6, 7, 5 C) 1, 4, 6, 8, 3, 2, 7, 5 D) 1, 2, 7, 3, 8, 4, 6, 5
9. Aa genotipli organizm bilan o'tkazilgan tahliliy chatishtirish natijalariga oid to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.1) retsessiv gomozigota genotiplar avlodning 75% ini tashkil etadi; 2) genlarning birikish hodisasi kuzatiladi; 3) fenotip bo'yicha nisbat 1:1 bo’ladi; 4) avlodning 50% dominant belgiga ega; 5) ota-onalarning ikkinchisi aa genotipga ega
A) 1, 3 В) 4, 5 C) 1, 2 D) 2,3
10. Organizmlarning ko‘payish va rivojlanish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan noto‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.1) qirg'ovul jo'jasining ko'zi ochiq, tanasi par bilan qoplangan bo’ladi;
2) uy pashshasi tuxumidan boshi kichik va oyog’i bo‘gdmli bo’lgan lichinka chiqadi; 3) nam tuproqda odam askaridasi tuxumida lichinkalar rivojdanadi; 4) suv shilhg’i germafrodit ekanligi bilan oq planariyadan farq qiladi; 5) qum bo‘g‘ma iloni tirik tug'ishi bilan mantadan farq qiladi;
6) bo‘rilar va tulkilar bolasining tug'ilganda ko‘zi yumuq bo’ladi
A) 2, 4, 5 В) 1, 3, 4 C) 1, 3, 6 D) 2, 5, 6
11. Quyida keltirilgan ta’riflarni ularga mos keluvchi sutemizuvchi hayvonlar bilan to'g'ri juftlab ko'rsating.
a) go'shti uchun ovlanadi; b) qoziq tishlari kuchli rivojlangan. c) ko'zlari boshining oldingi tomonida joylashgan.
d) oyogdda bitta yoki uchta barmog’i bo’lib, og’irlik uchinchi barmoqqa tushadi
A) a - sayg‘oq; b - norka; c - kaputsm; d – tarpan B) a - ohu; b - ko‘k sug'ur; c - ukki; d - zebra
C) a - jayron; b - tyin; c - martishka; d – karkidon D) a - karakatitsa; b - begemot; c - gibbon; d – qulon
12. Odam organizmi alveolalardagi kislorodning yurak muskullariga yetib borguncha qanday vena qon tomirlari (a), arteriya qon tomirlari (b) va yurak klapanlari (c) orqali o'tishini aniqlang.
1) o'pka venasi; 2) yurakning chap bo’lmachasi va qorinchasi o'rtasidagi ikki tavaqali klapan; 3) pastki kovak vena;
4) yurakning o‘ng bo’lmachasi va qorinchasi o'rtasidagi uch tavaqali klapan; 5) aorta; 6) tojsimon arteriya; 7) o‘pka arteriyasi;
8) yurakning o‘ng qorinchasi va o'pka arteriyasi o'rtasidagi yarimoysimon klapan; 9) yurakning chap qorinchasi va aorta o'rtasidagi yarimoysimon klapan
A) a-1; b-6, 9; c-2, 8 B) a-3; b-5, 6; c-2, 9 С) a-1; b-5, 6; c-2 D) a-7; b-5, 6; c-4, 8
13. Vegetativ ko'payish haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang?
1) ko‘payishda bitta organizm ishtirok etadi; 2) avlodlar genetik jihatdan xilma-xil bo‘ladi;
3) ota-ona organizmlar kombinatsiyasi ishtirok etadi; 4) yangi organizm somatik hujayralardan tashkil topadi;
5) meyoz kuzatiladi; 6) avlodlar xuddi ota - ona organizmlardagi belgilarga ega
A) 4, 5, 6 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 6 D) 2, 4, 5
14. Barg (a), yer ustki novda (b) va ildiz (c) metamorfozlarini juftlang.
1) qulupnay gajaklari; 2) no'xat gajaklari; 3) do'lana tikanlari; 4) bodring gajaklari; 5) zirk tikanlari; 6) yalpiz ildizpoyasi;
7) turp ildizmevasi; 8) gulsafsar ildizpoyasi
A) a-2, 4; b-3, 5; c-7, 8 B) a-2, 5; b-1, 4; c-7 С) a-1, 4; b-2, 6; c-3, 8 D) a-3, 5; b-6, 8; c-7
15.Noto'g'ri rivojlanish bilan voyaga yetuvchi organizmlarni belgilang.
1) tukan; 2) suqsun; 3) assidiya; 4) yashil qurbaqa; 5) poliksina; 6) gavial; 7) gekkon; 8) kolorado qo'ng'izi
A) 1, 2, 6, 7 В) 1, 3, 5, 4 C) 2, 4, 6, 8 D) 3, 4, 5, 8
16. Organizmlarning jinsiy ko‘payishi haqidagi misollarni aniqlang.
1) gidraning kurtaklanishi; 2) baliqlarning uvildiriq tashlashi; 3) oddiy amyobaning binar bo’linishi;
4) yomg‘ir chuvalchangining regeneratsiyasi; 5) dafniyalarda partenogenez; 6) kapalakning zigotadan rivojlanishi;7) olmani kurtak payvand qilish
A) 1, 3, 4 B) 2, 5, 6 C) 4, 5, 6 D) 2, 5, 7
17. Sariq donli geterozigota no‘xat o‘simligini urug'chisidagi arxeosporaning birinchi meyoz bo’linishida kichik o’lchamli hujayraga faqat dominant gen o'tsa, yetilgan urug‘kurtak yashil donli no'xat o'simligida yetilgan chang bilan changlantirilsa, avlodda qanday donli o‘simliklar olinadi?
A) faqat yashil donli o’simliklar olinadi B) faqat sariq donli o’simliklar olinadi
C) 50% sariq, 50% yashil donli o’simliklar olinadi D) 75% sariq, 25% yashil donli o’simliklar olinadi
18. Qaysi javobda yirtqichlar turkumining 3 ta oilasiga mansub organizmlar guruhi berilgan?
A) silovsin, yenotsimon it, korsak, to'qay mushugi, ilvirs, yaguar, tulki, suvsar
B) qo‘ng‘ir ayiq, qashqaldoq, silovsin, yenotsimon it, chiyabo'ri, ilvirs, olaqo'zan
C) yo‘lbars, arslon, gepard, suvsar, latcha, norka, qunduz, qashqaldoq
D) tulki, ilvirs, silovsin, qashqaldoq, oq ayiq, nutriya, norka
19. Nargisga mos kelmaydigan javoblarni aniqlang.
1) gullari to‘g‘ri; 2) magnoliyatoifalarga mansub; 3) barglari oddiy; 4) gullari bir jinsli;
5) changchilari 6 juft; 6) urug'chisi 3 ta urug'chibargning qo‘shilishidan hosil bo’lgan;
7) barglari poyada qarama-qarshi joylashgan
A) 4, 5, 7 В) 1, 2, 7 C) 2, 4, 6 D) 3, 5, 7
20. Quyidagi qaysi digeterozigota organizmlarning chatishishidan ikkita fenotipik guruh hosil bo‘ladi?
A) oq rang'd itlar; doni pushti rangli bug'doy B) yong‘oqsimon tojli tovuq va xo'rozlar
C) oq rangli piyozboshlar; oq patli tovuq va xo‘rozlar D) yashil rangli xoldor to‘tilar; oq patli tovuq va xo'rozlar
21. Endoplazmatik to‘rga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.
1) murakkab membranalar tizimidan iborat; 2) asosiy vazifasi ATF ni sintez qilish;
3) uglevod va lipidlarni sintez qiladi; 4) anorganik moddalardan birlamchi uglevodlarni hosil qiladi;
5) hujayraning mexanik ta’sirlarga nisbatan mustahkamligini ta’minlaydi;
6) hujayraning umumiy ichki aylanma tizimi bo'lib, uning kanallari orqali moddalar tashiladi
A) 1, 2, 6 В) 1, 3, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 3, 5
22. Nuqtalar o'rniga odam organizmi haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni to'ldiring.
1) ona rezus manfiy, bola rezus musbat bo‘lsa ... kasallik yuzaga keladi; 2) emlash natijasida organizmda ... paydo bo'ladi; 3) anemiya ... miqdorining kamayishidan yuzaga keladi.
A) 1 - gemofiliya; 2 - sun’iy immunitet; 3 – eritrosit B) 1 - gemolitik; 2 - tabiiy immunitet; 3 - eritrosit
C) 1 - gemofiliya;2-sun’iy immunitet; 3-gemoglobin D) 1 - gemolitik;2-sun’iy immunitet; 3- gemoglobin
23. Hayvonlarning o'xshash belgilari to‘g‘ri ko'rsatilgan javobni aniqlang.
A) Biy qon aylanish sistemasi ochiqligi bilan nereidaga o'xshaydi.
B) Kolorado qo‘ng‘izi yuragining qorin bo'limida joylashganligi bilan dafniyaga o'xshaydi.
C) Oq planariya uch shoxli ichagi mavjudligi bilan jigar qurtiga o'xshaydi.
D) So‘na ichki urug'lanish kuzatilishi bilan rishtaga o'xshaydi.
24. Odam organizmi alveolalardagi kislorodning yurak muskullariga yetib borguncha qanday vena qon tomirlari (a), arteriya qon tomirlari (b) va yurak klapanlari (c) orqali o'tishini aniqlang.
1) o'pka venasi; 2) yurakning chap bo’lmachasi va qorinchasi o'rtasidagi ikki tavaqali klapan;
3) pastki kovak vena;4) yurakning o‘ng bo’lmachasi va qorinchasi o'rtasidagi uch tavaqali klapan;
5) aorta; 6) tojsimon arteriya; 7) o‘pka arteriyasi; 8) yurakning o‘ng qorinchasi va o'pka arteriyasi o'rtasidagi yarimoysimon klapan; 9) yurakning chap qorinchasi va aorta o'rtasidagi yarimoysimon klapan
A) a-1; b-6, 9; c-2, 8 B) a-3; b-5, 6; c-2, 9 С) a-1; b-5, 6; c-2 D) a-7; b-5, 6; c-4, 8
25. Odam irsiyatini geneologik usulda o'rganilganda quyidagilardan qaysilarini aniqlash mumkin?
1) Shershevskiy-Terner sindromining populyatsiyada uchrash foizi; 2) odamdagi qobiliyatning irsiyatga bog’liqligi;3) skoliotik qad-qomatning keyingi avlodlarda uchrash foizi;4) xromosoma deletsiyasi; 5) braxidaktiliyaning dominant genga bog’liqligi; 6) Daun sindromli bolaning kariotipi
A) 2, 6 B) 2, 5 C) 3,4 D) 1, 6
26. Urg'ochilarida mitozning anafaza davrida hujayra qutblariga bir xil (a) va har xil (b) jinsiy xromosomalar tarqaladigan yirtqich organizmlarni belgilang.
1) kalxat; 2) qunduz; 3) qaldirg'och; 4) tulki; 5) gepard; 6) qashqaldoq; 7) qarchig'ay; 8) ukki
A) a-2, 4, 5; b-1, 7, 8 В) a-1, 3, 8; b-2, 6, 5 С) a-1, 7, 8; b-2, 4, 5 D) a-1, 6, 8; b-3, 4, 7
27. Quyonning somatik hujayrasida 42 ta autosoma xromosomalari mavjud. Uning organizmida kechadigan spermatogenez jarayonining profaza I davrida jami xromosomalar soni (a), xromatidalar soni (b), hujayra markazi soni (c), sentriolalar soni (d)ni aniqlang.
A) a- 84; b - 84; c - 1, d - 2
B) a- 44; b - 88; c - 2, d – 4
C) a- 42; b - 84; c - 2, d - 4
D) a- 88; b - 88; c - 1, d – 2
28. 720 g glukozaning hosil bo'lishi (a) va parchalanishi (b) bilan bog'liq jarayonlarni aniqlang.
1) 24 molekula CO2 sarflanadi; 2) 24 molekula CO2 hosil bo'ladi; 3) 2880 kj ATF energiyasi sarflanadi; 4) 24 molekula O2 sarflanadi; 5) 152 ta ATF sintezlanadi; 6) 24 molekula O2 hosil bo'ladi; 7) 6080 kj ATF energiyasi sarflanadi
A) a - 1, 4, 5; b - 2,6,7
В) a - 1,3,6; b - 2,4,5
C) a - 1, 5, 6; b - 2,4 ,7
D) a - 2,4,5; b -1, 3,6
29 Noto'g'ri ma’lumotlarni aniqlang.
1) bo'g'imoyoqlilar tipi qisqichbaqasimonlar, o'rgimchaksimonlar va hasharotlar sinflariga bo'linadi; 2) bo'g'imoyoqlilar mollyuskalardan kelib chiqqan; 3) hasharotlar va qisqichbaqasimonlarning tanasi bosh, ko'krak va qorin bo'limlaridan iborat;
4) o'rgimchaklarda mo'ylov bo'lmaydi; 5) qisqichbaqasimonlarda bir juft, hasharotlarda ikki juft mo'ylovi bor; 6) o'rgimchak va chayonlarda sakkizta, qandala va burgada uch juft oyog'i bor.
A) 2, 3, 5 В) 1, 4, 6 С) 1, 2, 6 D) 3, 4, 5
30. 1 gr gemoglobin 1,34 ml kislorodni biriktirib oladi. 100 ml qonda 15 gr gemoglobin bo`lsa, u holda besh litr qon qancha kislorodni tutadi?
A) 201 ml B) 1340 ml C) 1005 ml D) 750 ml

Download 17.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling