1. Zulfiya she’ridagi "Baxtim bormi deya yakkash so’roqlab" misralari kimga bag’ishlangan? H. Olimjonga
Download 216.5 Kb.
|
ona tili baza 2016
- Bu sahifa navigatsiya:
- 119.Adirdagi
- Sizu bizga bu baxtu toleini
“baza”2016 1.Zulfiya she’ridagi “Baxtim bormi deya yakkash so’roqlab” misralari kimga bag’ishlangan? H.Olimjonga 2. S.Ahmadning hikoyalar to’plami? “Er yurak” “Farg’ona fojealari” “Muhabbat” 3. S.Ahmadning komediyalari? “Kelinlar qo’zg’aloni” “Kuyov” 4.Hikoyada Qurbonboy,Tillaev va Qoplon obrazlarining qaysi biri orqali mehr ifodalangan? Qoplon 5.Hajviyaning qaysi birida nuqson va kamchiliklar qattiq tanqid qilinadi? Satira 6.Hajviyaning qaysi birida nuqson va kamchiliklarning ustidan do’stona kulinadi? Yumor 7. O.Yoqubovning qissalarini ko’rsating? “Bir feleton qissasi” “Muqaddas” “Izlayman” 8.“Muzqaymoq” hikoyasida bolaga ibrat qilib ko’rsatilgan Pavlik Marozov kim edi? O’z otasini dushman sanab qizil askarlarga tutib bergan bola 9. P.Qodirovning talabalik yillarida e’lon qilingan asari? “Studentlar” 10. P.Qodirovning qissalari? “Erk” “Meros” “Qadrim” “Yayra institutga kirmoqchi” “Najot” 11. P.Qodirov romanlari? “Avlodlar dovoni” “Yulduzli tunlar” “Olmos kamar” “Qora ko’zlar” 12.“Avlodlar dovoni”dagi voqealar qayerda bo’lib o’tadi? Hind mamlakatlarida 13.“Nido” dostoni qaysi dostonga yaqin turadi? “Ruhlar isyoni” 14.Qaysi dostonda Erkin Vohidov xalqlar orasidagi urushlarni qattiq qoralaydi? “Ruhlar isyoni” 15.“Nido” dostoni qanday boshlanadi? Hayqiraman tog’lar bag’ridan,gumburlagan sado keladi 16.“Nido” dostonida bolaga cheksiz quvonch va baxt ulashgan sana? 44 yil sentabr tongi 17.“Nido” dostonida tilga olingan Rustamning akasi urushdan qanday qaytadi? Bir oyog’idan ayrilib 18. 70 yillar o’zbek adabiyotiga qadam qo’ygan ijodkorlar kimlar? M.M.Do’st E.Azam X.Sultonov T.Murod 19. M.M.Do’stning qissalarini ko’rsating? “Bir toychoqning xuni” “Galatepaga qaytish” 20. T.Murodning qaysi qissasi oxiri umidbaxsh tamoyillar bilan tugamasligi jihatdan farq qiladi? “Ot kishnagan oqshom” 21. T.Murodning qaysi asari oldingilaridek muvaffaqqiyatli chiqmagan? “Qo’shiq” qissasi 22. T.Murodning qaysi asarida Jamoliddin ketmon, Aqrab, Dehqonqul kabi oilaning 3 avlodi misolida butun millatning fojeasi ko’rsatilgan? “Otamdan qolgan dalalar” 23.“Sizniki” she’rining toq misrasiga nima deb yozilgan? Yosh do’stlarimga 24.J.Jabborovning “Sizniki” she’rining uchinchi baytida nima haqida so’z boradi? Bayroq va gerb haqida 25.J.Jabborovning “Farg’oniy” monologida tilga olingan Qahkashon nima? Gallaktika 26.“Farg’oniy monologi”da qaysi yulduz nomlari tilga olingan? Temir qoziq, Mirrix, Atorud, Zuhal, 7 og’ayni, Mushtariy 27.Qaysi adib o’zi bilan yashaydigan qabilalarni birlashtirish maqsadida o’lanlar yozgan? Abay 28.“Kitob javonim” she’rida dastlab qaysi shoirlar nomi tilga olingan? Navoiy va Pushkin 29.Misrdagi Nil daryosi bo’yida qaysi olimning haykali bor? A.Farg’oniy 30.Abayning “Naqliya so’zlar” majmuasi necha bo’limdan iborat? 44 bo’limdan: aql, ilm va ziyo, insof va adolat, yaxshi xulq, muomala madaniyati, din, e’tiqod, davlatni idora qilish, xalqlar elatlarni axillikka chorlash 31.Yalqov va qo’rqoq, orsiz kishilar haqida “Nasihatlar” kitobining nechanchi bo’limida yoziladi? 3 so’zida 32.Abay “Nasihatlar” kitobining 17 so’zida o’z hunarlari bilan maqtangan ramziy qahramonlar qaysi? G’ayrat, aql va yurak 33.Abay “Nasihatlar” kitobining 31 so’zida ilmga putur yetkazadigan u narsa deb nimani ko’rsatadi? Beg’amlik, beparvolik, o’yin kulgi yoki ihlos qo’ymaslik 34.Abay “Nasihatlar” kitobining 33 so’zida nimani ado bo’lmas boylik deb ataydi? Hunarni 35.Abay “Nasihatlar” kitobining 37 so’zida nimalarni ko’l va yelga o’xshatadi? Dunyo va zaminni 36.“Mening yigit vaqtim” she’riy to’olamining muallifi kim? Ibroyim Yusupov 37.Ibroyim Yusupov dostonlari? “Akasiya gullagan joyda” “Gilamchi xotin haqida ertak” “Dala armonlar” “Mangu buloq” 38.Ibroyim Yusupovning dramalari? “Qirq qiz” “Aktrisaning iqboli” 39.Ibroyim Yusupovning opera librettosi? “Ajiniyoz” 40.“Qadrdon so’qmoqlar” she’rining epigrafi ? Har kimning tu’gilgan joyi Misr shahri 41.Olmoshning qaysi turi ishtirok etgan.hamma jim qoldi.har kim o’z oldiga.......? o’zlik, ko’rsatish, belgilash, gumon 42.Olmosh qaysi gaplarda hol vazifasini bajargan? 1.nega uni otdami,aravadami eltib qo’ymadi 43.Qaysi qatorda yuzaga keltirish ma’nosini bildiradi? Urug’la, bolala 44.Tus holatga kirishni bildiradi? Silliqla, tozala 45.Qaysi tarixiy so’z maydon o’lchovini bildiradi? Tanob (uzunlik yig’och) 46.Taqillaydi eshik nogahon Kimsan deyman tuga sabotim Bu men deydi senga qadrdon Bilmoq bo’lsang tashvishdir otim. Bog’lama nechta? 2 ta ( kimsan, tashvishdir) 47.Parchadagi gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari? 1.2.3 darak,buyruq,so’roq 48.Parchada nechta gapda hol bor? 2 ta 49.Parchada nechta gapda bo’laklarning tartibi o’zgargan? 3 ta 50.Butunning qismini bildiruvchi qaysi so’zlar yasama? 1.tomchi 2.to’g’ram 3.bo’lak. 4.chimdim 5.siqim 6.burda 7.shingil 1,2,3,4,5 51.Qaysi qatorda yuklama odatiy holda qo’llanmagan? Yo zardo’zi to’ning to’zibmi qoldi 52.Qaysi qatorda harakat nomi qatnashgan gap berilgan? A.Avloniy o’z ishini maktab ochishdan boshladi 53.Fe’l nisbatlarining soni va turini aniqlang. Studentlar bir chekkada samovar qo’ygan, choynak piyolalarni yuvib artishgan, qo’li to’rtta, oyog’i oltita bo’lib, u yoqdan bu yoqqa narsa tashigan, domlalarning ko’zi qiri tushib qolarmikin degan niyatda ko’ngli erib xizmat qilishardi? 9 ta: 8 ta aniq 1ta birgalik nisbat 54.Fe’l nisbatlarining sonini aniqlang. A.Avloniy o’z ishini maktab ochishdan boshladi. Gazeta chiqardi,darslik yozdi.Kitoblar bostirdi 5 ta: 3 ta aniq, 1 ta orttirma 55.Berilgan qaysi fe’llardan o’zlik nisbat hosil qilib bo’lmaydi? 1.4.5.6 ( 1.kul 4.yayra 5.so’ra 6.ishla) 56. 1.Nigora yigitga ma’noli qarab gapirdi 2.Yigit otasiga qarab yura boshladi 3.Mardona olislarga qarab yurardi Gaplardagi “qarab” so’zini izohlang 1.mustaqil fe’l 2.ko’makchi 3.ko’makchi fe’lni yetaklagan yetakchi fe’l 57.Qaysi uslubda ijodiy tavsifiy matn yoziladi? 1,2,3 1.ilmiy 2.publitistik 3.badiiy 58.Qaysi gapda sifatning bir ma’noviy guruhiga kiruvchi so’z boshqa bir ma’noviy guruhda qo’llanilgan? Tuzsiz she’rlarim deb shirindan shirin ,bolalarim yurar oyoq uchida 59.Bu bir bog’ ichinda pinxon Boshini egmak uni oson....... nima tasvirlangan? Nafs 60.“Men bu jangda halok bo’laman.Menga maydonni tark etishga ruxsat yo’q” N.Kubro haqida yuqoridagi parcha qaysi asardan olingan? A.Jomiy “Nafosat ul une” 61.J.Rumiyning ruboiylarini kim o’zbek tiliga tarjima qilgan? Jamol Kamol 62.Chiqish kelishigi sabab holi bo’lib kelgan qatorni toping? Tipratikanni tutsangiz 63.Atov gapdan keyin qanday tinish belgisi qo’yilmaydi? Vergul 64.Tire bog’lovchisiz qo’shma gap orasiga qo’yilgan qatorni toping? Vaqting ketdi-baxting ketdi 65.Noto’g’ri hukmni toping? Shaklan tugallangan lekin biri ikkinchisining mantiqiy davomi bo’lgan qo’shma gaplar orasiga nuqtali vergul qo’yiladi 66.Uyushiq bo’laklar kengayib vergullar bilan ajratilsa ular orasiga qanday tinish belgisi qo’yiladi? Nuqtali vergul 67.Ikki nuqta haqidagi noto’g’ri hukmni aniqlang? ------- 68.Vergul so’z gapdan keyin qo’llanmagan qatorni toping? Uka, o’qishning kechi yo’q 69.Vergul ajratilgan bo’lak ichida kelmagan ........? Illat izlaganga illat 70.Yasama so’zlar sonini aniqlang. Ko’cha changitib o’ynab yurgan bolalar menga salom berishdiyu, yana chug’urlashib bir-birini quvlab, bedazor tomon yugurishdi? 5 ta( changitib,o’ynab, salom berishdi,chug’urlashib, bedazor 71.Nechta sifat bor. Auditoriyada qomatini tik tutgan, hushbichim, ustidan yupqa qavilgan beqasam to’n kiygan, oyog’ida zamonaviy tufli, bo’ynida chiroyli galstugi, ko’zida qizil gardishli ko’zoynagi bor, kalta mo’ylov qo’ygan, mos....... do’ppili kishi viqor bilan kirdi? 9ta 72.Qaysi yuklama faqat so’z yuklama bo’ladi? O’xshatish,qiyoslash,inkor 73.Qaysi yuklama faqat qo’shimcha yuklama bo’lib keladi? So’roq taajjub, gumon 74.Qaysi qatorda shakldosh qo’shimchalar qo’llangan? Tonnalab, minglab 75. 1.olib kelmoq 2.sotib olmoq 3.kirib chiqoq 4.javob bermoq 5. sotib yubormoq qaysi biri qo’shma fe’l va ko’makchi fe’l bo’lib keladi? 1,3 olib kelmoq va kirib chiqmoq 76.Qaysi qatordagi bo’lsa, esa so’zini zidlov bo’g’lovchisiga almashtirib bo’lmaydi? Tovus o’zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o’zining sharafini saqlaydi 77.Ushbularning qaysi birida ergash gapning kesimi ot kesim bilan ifodalangan? 1,4 1.Odam borki odamlarning naqshidir,odam borki undan hayvon yaxshidir 4. Shunga ishonchim komilki,qasd qilganlar,albatta, past bo’ladi 78.Ergash gapning qaysi turida mustaqil kesim shakli uchraydi? Ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi,hol ergash gapli qo’shma gaplarda 79.Yuklamaning qaysi turi vaifadosh bo’lishi mumkin? Ta’kid va inkor 80.Qaysi gapda vazifadosh ko’makchi ishtirok etgan? Bu ishga qadam qo’yishdan ilgari bir karra sizning oldingizdan o’tib, rayingizni bilisha to’g’ri keldi 81.Atov gap haqida qaysi hukm noto’g’ri? Atov gap sodda aniqlovchilar bilan kengayishi mumkin 82.Qaysi gapda o’zlik nisbatdagi sifatdosh aniqlovchi bo’lib kelgan? Endigina ko’tarilib kelayotgan oy sarg’ish nurlarini sochib, tun qo’ynida mudrayotgan pastqam uylarning tomlarini yoritib turardi 83.Bir kuni chol bechora qo’li titrab osh suzib bergan kosasini tushirib sindirdi.Buni ko’rgan kelini nordon so’zlar aytib cholning ko’nglini vayron qildi. Gapdagi fe’l nisbatining sonini va qaysiligini toping? 7ta: 4ta aniq,1ta majhul, 2 ta orttirma 84.M.Ulug’bekning Abdulatifdan so’nggi tilag nima? O’zini o’ldirishi 85.“Ulug’bek xazinasi” romanida Ulug’bek nimani “Burqut! Qora burqut!” deydi? Abdulatifni 86.Parcha qaysi asardan olingan: Sen Yildirim laqabli bir qudratli chaqmoq, cho’ng temirga urildingu chilparchin bo’lding? A.Oripov “Sohibqiron” 87. O.Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” da jang maydonini tashlab qochgan kim? Amir Jondor 88.Uvaysiy “Sog’indim” radifli g’azalini nima sababdan yozadi? O’g’li Muhammadning sarbozlikka yuborilishi 89. M.Shayxzodaning “M.Ulug’bek” asarida “yetim qolgan el dardiga kuyib yig’layman” deb kim aytadi? Piri Zindoniy 90. R.Tagorning Hindiston xalq madhiyasiga aylangan asari qaysi? “Xalq qalbi” 91.“...axir bu go’zal vatan Allohning el qatori menga ham atalgan buyuk tuhfasi” deb kim aytgan? O.Sharafiddinov 92.“Xudaynoma” qachon yaratilgan? III-VII asrda 93. U.Nosirning “Yurak” she’rida yurakka qachon buyruq berish mumkin? Vatan undan rozi bo’lmasa 94. U.Nosirning “Nil va Rim” asarida Rimga qanday ta’rif berilgan? “O’yindan o’lim kutgan jinni teatr” 95. Ufqqa botar quyoshni shart kesilgan boshga o’xshatdim? U.Nosir “Monolog” 96.So’z yasovchi qo’shimcha jarangli undoshdan tashkil topgan yopiq bo’g’inni toping? Bog’ jamoli bog’bondan 97.Lablanishiga ko’ra oraliq unli qaysi qatorda berilgan? Salomatlik tuman boylik 98.Qaysi so’zning tarkibida faqat tilning quyi ko’tarilishiga ko’ra unlilar ishtirok etgan? Toshbaqa ( o va a) 99.Chuqur til orqa tovushi bor qator undoshli so’z ot kesimga bog’lanib aniqlovchi bo’lib kelgan qatorni toping? 100.Narzi uzoqdagi ota onasi kabi bu yerdagilar uchun ham aziz va qadrli jigarbandda 101.Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan va unda nechta lab undoshi bor. Ota ona duosi o’tga suvga botirmas Sifatdosh 2 ta 102.Faqat sonorlardan iborat so’z qaysi so’z turkumi. Qutidor uning suhbatidan mamnun. Kesim 103.Faqat sonorlardan iborat yasama so’zlar soni nechta. Qizlar nimani o’ylaydilar va nima to’g’risida ma’yuslanadilar noma’lum 1 ta 104. G’.G’ulomning “ Sog’inish” she’rida ota kimning she’rini o’qib dalda olganligini aytadi? Bedil 105. “Vaqt” she’rida g’uncha ochilguncha o’tgan fursatni nimaga qiyoslanadi? Kapalak umriga 106.Faqat til oldi sirg’aluvchi undosh ishtirok etgan gapni toping? 2,4,6 larza shoira salla 107. K va g tovushi uchun umumiy bo’lgan hususiyatni toping? Til undoshi 108.Yadrensev qaysi obidani topgan? Kuntegil 1.belgilash 2.ko’rsatish 3.bo’lishsizlik 4.gumon 5.kishilik quyidagilardan qaysi biri so’roq olmoshi yasashda ishtirok etadi? 1.3.4 belgilash, bo’lishsizlik, gumon 109.Qaysi olmoshlarga qo’shimcha qo’shilsa tovush orttiriladi va tushadi? Kishilik va ko’rsatish 110.Gaplardagi “ham” so’zini izohlang 1.Sen ha men ham xatni yozdik 2.Karim ham xat yozdi? 1.bog’lovchi 2.yuklama 111.Ikki o’rinda yasama sifat qatnashgan gapni toping? Ayniqsa Nosiriddinnning quvnoq sarguzashtlari hajviy maylarga turtki berdi 112.Yuragim hayajondan gupillab urardi. Yasama so’zning sintaktik vazifasini toping? Hol (gupillab) 113.Sintaktik shakl yasovchi omonim bo’lak? Olma guli gul emas, taqsam chakkamda turmas 114.Paronimlar qo’llash bilan ro’y bergan xatolikni toping? Tanburimning ovozi, yorimning sho’hchan nozi 115.In qo’shimchasi haqida to’g’ri fikrni toping? Lug’aviy shakl yasovchi, so’z yasovchi 116.Bahorgi harakat, kuzgi barakat. Yasama so’zni toping? Sifat 117.Imloviy xato so’zni toping? Mo’nelik 118.O’n qo’lima o’n bir uzuk , taqib qo’ying qizlarim. Ma’no ko’chishining qaysi turi? Sinekdoxa
120.Onamdan eshitgan gapni aytdim. To’ldiruvchilarni izohlang? 1 ta mustaqil 2 ta nomustaqil 121.Yer yuzidagi hayotni,tiriklikni shu saltanatu shu janglar o’z izidan chiqargan. Gapda qaysi bo’lak uyushgan? Ega va to’ldiruvchi 122.Tong ochar ko’zlarin erinib. Odatdagi tartib bo’yicha qaysi bo’laklarning o’rni almashgan? To’ldiruvchi (ko’zlarin) hol (erinib) 123.Xolbibi qunt bilan tingladi. Ko’makchi qaysi bo’lak tarkibida? Hol tarkibida 124.“Yusuf va Zulayxo” dostoni kimlarniki deb taxmin qilinadi? Firdavsiy, Durbek 125.R.Tagorning hindlarning ingliz istilochilariga qarshi kurashi,mustamlaka siyosati qaysi asarda berilgan? “Hisob kitob” “Jazo” “Nur va soyalar” 126.J.Rodarining zamonaviy ertagi? Shaxzoda Plombir 127.Muso Jalilning “Maobit daftari” ni kim o’zbek tiliga o’girgan? Mamarasul Boboyev 128.Ushbu fikrlar kimniki, “otang bolasi bo’lma,odam bolasi bo’l,odam bolasi elning bolasi” ? Abay 129.Abay “Nasihatlar”ida beg’amlik, beparvolik, o’yin kulguga ihlos qo’yish nimalarga putur yetkazishi aytilgan? Aql va ilmga 130.Dunyodagi barcha mavjud hodisalarni hech bo’lmasa yuzakiroq ham bilmaslik bu odamgarchilik emas” parcha qaysi asardan olingan? Abay “Nasihatlar” 131. I.Zulqarnayn haqida asar yozgan ijodkorni toping? H.Olimjon 132. I.Yusupovning “Qadrdon so’qmoqlar” asarida sho’ro davri daxshatlari qaysi misrada ifodalangan? Bizning joylar o’rni hozir paxtazor 133.“Safarga ketayotganda ko’plab kitob olar va bo’sh vaqtlarimni qadimiy hamda yangi eng yaxshi yozuvchilarning kitoblarini o’qishga bag’ishlardim” parcha qaysi asardan olingan? J.Svift “Gulliverning sayohatlari” 134.Fildek zo’r bo’lsagu sherday urushqoq….. hikmatlari muallifi? S.Sheroziy 135.Quyida qaysi timsol qismati berilgan. Kim seni deb qilgusidir asir? Sa’d 136.Bo’ynim uzra “ ayn”ni …. Parcha qaysi asardan olingan? “Layli va Majnun” 137. A.Navoiy haqida kim haq so’zga damr deydi? Husayn Boyqaro 139. Shirin birla Layliniki…. Parchada qanday san’at qo’llangan? Talmeh 140.To’ldiruvchining ikki turi uyushgan qatorni toping? Sizu bizga bu baxtu toleini istiqlol berdi 141.-Borganingizda saidova bilan uchrashdingizmi -Uchrashdim. To’liqsiz gapda ifodalanmay qolgan bo’laklarni toping? Markaziy bo’lak-hol, to’ldiruvchi 142.Bolaligimni eslasam iliq yoz kunlari esimga keladi.gapdagi egani toping? Yoz kunlari 143.Oyni etak bilan yopib bo’lmas. Gapning turini aniqlang? Egasi noma’lum gap 144.Mingbuloq o’zi yaxshi, suvi serob, lekin qarovsiz.ushbu gapda kesimlarni toping? Yaxshi, serob, qarovsiz 145.Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi.gap bo’laklarining tartibini aniqlang? Ega,to’ldiruvchi, kesim 146.Gapdagi tirening ishlatiilish sababini aniqlang. Dadam shu atrofdan-qishloqning chiqaverishidan do’kon oldi? Tarkibida ajratilgan bo’lak bo’lganligi sababli 147.So’z qo’shilmasi ishtirok etgan gapni toping? Biz rostgo’ylik va halollikni qadrlaymiz 148.So’zlovchining o’z fikriga munosabati qanday bo’laklar orqali ifodalanadi? Kiritmalar orqali 149.Gapda qaysi gap bo’lagini qo’llash bilan xatolik mavjud. Ertalabki kuchli shamol meva bog’idagi daraxtlarni mevalarni to’kdi.. aniqlovchi (daraxtlarning bo’lishi kerak) 150.Quyidagilarning qaysi biri qo’shma gap emas? Omon laganining tagini nonga surkab yalab turganda,ko’cha ko’yni to’ldirib besh kishi kirib keldi 151.Qaysi gapda yo…, yo qolipli qo’shma gap berilgan? Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo ketganini bilmaydi 152.Ergashgan qo’shma gaplardagi ergash gap bosh gapga nisbatan o’rin almashgan qatorni toping? Sen otash ichida urasan javlon, dushman qolmasin deb sevgan elimga 153.Aralash murakkab qo’shma gaplar yozuvda qanday tinish belgisi bilan ajratiladi? Vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire 154.Ot+fe’l qolipida yasalgan qo’shma so’z qaysi qatorda berilgan? Husnbuzar 155.So’z yasovchi bilan sinonim shaklidagi omonim qaysi so’zlarda ko’rsatilgan? To’plam, bordim 156.Otdan yasalgan sifat qaysi qatorda berilgan? Hiylagar, vafodor 157.Tub so’zlarga qaysilar kiradi? Esli,so’lak,ochiq 158.Navoiyning “Bo’lmagay erdi jamoling” musammatining janri? Muhammas 159.Nafing agar xalqqa beshakdurur…. Parcha qaysi asardan olingan? Navoiy “Hayrat ul abror” 160.Belgisiz aniqlovchi fonetik yozuvdagi to’ldiruvchiga birikkan gap qaysi? Biz o’z tuprog’imizni asraymiz 161.Yo’q erdi mayl qilsa so’zga...mudbir so’zining ma’nosi? Sabrsiz 162.“Xamsa”da Chu sen topding sulaymonliq deb kim aytgan? Layli 163.Unim yo’q....bunim yo’q...... ? 1.egalik qo’shimchalar soni 6 ta 2.asosi shakldosh so’zlar soni 3 ta 3.egalik qo’shimchasi qo’shilishi natijasida fonetik o’zgarishga uchragan so’z 2 ta 4.asosi shakldosh so’zlar ot va fe’l 5.otlar soni 5 ta 6.sintaktik shakl yasovchilar soni 9 ta 7.yasama so’zlar soni 1 ta 164.Jayron nega ko’zing to’la yosh. Jayron tog’dan tog’ga oshib qayerga borishini bilmasdi? Ot 165.Uslubiy hususiyatga ko’ra farqlang? Javob berdi, javob qildi, javob etdi betaraf; javob ayladi uslubiy hoslangan badiiy 166.Tarixning barcha bosqichlarida ular o’zining borligini goh mardlik, jasorat bilan goh tadbiru oqilalik bilan,goh she’riyat bilan bildirib,tanitib tan olib kelganlar. Yasama so’zlar miqdorini aniqlang? 6 ta 167.Navoiy asarlaridagi so’zlarning ma’nosini ko’rsating? Bosh ura kirishmoq-ko’rina boshlamoq; bosh og’irlamoq-o’ldirmoq; bosh indirmak-ta’zim qilmoq; boshdin kuymoq- kechmoq; bosh tortmoq-yuqorilamoq; bosh quymoq-esidan chiqarmoq; bosh o’ynamoq-o’yinga boshini tiqmoq; bosh chiqarmoq-o’zini ayamoq Bosh uchurmak birikmasining sinonimi? Bosh tushirmoq 168.Ey inson, har bir so’zingni o’ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yo halokatga boshlaydi. So’z yasovchilar sonini aniqlang? 5 ta 169.Ey inson, har bir so’zingni o’ylab gapir: tiling seni yo saodatmand etadi, yo halokatga boshlaydi. So’z yasovchilar bilan yasalgan nechta so’zning asosi bir bo’g’inli? 3 ta 170.Qaysi gapda gapning kesimi harakat nomi bilan ifodalangani uchun ega va ot kesim orasida tire qo’yiladi? 1,4 1.Maqsadim-o’qish 4.Yashashning asl mazmuni-yaratmoq 171.Fe’l yasovchi va sifat yasovchi ta’sirida ham asosda, ham qo’shimchada tovush o’zgarishi bo’lgan qatorni toping? Radiodan o’ynoqi musiqa yangradi 172.Qizg’aldoq bargidek uchar dildan g’am, to’lqinlar kiradi qalbimga mening. Kelishiklar soni va miqdorini aniqlang? 2 ta bosh, 2 ta qaratqich, 1 ta jo’nalish, 1 ta chiqish 173.Ega otlashgan yasama so’z bilan ifodalangan qatorni toping? Bolalar ichida eng quvnog’I Ikromjon edi 174.Sifatlar otlashmagan holatda qaysi gap bo’lagi bo’lishi mumkin? Sifatlovchi aniqlovchi, ot kesim, ravish holi 175. “Zafar”, “Dushman” dramalarining muallifi kim? U.Nosir 176. “Pushkinga”, “Gurjiston shoirlariga” kabi bag’ishlov janrida yozilgan asarlar muallifi kim? S.Yesenin 177.Hokim so’z fonetik qoida asosida yozilgan so’z birikmasini toping? Dostonchilikdagi o’rni 178.Tobe so’z qismlari yasama so’zdan tashkil topgan juft so’z bilan ifodalangan so’z birikmasi berilgan qatorni toping? Ilmiy-tanqidiy matn 179.Hokim so’z tarkibida ikkita nisbat qo’shimchasi ishtirok etgan fe’lli birikmani toping? Yaxshilikka yo’naltirilgan 180.Yasama so’zlar teng bog’langan qatorni toping? Jo’shqin va serqirra 181.Tarkibida fe’l yasovchisi bor otli birikmani aniqlang? Yo’qotilgan yillar 182.Tobe so’zda faqat til undoshlari ishtirok etgan otli birikmani toping? Anglatadigan so’z 183.Ikkala qismi ham yasama bo’lgan fe’lli birikmani toping? Unumli ishlab 184.Sahiy bo’l, bag’ishla, ichir ham yedir agar kamaysa yana yig’, yana ol yedir. Parcha qaysi asardan olingan? Y.H.Hojib “Qutadg’u bilig” 185. “Barcha nomunosib ishlardan tiyuvchi uyatdir” parcha qaysi asardan olingan? “Qutadg’u bilig” 186. “Shayx”, “Jonga chun derman”, “Bo’ldim sanga” radifli g’azallar muallifi kim? A.Navoiy 187. “Ne bo’lursan”, “Haq ul kunkim” g’azallari? Lutfiy 188. M.Shayxzodaning asarlari va janri to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping? Dostonlari “Oqsoqol”, “Meros”, “Chiroq” she’riy to’plam: “Loyiq soqchi”, “Kurash nechun”, “Kapitan Gastello” dramasi: “J.Manguberdi”, “M.Ulug’bek” 189. O’y hayollarni qaysi shoir “Yaralangan qanotday og’ir” deb tasvirlagan? U.Nosir 190.She’riy to’plamlarni mualliflari bilan to’g’ri juftlab ko’rsating. 1.M.Yusuf 2. A.Muhtor 3. G’.G’ulom 4.U.Nosir “Safarbar satrlar” (4) “Ishq kemasi” (1) “Sharqdan kelayotirman” (3) “Sizga aytar so’zim” (2) 191.Kirshoning “Ulug’ kun” asarining janri va uni kim tarjima qilgan? Drama U.Nosir 192.Chaqimchining tilidan ilon zahar oladi. Gapdagi so’z birikmalarining bog’lanish sulini ko’rsating? 1 ta moslashuv 2 ta boshqaruv 193.Insoniyat tarixi bu har birimizga bog’liq bo’lgan o’zligimizni ko’rsatadigan, bizning olis shajaramizni, naslu nasabimizni, insoniy qadru qimmatimizni belgilaydigam muqaddas va mo’tabar voqelikdir. Gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalarni aaniqlang? 7 ta 194.Haqqoniy tarixni bilmasdan turib o’zlikni anglash mumkin emas. So’z yasovchi qo’shimchalar miqdorini aniqlang? 2 ta 195.O’zingni yig’ishtir, ularni noumid qilma, shu ikki buyuk haridoring uchun baxtli yashab bergin, o’g’lonim. So’z yasovchilar soni nechta? 3 ta 196.O’zingni yig’ishtir, ularni noumid qilma, shu ikki buyuk haridoring uchun baxtli yashab bergin, o’g’lonim. Yasama fe’llar soni nechta? 2ta 197.O’zingni yig’ishtir, ularni noumid qilma, shu ikki buyuk haridoring uchun baxtli yashab bergin, o’g’lonim. Murakkab kesimlar soni nechta? 2 ta 198.Bugungi kunda milliy g’urur tuyg’usi haqida ko’p gapiriladi. Gapdagi yasama so’z haqida noto’g’ri fikrni toping? Otdan sifat yasalgan 199. “Zarbulmasal” da Yapaloqqush qaysi qushni harajatlar uchun Boyo’g’linikiga yuboradi? Kordonni 1000 tillo qalinni 600 ga tushirmagani uchun 200.Qaysi masalda do’st tanlashda adashmaslik? “Toshbaqa bilan chayon” 201.Qaysi masalda har bir zot o’z jinsi bilan do’stlashishi kerak degan g’oya bor? “Kabutar bilan zog’” 202. “Zarbulmasal qilib gapirmoq” ma’nosi? So’zga maqol qo’shib gapirish 203. G’.G’ulomning “Shumbola” asaridagi qaysi lavha yozuvchining bolalik davri bilan bog’liq? Sariboyning uyida olma terishi 204.Shum bola Sariboyni yupatish uchun qaysi gapni aytadi? Adol qizining farzandli bo’lganini Download 216.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling