xabarlari chiqadi.
Odatda sizeof() funksiyasidan getline() funksiyasining ikkinchi argumenti
sifati ishlatiladi va satr uzunligini yaqqol ko‘rsatmaslik imkonini beradi:
cin.getline(Satr, sizeof(Satr));
Satrlarni nusxalash
Satr qiymatini biridan ikkinchisiga nusxalash mumkin. Buning uchun bir
qator standart funksiyalar aniqlangan bo‘lib, ularning tavsiflari quyida keltiramiz.
strcpy() funksiyasi prototipi
char* strcpy(char* str1, const char* str2)
ko‘rinishga ega va bu funksiya str2 ko‘rsatib turgan satrdagi belgilarni str1
ko‘rsatib turgan satrga baytma-bayt nusxalaydi. Nusxalash str2 ko‘rsatib turgan
satrdagi nol-terminal uchraguncha davom etadi. Shu sababli, str2 satr uzunligi str1
satr uzunligidan katta emasligiga ishonch hosil qilish kerak, aks holda berilgan
sohasida (segmentida) str1 satrdan keyin joylashgan berilganlar “ustiga” str2
satrning “ortiqcha” qismi yozilishi mumkin.
Navbatdagi dastur qismi “Satrni nusxalash!” satrini Str satrga nusxalaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: