10- amaliy mashg’ulot sanoat ishlab chiqarishida baho va baholash
Download 170.13 Kb. Pdf ko'rish
|
10-amaliy mashg'ulot
10- AMALIY MASHG’ULOT Sanoat ishlab chiqarishida baho va baholash 1. Davlatning baho siyosati va uni amalga oshirish zaruriyati. 2. Baxo – bozor munosabatlarining iqtisodiy kategoriyasi sifatida 3. Baho va baholashning mohiyati va ahamiyati 4. Baxoning funktsiyalari,turlari va strukturasi 5. Tovar sotishni ko’paytirish, maksimal foyda olish 6. Korxonalarni muayyan mavqeini saqlab qolish
Baho bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jihatdan asoslangan baho va baholash iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi. Baho siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiy strategiyasining muhim ajralmas qismidir. SHu
sababli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda, mehnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda baho belgilash siyosati alohida o’rin egallaydi. Bahoni xo’jalik mexanizmi va o’zini o’zi pul bilan ta’minlashning ko’tarib turuvchi ustuni deyish mumkin. Jamoaning va ayrim xodimning daromadlari, ular iqtisodiy manfaatlari narxning, ya’ni bahoning to’g’ri belgilanishiga bog’liqdir. Baho bamisoli barometr kabi bozor holatini ko’rsatib turadi, u pasayib ketsa, tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bo’lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qo’yiladi. Baho pul muomalasi holatiga, kreditlash samaradorligi va iqtisodiyotning moliyaviy sog’lomligi bilan bog’liq. Davlatning, korxona (firma) lar va ularda ishlovchilarning, umuman aholining o’zaro rejali bog’lanishi baho yordamida amalga oshiriladi, ijtimoiy resurslardan foydalanish ta’minlanadi, yalpi ichki mahsulotni hisobga olish va taqsimlash amalga oshiriladi. Bahoni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor iqtisodi sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo’lishi mumkin, bu esa bozordagi o’sha mahsulotga bo’lgan talab va taklifga bog’liq bo’ladi. Tovar bahosining darajasi, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi darajasi va boshqa tovarlar o’rnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid quvvatiga ham bog’liq bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida korxonalar ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy muommolaridan biri, nima ishlab chiqarish foydali ekanligini hal etadi. Baho tovar taklifi, aholining to’lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarining oshib yoki kamayib ketishi to’g’risida korxona egalariga axborot beruvchi vosita hamdir. Bahoning yana bir vazifasi qiymat o’lchovidir, bunda qilingan xarajatlar va olingan natija ma’lum bir narx yordamida hisob-kitob qilinadi. Bahoni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidagicha: 1. Iqtisodiy xarajat darajasi; 2. Tovarlarning naflilik darajasi; 3. Tovarga bo’lgan talab va uning taklifi; 4. Raqobat shakllari va usullari; 5. Tovarni iste’mol qilish vaqti. Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat, oligopoliya) ishlab chiqaruvchilarning o’rni bozor narxlarini belgilovchi muhim omillardan hisoblanadi. Monopoliya sharoitida bozorda bir turdagi mahsulotlar taklif qilinishi sababli baho ustidan to’liq nazorat amalga oshiriladi. Bu degani monopolist ishlab chiqaruvchilarning narx belgilashdagi hukmronligi, iste’molchi daromadlari cheklangani bo’lib, to’qnash keladi. O’rnini bosuvchi tovarlarning mavjudligi ham ularning baho belgilashdagi mutlaq imkoniyatini cheklaydi. Oligopoliya sharoitida esa alohida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) bir-biriga bog’liq bo’lganliklari sababli baholarni mustaqil belgilashga botina olmaydilar. Faqat baho belgilashda yashirincha kelishishlari mumkin. Nazariy jihatdan olib qaralganda, baho - tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Amaliy jihatdan qaralganda esa, baho – muhim iqtisodiy vosita, dastak hisoblanadi. Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning o’zidagi mehnat sarfi bilan bog’liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf qilinadi, ularning majmuasi qiymat demakdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog’i ehtiyojni qondira olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bo’lmasa, bozor inkor etadi va shu qism qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi. Bahoning iqtisodiy mazmunini uning funktsiyalari yaqqol ko’rsatib beradi. Baho nimaga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat, ish kuchi, qarz puli narxini, buning farqi yo’q) besh asosiy funktsiyani bajaradi: 1. Bozor muvozanatini ta’minlash funktsiyasi. Bunda baho bozordagi talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. 2. Hisob-kitob, o’lchov funktsiyasi. Baho qiymatning puldagi ifodasi, chunki bajarilgan ish hajmi, foyda-zararning barchasi baho asosida hisob-kitob qilinadi. 3. Iqtisodiy regulyator funktsiyasi. Baho bozor iqtisodiyotining asosiy vositalaridan biridir. Undagi o’zgarish bozor holati (kon’yunkturasi)ni bildiradi. 4. Raqobat vositasi funktsiyasi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Baho vositasida bellashuv raqobatning asosiy ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Firmalar o’z raqiblarini yengish, ularni bozordan siqib chiqarish uchun bahoni o’zgartirib turadilar. 5. Ijtimoiy himoya funktsiyasi. Baho ayrim aholi toifalarini kambag’allikdan saqlash vazifasini o’taydi. Odatda, aholining nochor va muhtoj qatlamlariga tovarlar arzonlashtirilgan baholarda sotiladi. Bular ijtimoiy dotatsiyalangan baholar bo’lib, ularni moliyaviy jihatdan davlat byudjeti yoki byudjetdan tashqari mablag’lar ta’minlaydi. Dotatsiyalangan baholarni davlat belgilaydi. Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos tizimi borki, u o’zaro bog’langan, bir-birini taqozo etuvchi, ammo turli maqsadlarda qo’llanuvchi baholar majmuasidan tashkil topadi. Bahoning shakllanish jarayoni murakkab bo’lib, uning ishtirokchilari g’oyat ko’pchilikni tashkil etadi. Baholar turli vazifalarni bajarganligi sababli ham ularning turi ko’p. Baholarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: 1. Ulgurji baholar. Tovarlar ko’tarasiga katta miqdorda sotilganda bu baholardan foydalaniladi. Bunday bahoni asosan ulgurji savdo-sotiq olib boriladigan savdo markazlarida uchratish mumkin. 2. CHakana baholar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda foydalaniladi. Bu baho o’z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining xarajati va foydasini oladi.
3. Nufuzli baholar. Bu baholardan obro’ talab iste’molchilarga tovarlar sotilganda va xizmatlar ko’rsatilganda foydalaniladi. 4. Dotatsiyali baholar. Bunda tovarlar davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan baholarda olinadi. 5. Davlat baholari. Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma berilganda qo’llaniladi. 6. Mavsumiy baholar. Bu mavsumiy ishlab chiqariladigan tovarlarga belgilanadi.
7. Milliy va jahon baholari. Alohida tovarning baynalmilal xarajatlari. Bunda jahon bozoridagi talab va taklif nisbati hisobga olinadi. 8. Standart baholar. Xaridor cho’ntagidagi pulga qarab, ma’lum davrgacha o’zgarmaydigan qat’iy standart narxlar qo’llaniladi. 9. Preysko’rant baholar. Bu baholar sotuvchi uchun mo’ljal baho, xaridor uchun bildirishlik yoki ma’lumot baho hisoblanadi. Ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun muzoqaralarga tayyorgarlik ko’rish mobaynida tadbirkor eng avvalo, o’zi uchun maqbul bo’lgan baho ko’rsatkichlarini aniqlashga harakat qiladi. SHu maqsadda u bahoni uchga ajratadi. Ya’ni maksimal (eng yuqori), minimal (eng past) va ob’ektiv baho. Maksimal baho - (sotuvchi nuqtai nazaridan) - bu muzokaralarni shu bahodan boshlash mumkin bo’lgan ko’rsatkichidir. Minimal baho - (qo’shilishi mumkin bo’lgan eng past baho ) - bu tovar narxining shunday ko’rsatkichiki, tadbirkor muzoqaralar davomida undan tushmaslikka harakat qiladi. Ob’ektiv baho - bu tarkibida o’rtacha sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan u yoki bu tovarning o’rtacha bahosidir. Bahoning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyos katta bo’lganidan uning har bir turidan oqilona foydalanish tadbirkorlik uchun muhim ahamiyatga ega. SHu sababli korxonalar va firmalar narx belgilashga katta e’tibor beradilar. Ular o’zlarining narx strategiyasini ishlab chiqishda quyidagi maqsadlarni ko’zlaydilar: - tovar sotishni ko’paytirish; - ko’proq foyda olish; - o’rnini muayyan mavqeini saqlab qolish. Tovar sotishni ko’paytirishdan uch natija kutiladi: a) tovar sotishni ko’paytirish orqali bozorda o’z hissasini oshirish, imkon bo’lganda bozorni o’z nazoratiga olish; b) har bir tovarni (tovar birligini) sotishdan tushadigan foydaning kamayishiga rozi bo’lgan holda tovarlarni ko’plab sotish orqali keladigan yalpi foydani oshirish; v) tovarni ko’p sotish natijasida uning hajmiga nisbatan savdo-sotiq xarajatlarini qisqartirish. Bozordan raqiblarni surib chiqarib, o’z mavqeini mustahkamlash uchun firmalar maxsus narx qo’llaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping narx deb ataladi. Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni ta’qiqlaydi, shu sababli firmalar uni yashirin qo’llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini kechib yuborish shaklida bo’ladi.
Download 170.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling