NAZORAT ERITMADAGI ANIONLAR ARALASHMASI TAXLILI
Anionlarni aniqlash noorganik birikmalarni to’liq sifat taxlilining tarkibiy qismi xisoblanadi. O’tadqiqot ishi sifatida berilgan nazorat eritmada qanaqa anionlar borligini aniqlash uchun avvalgi dasrlarda o’tilgan anionlarni xususiy va gurux reagentlari ta’sirini mukammal bilmoq kerak. Taxlil uchun tarkibida ochish reaksiyalari avval o‘rgatilgan: -- Cl-, Br-, I-, SCN-, S2-, SO42-, SO32-, S2O32-, C2O42-, PO43-, B4O72-, CO32-, NO2-, NO3-, CH3COO- - anionlarning 3-4 xil eruvchan tuzlar aralashmasi beriladi. Penitsillin idishlarida berilgan nazorat eritma ikki qismga bo’linadi. Birinchi qismidan taxlil bajariladi, ikkinchi qismi esa takroriy nazorat uchun olib qo’yiladi. Bir qism anionlar kasrli usulda ochiladi, boshqalari esa tizimli taxlil usulida xalaqit beruvchi ionlar ajratilgandan keyin ma’lum bir ketma-ketlikda ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |