10- mavzu: hayvonot olamining xilma-xilligi. Tayanch tushunchalar: binar nomenklatura, populyatsiya tur, hayvonot olami, qizil kitob, noyob turlar. Adabiyotlar


Download 29.14 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi29.14 Kb.
#1523311
  1   2   3   4
Bog'liq
10-MA\'RUZA


10- MAVZU: HAYVONOT OLAMINING XILMA-XILLIGI.


Tayanch tushunchalar: binar nomenklatura, populyatsiya tur, hayvonot olami, qizil kitob, noyob turlar.
Adabiyotlar.
1. D. Sharipova, D.P. Xodiyeva, M. K. Shirinov Tabiatshunoslik va uni o`qitish metodik asi Toshkent, “Barkamol fayz media” nashriyoti, 2018-yil.
2. M.Nuriddinova. Tabiatshunoslik o`qitish metodikasi” Toshkent, O`qituvchi 2005y
3. A.Baxronov, Tabiatshunoslik 3-sinf umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun darslik. T; Cho`lpon NMIU 2012 y.
4. A.Baxronov Tabiatshunoslik 4-sinf umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun darslik. T; Sharq NMIU 2011 y.
5. P. G`ulomov, Mirzaaxmatova Sh. Atrofimizdagi olam 2-sinf uchun darslik. T; Cho`lpon NMIU 2012 y.
6. A.G. Grigoryans, Atrofimizdagi olam 1-sinf uchun darslik. T; Cho`lpon NMIU 2012 y.
10. 1 Hayvonot olamining xulma-xilligi
Hayvonlaming xilma-xilligi va yashash muhiti. Yer yuzida hayvonlaming 2,5 minga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq, suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va o‘simlik organizmi yashash muhiti bo‘ladi. Hayvonlaming tuzilishi va hayot kechirishi xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan: suv hayvonlarining gavdasi suyri shaklda. Oyoqlari eshkakka aylangan. Quruqlikda yashovchi hayvonlaming tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan bo'ladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik, harorat, yorug‘lik va boshqalar ekologik omillar deyiladi. Hayvonlaming gavda olchami har xil bo‘ladi. Ular qatorida og‘irligi 150 tonnaga yetadigan gigant kitlardan tortib faqat mikroskopda ko‘rinadigan, uzunligi millimetming o‘ndan bir, hatto yuzdan bir ulushiga teng keladigan turlari ham bor.
Sut emizuvchi hayvonlar evolyutsiya jarayonida hayotning barcha muhitlarida yashashga moslashgan. Ular quruqlik, tuproq, suv va havo muhitini egallagan. Muayyan muhit, tabiiy-geografik zona va biotoplarda hayot kechirishga moslashish sut emizuvchi hayvonlarning turli-tuman bo‘lishlariga imkon bergan. Muhit bilan bog’lanish xarakteri jihatidan sut emizuvchi hayvonlar bir necha quruqlikda hayot kechiruvchilar, yer ostida yashovchilar, havoda uchuvchilar, daraxtlarda chirmashib yurib yashovchilar, suvda suzib hayot kechiruvchilar guruhlariga bo‘linadi. Quruqlikda yashovchi sut emizuvchilarga ba’zi hashorotxo‘rlar (masalan, tipratikan), ko‘pgina yirtqichlar (bo‘ri, tulki, qo‘ng’ir ayiq, silovsin va boshqalar), xilma-xil tuyoqlilar (antilopa, ot, bug’, qo‘uy, cho‘chqa va boshqalar), fillar, ba’zi kemiruvchilar (masalan, qo‘shoyq) va boshqalar kiradi. Bu guruhga mansub hayvonlarning tana qismlari bir-biriga mutanosib tuzilgan, bo‘yinlari yaxshi rivojlangan, oyoqlari uzun, quloq supralari o‘rtacha va katta bo‘ladi. Harakatlanish yurish-chopish va sakrash yuo‘li bilan amalga oshadi. Yuruvchi-chopuvchi sut emizuvchilar umumiy belgilarga ega bo‘lishlari bilan bir qatorda oziqlanish xarakteriga qarab o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. yirtqichlarga qaraganda o‘simlikxo‘r turlarning (antilopa, bug’u) oyoqlari va bo‘yinlari o‘zunroq. Bu xususiyat yer yuzasidagi hamda daraxtlardagi oziqni, shuningdek, hammayoqni yaxshi ko‘ra olishga im­kon beradi. Daraxt barglari bilan oziqlanadigan sut emizuvchi hayvonlarnnng (masalan, jirafa) bo‘uyni uzun. Lekin fil bo‘uynining qisqaroq (kallasi katta va ogir bo‘lishi) va xartumning o‘zun bo‘lishi uning o‘rnini bosadi. Sakrovchi sut emizuvchi hayvonlar (tovushqon, qo‘shoyoq va kengurular) ning orqa oyoqlari uzun va baquvvat, oldingi oyoqlari esa birmuncha kalta bo‘ladi. Ularning tanasi ixcham, bo‘yni qisqaroq bo‘ladi. Sakrashga to‘la moslashgan hayvonlar (qo‘shoyq, kenguru) da oldingi oyoqlar shunchalik kattalashganki, hatto ular tayanch vazifasini ham o‘tay olmaydi. Quruqlik yuzasida yurib-yugurib va sakrab harakat qiluvchi sut emizuvchilarda yer yuzasining xarakteriga qarab oyoqlar har xil tuzilgan. Qattiq yerda yuradigan hayvonlarda (ot, jayron) tuyoqlar hosil bo‘lgan. Yumshoq yerda yuradigan hayvonlarda (masalan, shimol bug’usi) kaft sathi oshgan bo‘ladi. Yer ostida yashovchi sut emizuvchilarga krotlar, ko‘rsichqonlar kiradi. Ular yer qazuvchi sut emizuvchi hayvonlar deb ataladi. Yer qazuvchilar yer yuzasiga kamdan-kam vaqtlarda chiqadi. Oziq izlab, ular yer ostida murakkab yo‘llar tizimini hosil qiladi. Yerqazish faoliyati va yer ostida hayot kechirish tarzi ularda qator xarakterli belgilarning kelib chikishiga olib kelgan. Yer qazuvchi sut emizuvchilarning tanasi qisqargan, g’olasimon shaklga ega bo‘lib bo‘yini chetdan sezilmaydi. Yunglari kalta, oyoqlari kuchli va katta tirnoqli. Quloq supralari deyarli yuo‘qolib ketgan, ko‘rish organi juda kuchsiz hid bilish organi esa juda rivojlangan. Daraxtlarda yashovchi sut emizuvchilarga olmaxon, junqanot, chalamaymun, maymun, yalqov va boshqalar kiradi. Bir daraxtdan boshqa daraxtga sakrab o‘ta olish bu guruh uchun xos bo‘lgan xususiyatdir. Shu munosabat bilan daraxtlarda yashovchi sut emizuvchilar chirmashuvchi uzun barmoqli oyoqlarga ega. Ularning ko‘pchiligida tirnoqlar o‘tkir va egilgan bo‘lib, ba’zilarida oyq uzunlashgan bo‘ladi. Ko‘plari uzun va chirmashuvchi dumga ega. Uchuvchi sut emizuvchilar guruhiga qo‘shqanotlilar turkumining ko‘pgina turlari kiradi. Bu hayvonlarda asosiy harakatlanish usuli uchishdir. Chinakam uchish tufayli bu guruh hayvonlarning tuzilishida qator o‘ziga xos xususiyatlar paydo bo‘lgan. Ular uchayotgan vaqtlarida oziqni tutib oladilar. Ularning oldingi oyoqlari uzun va egiluvchan-bo‘q’iluvchan qanotga aylangan. Oyoq barmoqlarining birinchisidan boshqalari kuchli rivojlangan va yupqa uchish pardasi bilan tutashadi, bu parda orqa oyoqlarigacha davom etadi. Uchish munosabati bilan bu hayvonlarda ko‘krak muskullari kuchli rivojlangan, ular qushlardagi kabi ko‘krak taroq suyagiga birikkan bo‘la­di. Hamma qo‘lqanotlilarda quloq suprasi yaxshi rivojlangan. Tinch vaqtlarda qo‘lqanotlilar boshini pastga qilib, uzun oyoqlari bilan biror narsaga chirmashib osilib yotadi. Suv sut emizuvchilari guruhiga kurakoyoqlilar va kitsimonlar turkumining vakillari kiradi. Suvda yashovchi sut emizuvchilarda maxsus moslashishlar paydo bo‘lgan. Ularda oyqlar ko‘rakka yoki so‘zgich qanotga aylangan. Tanasi suyri shaklga ega bo‘lib borgan. Suv sut emizuvchilari yaxshi suza oladi va sho‘ng’iydi.
Yer yuzida havvonot dunyosining evolutsiyasi
Yer yuzida 2,5 mln ga yaqin hayvonlar yashaydi. Ular orasida ko‘k kit yoki filga o‘xshash juda уirik va murakkab tuzilganlari bilan bir qatorda mikroskopik kattalikdagi sodda tuzilgan turlari bor. Hayvon­lar tasodifan birdaniga paydo bo‘lib qolgan emas, balki uzoq vaqt davomida asta-sekin paydo bo‘lgan. Hayvonot dunyosining uzoq tarixiy davr davomida o‘zgarib, uning turlari sonining ortib borishi evolutsiya deyiladi.

Download 29.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling