10 – Mavzu. Parametli sikllik algoritmlarni tuzish Parametrli takrorlanuvchi algoritmlar
Download 33.38 Kb.
|
10-mavzu Parametrli siklik algoritmlarni tuzish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar.
- Ichma-ich joylashgan takrorlanuvchi jarayonlar
10 – Mavzu. Parametli sikllik algoritmlarni tuzish Parametrli takrorlanuvchi algoritmlar 10.1 – Rasm. Parametr takrorlash. Parametrli takrorlash operatoriga misol sifatida berilgan x=1,2,3,..,10 larda funksiyasining qiymatlarini hisoblash blok-sxemasini qarash mumkin. 10.2-Rasm. Parametrli takrorlash operatoriga doir algoritm Ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar. Ba’zan, takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlarni ichma-ich joylashgan algortmlar deb ataladi. Misol sifati berilgan NxM o‘lchovli aij –matritsa elementlarining yig‘indisini hisoblash masalasini qaraylik. Bu yig‘indi hisoblash uchun, i ning har bir qiymatida j bo’yicha ko‘paytmani hisoblab, avvalgi yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi blok–sxemada aks ettirilgan. Bu yerda yig‘indi uchun i-tashqi sikl, j-esa ko‘paytmani hosil qilish uchun ichki sikl foydalanilgan. 10.3-Rasm. Ichma-ich joylashgan siklik algoritmga doir blok-sxema Algoritmda yig‘indi va maksimal qiymat aniqlash jarayonida boshlang‘ich indeks qiymatini tenglashtiriladi (S = a1 va P = a1 ) va jarayon massivning 2 chi elementini qayta ishlashdan boshlandi. Ya’ni bir takrorlash jarayonida ikkita: massiv element qiymatlari yig‘indisini hisoblash va maksimal qiymatni aniqlash amalga oshiriladi. Blok-sxemalarning takrorlanuvchi qismlarini quyidagi parametrli takrorlash strukturasi ko‘rinishida ham ifodalash mumkin (10.4-rasm). 10.4-rasm. Parametrli takrorlash operatorining umumiy ko‘rinishi Misol: Parametrli takrorlash operatoriga masala sifatida berilgan x=1,2,3,.....10 qiymatlarda y=ax / a+ x funksiyasining qiymatini hisoblash blok-sxemasiga keltiriladi (10.5-rasm). 10.5-rasm. Parametrli takrorlash operatoriga doir blok-sxema Ichma-ich joylashgan takrorlanuvchi jarayonlar Ba’zan takrorlanuvchi algoritmlar bir nechta parametrga bog‘liq bo‘ladi. Odatda bunday algoritmlar ichma-ich joylashgan jarayonlar deb ataladi. Misol. Munosabatni hisoblang: Yig‘indi hisoblash uchun, i indeksning har bir qiymatida j indeks bo‘yicha ko‘paytmani hisoblab, avval yig‘indi ustiga ketma-ket qo‘shib borish kerak bo‘ladi. Bu jarayon quyidagi ichma-ich joylashgan jarayonga doir blok–sxemada aks ettirilgan (10.6-rasm). Bu yerda indeks i dan tashqi takrorlash yig‘indi uchun, j-dan esa-ichki takrorlash - ko‘paytmani hosil qilish uchun foydalanilgan. 10.6-rasm. Ichma-ich joylashgan algoritmga doir blok-sxema Shu bilan birga, keltirilgan murakkab munosabatni ikki nisbatan sodda munosabatlar ketma-ketligi bilan almashtirish (dekompozitsiya amali) maqsadga muvofiq. Download 33.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling