10--mavzu. Yillik oqim va uning o’zgarishi


Oqim me’yori va yillik oqimning o’zaro o’zgaruvchanligi


Download 235.5 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi235.5 Kb.
#1528680
1   2   3   4
Bog'liq
10-Ma\'ruza.GIDRAVLIKA.

2. Oqim me’yori va yillik oqimning o’zaro o’zgaruvchanligi

Oqim me’yori tushunchasi, statistik o’lcham bo’lib, u oqimning o’rtacha ko’p yillik arifmetik miqdorini bildiradi. O’rtacha ko’p yillik n uchun ob’ektiv mezon sifatida o’rtacha kvadratik tafovut ma’lum, uni baholash uchun yuqoridagi formuladan foydalaniladi, uning ruxsat etilgan xatosi 5 +10% dan oshmasligi lozim.


Lekin oqim me’yorini aniqlashda shuni nazarda tutish kerakki, qatorlar orasida ko’p yillik va kam yillik guruhlar uchrashi mumkin. Bu holatning haqqoniy bo’lishi uchun sersuv yillar va kamsuv yillar qatorlar sonini tenglashtirishni taqozo etadi, holbuki, tanlangan ma’lumotlar orasidagi xatolikdan boshqa, mavsumiy oqim xususiyatlari ham xatolikni ko’paytiradi.
Demak, teng huquqli sharoitda sersuv yillar guruhi uchun oqim me’yori mavsumiy ko’p bo’lsa, kam suv yillar uchun, bu me’yor miqdori keskin kamayadi.
Umuman olganda, statistik usullarni gidrologiyada keng qo’llanilishining asosiy maqsadi, ma’lumotlar ko’p bo’lganda, kuzatilgan tavsiflarning me’yorini hisoblash mumkin.
Statsionar sharoitda gidrologik ma’lumotlar qatorining buzilishi, asosan daryo suv havzasidagi xo’jalik faoliyatini o’zgarishidan vujudga keladi. Shuning uchun oqim me’yorini baholashda, gidrometrik ma’lumotlarni xo’jalik faoliyati ta’siridan oldingi yillarga va bu ta’sirni tabiatga, daryo oqimi sarfiga ta’siri kuchaygan davrlarni o’zaro ajratgan holda aniqlash lozim. Lekin kuzatilgan ma’lumotlar orasida aralashgan davrlar uchrasa, bunda shu noaniq yillar hisoblardan olib tashlanadi yoki kerakli tuzatmalar kiritiladi.


3. O’zgaruvchanlik parametrlari
Ortacha yillik oqimlar qatorini n yillar davomida qandaydir suv o’lchash joyi(gidropost) uchun Q1, Q2 , Q3 , ... Qp , ko’rib chiqsak, ularning yildan yilga o’zgarishini bilamiz va bu suv sarfini o’zgaruvchanligi o’lchami bo’lib, izlanayotgan qatorning o’rtacha kvadratik og’ishi bilan ifodalanadi., qatorning har bir a’zosini o’rtacha miqdordan o’g’ishi ga teng. Bu og’ishlarning yig’indisi nolga teng. Shuning uchun qator o’zgaruvchanligi tavsifi qilinib, o’rtacha kvadratik og’ish ishlatiladi va uning kvadrati har doim musbat songa teng bo’ladi. Demak:
yoki (25.3.)
Qatorning alohida miqdorlarini o’zaro taqqoslash uchun formulada o’zgaruvchanlik (variatsiya) koeffitsenti berilgan.
Agar o’rtacha yillik sarflarni o’lchamsiz miqdor ko’rinishiga keltirsak, ularni modul koeffisienti orqali ifodalaymiz;
; .... (25.4)
Bu holda variatsiya koeffisienti, kuzatilgan qatorlar soni shartli ravishda n = 30 yil uchun belgilangan”
, bo’lsa
, agar . (25.5)
Shunday qilib, o’zgaruvchanlik keffitsenti oqim me’yoriga nisbatan yillik oqimning tebranish kengligi(mezon)ni bildiradi.
O’rta Osiyo eng mo’tadil (kam o’zgaruvchan) yillik oqim muzliklardan to’yinadigan daryolarga (Amudaryo, So’x, Zarafshon) va eng ko’p o’zgaruvchan qor-yomg’irdan to’yinadigan daryolar (Ohangaron, Sheroboddaryo va b.)



Download 235.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling