10. 1-Mavzu. Embrionning uchinchi bahorgi rivojlanish davri


Download 1.21 Mb.
bet7/8
Sana31.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1313988
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Statistik jadvallar

Masshtab: 1 sm-1 mln.t.
  • 4.1-chizma. O`zbekistonda paxta va don etishtirishning o`sishi
    • CHiziqli diagrammada bir nechta hodisa dinamikasini ham tasvirlash mumkin. Bu holda siniq chiziqlar har xil rang bilan yoki bir-biridan ajralib turadigan ko`rinishda (yo`g’on chiziq, ingichka, punktir va h.k) chizilishi kerak (10-chizma).
    • Dinamika qatorlarini chiziqli diagramma shaklida tasvirlayotganda shuni esda saqlash lozimki, grafikning ko`rimli va oson tushunarli bo`lishi uchun masshtabni to`g’ri olish muhim ahamiyatga ega.
    • Gistogramma – bu intervalli variatsion qatorlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Bunda intervalli belgi o’lchovlari koordinata tizimi abstsissasida, intervalli belgining mos chastotalari (soni, vazni, salmog’i va h.k.) esa ordinata o’qida ma’lum masshtabda shkalalarda belgilanadi.
    • Poligon – diskret variatsion qatorlarni tasvirlash uchun qo’llaniladi. Bunda diskret qator o’lchovlari abstsissa o’qida, chastotalar esa ordinata o’qida tasvirlanadi va bu nuqtalar tutashtirilib siniq chiziq hosil bo’ladi. Intervalli qatorniham poligon orqali tasvirlash mumkin. Bunda intervalli qatorni diskret qatorga(qatorning yuqori va quyi chegarasi o’lchovlari o’rtachasi) shartli keltirish lozim.
    • Kumulyata egri chizig’i - har bir qatorning chastotalari qo’shib borilishi orqali chastotalar yig’indisini ifodalovchi yangi qator tuziladi va har bir qator (ham intervalli, ham diskret bo’lishi mumkin) darajalari abstsissa o’qida, yangi tuzilgan chastotalar yig’indisi ko’rinishidagi darajalar ordinata o’qida belgilanadi.
    • Agar davrlar uchun olingan masshtab juda kichik bo`lsa, u holda diagramma sur`ati, ya`ni taraqqiyot qonuniyatini buzib, sun`iy tarzda kuchaytirib aks ettiradi. Ushbu masshtab haddan tashqari katta olinganda esa, aksincha, o`sish sur`ati sun`iy ravishda so`nish tarzida gavdalanadi. Demak, bu ham maqsadga muvofiq emasdir.
    • Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflovchi statistik ma’lumotlarni diagrammalardan farqli statistika xaritalarida ham tasvirlash mumkin. Statistika xaritalari – grafik tasvirlash shakllaridan biri bo’lib, statistik ma’lumotlarni hududlar bo’yicha joylanishini chizmali geografik xaritalarda ifodalanishidir. Hududlar bo’yicha tasvirlash vositasi bo’lib shtrixli chiziqlar, fonli bo’yash yoki geometrik shakllar hisoblanadi.

    • Download 1.21 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling