10-amaliy ish karyer ishchi bortining qiyalik burchagini aniqlash ishning maqsadi
Download 320.31 Kb.
|
1 2
Bog'liq№10 Амалий иш (1)
10-AMALIY ISH KARYER ISHCHI BORTINING QIYALIK BURCHAGINI ANIQLASH Ishning maqsadi- karyer ishchi bortining qiyalik burchagini hisoblash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish. Kon ishlarining chuqurlashish vaqtida karyer bortining qiyalik burchagi, bort konstruksiyasi va bort qiyaligi muvozanati uni tashkil etuvchi tog‘ jinslarining fizik-mexanik hususiyatlariga bog‘liq holda belgilanadi. Karyer bort konstruksiyasi pog‘onalar qiyalik burchaklarini, ish olib borilayotgan pog‘onalar yig‘indisini, xavfsizlik va transport bermalarini va kapital transheya asoslarini o‘z ichiga olishi mumkun. Kary’er ishchi bortining qiyalik burchagi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: (10.1) Bu yerda: - mos ravishda pog‘ona ishchi maydonchalarining kengliklari yig‘indisi, m. 10.1-rasm:Karyer ishchi bortining tuzilishi. Karyer bortining qiyalik burchagi asosan xavfsizlik omiliga muvofiq bortdagi tog‘ jinslarining fizik-texnik harakteristikalari va bir jinslilik darajasiga, bortdagi qatlamlarning tekisliklarining bortga nisbatan yo‘nalishlari, karyer chuqurligi va bortning balandligi shakliga bog‘liq. Karyer chuqurligi ortishi bilan bort mustahkamligi o‘zgaradi. Botiq bort qavariq va tekis bortlarga nisbatan mustahkamroq. Karyer borti qiyalik burchagi, shuningdek tog‘ jinslarining filtratsion xususiyatlari va suvlanganligi, bortning xizmat qilish muddati va iqlim sharoitlariga bog‘liq. Hisoblash yo‘li bilan aniqlangan karyer bortining qiyalik burchagi tahminiy hisoblanadi va kon ishlarini olib borish jarayonida unga aniqlik kiritiladi. Hisoblash ishlarida Giproruda ma’lumotlaridan foydalanishimiz mumkin (7-jadval). Karyer borti qiyalik burchagi karyerning oxirgi chegaralaridagi qoplovchi tog‘ jinslari hajmining kamayishi va xavfsizlik hajmining darajasini ta‘minlashi kerak. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 200 m chuqurlikdagi karyerning borti qiyalik burchagining faqatgina bir gradusga kamayishi qiyalik burchagi 35-450 bo‘lganda qoplovchi tog‘ jinslari hajmining 1 km bortda 0,8-1 mln.m3 oshishiga to‘g‘ri keladi. Karyer bortining qiyalik burchagi 10-200 oralig‘ida bo‘ladi. Bort qiyalik burchagining o‘zgarishi karyerning oxirgi konturlaridagi qo‘lovchi tog‘ jinslari hajmining o‘zgarishiga olib kelmaydi. Chunki qoplovchi tog‘ jinslarining joriy hajmining o‘zgarishi ularning yillik hajmi taqsimlanishining boshqarilishi hisobiga tenglashtiriladi. Download 320.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling