10-amaliy ish. Optik kuchaytirgichlarning turlarini o’rganish ularning ish prinsipi, xarakteristika va parametrlarini qiyosiy tahlil etish


Download 413.14 Kb.
bet1/2
Sana25.12.2022
Hajmi413.14 Kb.
#1065524
  1   2
Bog'liq
10-AI-OAT


10-AMALIY ISH. OPTIK KUCHAYTIRGICHLARNING TURLARINI O’RGANISH ULARNING ISH PRINSIPI, XARAKTERISTIKA VA PARAMETRLARINI QIYOSIY TAHLIL ETISH.

  1. Virtual amaliy ishning maqsadi va mazmuni

EDFA optik kuchaytirgichining xarakteristikalari va parametrlarini virtual dastur orqali aniqlash.




2. Virtual amaliy ishga topshiriq

Virtual amaliy ishda quyidagilarni o‘rganish zarur:


- optik kuchaytirgichining tuzilishi hamda uning xarakteristikalari va parametrlarini o‘rganish;
- hisobot uchun nazariy qismning qisqacha mazmuni, dastur haqida ma’lumot va olingan natijalarni qayd etish uchun jadval chizilgan sahifani tayyorlash$
- [1] adabiyotning 158-181 sahifalarini, [2] adabiyotning 100-107 sahifalarini, [4] adabiyotning 186-214 sahifalarini, [5] adabiyotning 191-204 sahifalarini, [6] adabiyotning 181-200 sahifalarini, [7] adabiyotning 104-120 sahifalarini, [9] adabiyotning 126-129 sahifalarini o‘rganish.


3. Virtual amaliy ishni bajarish tartibi

Virtual amaliy ishning dastur qismi 3 bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limi “Ishga tushirish” deb nomlanadi. Ushbu virtual amaliy ishning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:





10.1-rasm. Virtual amaliy ishning umumiy ko‘rinishi
Virtual amaliy ishning ikkinchi bo‘limi “Hisoblashlar” deb atalib, unda o‘ng tomonda parametrlarni tanlash va chiqarish tugmalari joylashtirilgan. Bundan tashqari grafik chizish uchun, ya’ni xarakteristikalarni chiqarish uchun oyna joylashgan. U quyidagi ko‘rinishga ega:

10.2-rasm. Virtual amaliy ishning “Hisoblashlar” bo‘limi
Parametrlar joylashgan qismda “Kirish quvvati”, “To`lqin uzunligi”, “Kuchaytirish koeffitsenti” va “Chastota spektri” mavjud bo‘lib, hisoblashda, avvalo to‘lqin uzunligini tanlash va mos ravishda kirish quvvatini o‘zgartirish orqali quyidagi ikki parametr kuchaytirish koeffitsiyenti, hamda chastota spektri aniqlanishi mumkin. Bunda kirish quvvati (-30 – +10 dBq) gacha o‘zgartiriladi, to‘lqin uzunligi esa (1530 – 1560 nm) oralig‘ida tanlanadi. Parametrlar joylashgan qism quyidagi ko‘rinishga ega:



10.3-rasm. Virtual amaliy ishda parametrlar joylashgan qismi
Parametrlar joylashgan qismda yuqoridagilardan tashqari “grafik chizish” va “AX” (amplituda xarakteristika) tugmalari ham joylashgan bo‘lib, ular yordamida grafiklar quriladi.
Virtual amaliy ishning uchinchi bo‘limi “Topshiriqlar” deb atalib, unda virtual amaliy ishni bajarish tartibida keltirilgan beshta jalval joylashgan bo‘lib, ularga dasturdagi kerakli hisoblashlar natijalari to‘ldiriladi. Uchinchi bo‘limning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:


10.4-rasm. Virtual amaliy ishning “Topshiriqlar” bo‘limi
Ushbu virtual amaliy ishda optik kuchaytirgichlarning bir necha xarakteristikalari va parametrlarini ko‘rib chiqamiz:
1. Kuchaytirish koeffitsiyentini aniqlash:
g=10lg (Ps. chiq/Ps. kir) yoki G= Ps. chiq - Ps. kir, dB, (10.1)
bu yerda, Pc.chiq - chiqish signalining quvvati;
Pc. kir - kirish signalining quvvati.
Virtual amaliy ishda kuchaytirish koeffitsiyentini aniqlashda (3.1) formuladan foydalaniladi.
Dasturga to‘lqin uzunligi λ va Ps. kir kirish quvvati (-35- +5 dBm) oraliq qiymatlarini kiritish orqali Ps. chiq quvvati aniqlanadi.
Olingan natijalar 10.1-10.4-jadvallarga to‘ldiriladi. Bunda to‘lqin uzunligi λ (1530-1560 nm) oraliq qiymatlarini qabul qilishi mumkin.
10.1-jadval



λ=1530

Pkir, dBq

-30

-20

-10

0

10

Pchiq, dBq
















G
















10.2-jadval





λ=1540

Pkir, dBq

-30

-20

-10

0

10

Pchiq, dBq
















G
















10.3-jadval





λ=1550

Pkir, dBq

-30

-20

-10

0

10

Pchiq, dBq
















G
















10.4-jadval





λ=1560

Pkir, dBq

-30

-20

-10

0

10

Pchiq, dBq
















G
















Yuqoridagi jadvallar (10.1-10.4) to‘ldirilishi natijasida optik kuchaytirgichning amplitudaviy xarakteristikasini (kirish signalining chiqish signaliga bog‘liqligi) chiqarish imkoni bo‘ladi.


2. Kirishdagi shovqin quvvatini aniqlash:
Kirishdagi shovqin quvvatini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:
Pshov kir = hν*Δν, dBq, (10.2)
bu yerda h – Plank doimiysi h=3,34*10-34 ga teng;
ν – uzatilayotgan to‘lqin chastotasi;
Δν – chastota spektri, u quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Δν=(c/λ2)*Δλ (10.3)
Virtual amaliyot dasturi yordamida chastota spektri Δν aniqlanib, 10.5-jadval to‘ldiriladi. Kirishdagi shovqin quvvati esa (10.2)-formulaga ko‘ra topiladi.

10.5-jadval





λ, nm

1530

1540

1550

1560

Δν





Pshov kir, dBq





Yuqoridagi 10.5-jadval asosida kirishdagi shovqin quvvatini to‘lqin uzunligiga bog‘liqlik grafigi chiziladi.





Download 413.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling