10-amaliy masg’ulot. Yorugʻlikning interferensiyasi. Kogerent toʻlqinlar interferensiyasi. Yoʻllar va fazalar farqi


Nyuton halqalari. Frenel ko‘zgusi va


Download 0.95 Mb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1524230
1   2
Bog'liq
10-amaliy mashg\'ulot

Nyuton halqalari. Frenel ko‘zgusi va

biprizmalaridagi interferensiya.

  1. Nyuton halqalarini hosil qiladigan qurilma monoxramatik yorug‘lik bilan yoritilmoqda. Kuzatish qaytgan nurda olib borilmoqda. Iiki qo‘shni qora halqalarning radiuslari mos ravishda 4 mm va 4,38 mm. linzaning egrilik radiusi 6,4 m. halqlarning tartib nomerlari va tushayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligi aniqlansin.

  2. Nyuton halqalarini hosil qiladigan qurilma monoxramatik yorug‘lik bilan yoritilmoqda. 1) to‘rtinchi ko‘k halqa va 2) uchinchi qizil halqa radiuslari topilsin. Kuzatish qaytgan yorug‘likda olib borilgan.

  3. Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilma qaytgan yorug‘likda normal tushuvchi monoxramatik yorug‘lik bilan yoritiladi. Linza bilan shisha plastinka o‘rtasiga suyuqlik to‘ldirilganidan keyin qora halqalarning radiuslari 1,25 marta qisqargan. Suyuqlikning sindirish ko‘rsatkichi topilsin.

  4. Qaytgan yorug‘likdagi Nyutonning ikkinchi va birinchi qora halqalari orasidagi masofa 1 mm ga teng. O‘ninchi va to‘qqizinchi halqalar orasidagi masofa masofa aniqlansin.

  5. Yassi qavariq linza qavariq tomoni bilan shisha plastinka ustida yotibdi. Qaytgan yorug‘likda birinchi Nyuton halqasi ko‘ringan joydagi havo qatlamining qalinligi aniqlansin.

  6. Optik kuchi 2 dptr bo‘lgan yassi qavariq linza yassi tomoni bilan shisha plastinkada yotibdi. O‘tayotgan yorug‘likda Nyutonning to‘rtinchi qorong‘u halqasining radiusi 0,7 mm. yorug‘lik to‘lqining uzunligi aniqlansin.

  7. Shisha plastinka va uning ustida yotgan yassi qavariq shisha linza orasiga sindirish ko‘rsatkichi shishaning sindirish ko‘rsatkichidan kichik bo‘lgan suyuqlik quyilgan. Qaytgan yorug‘likda kuzatilayotgan Nyutonning sakkizinchi qora halqasining radiusi 2 mm. linzaning qavariq sirtining radiusi 1 m. suyuqlikning sindirish ko‘rsatkichi topilsin.

  8. Nyuton halqalari egrilik radiuslari dan bo‘lgan qavariq tomonlari bilan jipslab qo‘yilgan (linzalarning yassi sirtlari parallel) ikkita bir xil yassi qavariq linza yordamida kuzatilmoqda. Yorug‘lik yuqoridagi linzaning sirtiga normal tushganida qaytayotgan yorug‘likda kuzatilayotgan ikkinchi yorug‘ halqaning radiusi aniqlansin.

  9. Nima sababdan o‘tuvchi yorug‘likda kuzatilganda Nyuton halqalarining markazi odatda yorug‘ bo‘ladi?

  10. Yassi-qavariq linzaning (n=1,5) optik kuchi 0,5 dptr. Linza qavariq tomoni bilan shisha plastinka ustida yoribdi. O‘tgan yorug‘likdagi yettinchi qora Nyuton halqasini radiusini toping.

  11. Kuzatish qaytgan yorug‘likda olib borilganda ikkinchi va uchinchi yorug‘ Nyuton halqalari orasidagi masofa 1 mm bo‘lsa, yigirmanchi va yigirma birinchi yorug‘ halqalar maksimumlari orasidagi masofani toping.

  12. Frenel biprizmasiga manbadan yorug‘lik tushmoqda. Agar manbadan prizmagacha bo‘lgan masofa 1 m, prizmadan ekrangacha bo‘lgan masofa esa 4 m bo‘lsa, interferensiya natijasida ekranda hosil bo‘lgan qo‘shni interferension maksimumlar orasidagi masofani toping. Prizmaning sindirish burchagi 2·10-3 rad, uning sindirish ko‘rsatkichi 1,5.

  13. Agar manbadan tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi λ bo‘lsa, sindirish ko‘rsatkichi va sindirish burchagi bo‘lgan prizma hosil qilgan interferension yo‘llar soni N ni toping. Yorug‘lik manbaidan biprizmagacha bo‘lgan masofa , biprizmadan ekrangacha esa .

  14. Ekrandagi interferension maksimumlar orasidagi masofa 1 mm, ko‘zgular kesishish chizig‘idan ekrangacha bo‘lgan masofa 1 m, manbagacha esa 10 cm bo‘lsa, Frenel ko‘zgulari orasidagi burchakni toping. Monoxramtik yorug‘lik to‘lqin uzunligi . Yorug‘lik nuri ekranga normal tushadi.

  15. ekranda rasmda tasvirlangan sxema yordamida interferension manzara hosil qilindi. Ekrandan 1 m masofada joylashgan manba monoxromatik yorug‘lik tarqatadi. ko‘zgu tekisligi nurga parallel bo‘lib, undan 2 mm uzoqlikda joylashgan. nuqtada yorug‘likning kuchayishi kuzatiladimi yoki susayishimi? nurning yo‘liga, unga perpendikulyar qilib, qalinligi bo‘lgan yassi-parallel plastinka joylashtirilsa (n=1,5) nuqtadagi yoritilganlik qanday o‘zgaradi?




10-rasm
Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling