10-amaliy mashg'ulot harakat tarkibiga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash
Download 15.96 Kb.
|
1 2
Bog'liq10-Амалий машғулот
10-AMALIY MASHG'ULOT HARAKAT TARKIBIGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH VA TA'MIRLASH Harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi nosozliklari bo’lgan harakat tarkibini foydalanishga chiqarish va poyezdlarda harakatlanishga yo’l qo’yish, shunigdek, tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlay olmaydigan yuk vagonlarini poyezdlarga qo’shish man etiladi. Elektr pnevmatik tormoz, isitish, elektr uskunalar, ventilyasiyada nosozliklari bo’lgan va yo’lovchilar tashishning me’yordagi sharoitini buzuvchi boshqa nosozliklari bo’lgan yo’lovchi vagonlarni, shuningdek, yo’lovchi poyezd boshlig’i (mexanik-brigadir) ning mashinist bilan UQT-diapozonli radioaloqasi nosoz bo’lgan radiokupeli (shtab) yo’lovchi vagonlarni poyezdga qo’shish taqiqlanadi. Harakat tarkibining texnik ahvoliga bo’lgan talablar, shuningdek, unga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tartibi O’TY AJ boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Harakat tarkibining texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimi, ikki ta’mir orasidagi bosib o’tiladigan masofasi me’yori va ta’mirlashga qo’yish tartibi O’TY AJ tomonidan «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi. Harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha texnik ko’rsatmalar va namunaviy texnolgik jarayonlar O’TY AJ boshgaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash sifatiga hamda harakat tarkibi va maxsus harakat tarkibi harakat xavfsizligiga, bevosita texnik xizmat va ta’mirlashni bajargan ishchilar, tegishli zavod, depo, ustaxona va texnik xizmat ko’rsatish punktlarining ustalari va rahbarlari javobgardirlar. Lokomotivlar va motorvagon harakat tarkiblarining texnik holati sistematik ravishda lokomotiv brigadalari yordamida texnik xizmat ko’rsatish punktlarida va zamonaviy tashhis vositalari bilan jihozlangan asosiy depolarda kompleks va maxsus brigadalar tomonidan tekshirilishi, shuningdek, depo, mintaqaviy temir yo’l uzeli, O’TY AJ lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi rahbariyatlari tomonidan davriy nazorat qilinishi kerak. Download 15.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling