10-amaliy ma’shg’ulot qishloq xo’jalik kartalarining topografik asoslari. Режа
HAR XIL MASSHTABLI TOPOGRAFIK KARTALARNING MAQSADIGA KO'RA FARQLANISHI
Download 101.02 Kb.
|
10-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOPOGRAFIK KARTALAR YARAT1SHNING ASOSIY USULLARI (DALA VA KAMERAL SHAROITLARDA TAHRIR QILISH).
- DALADA TAHRIR QILISH USULLARI
HAR XIL MASSHTABLI TOPOGRAFIK KARTALARNING MAQSADIGA KO'RA FARQLANISHI
Barcha topografik kartalarda maxsus tasdiqlangan (unifikatsiya qilingan) shartli belgilardan foydalaniladi. Bu o'z navbatida bir xil masshtabdagi kartadan boshqa xil masshtabli kartada foydalanish imkonini beradi. Ko'pchilik shartli belgilar shakli bo'yicha bir xil bolib, ularning o'lchamida farq bo'ladi, xolos. Kartadan foydalanishga qarab kerakli masshtabdagi kartani tanlash lozim bo'ladi. Bunda kartaning aniqliligi va mazmunining to'liq bo'lishi katta rol o'ynaydi. Kartograf topokartalarning masshtablari bo'yicha mazmunidagi farqni va generalizatsiya darajasini bilishi kerak. Topografik kartalar turli maqsadlarda ishlatilishi sababli foydalanish bo'yicha har xil usullarni qo'llashga to'g'ri keladi. Ulardan asosiylari: - kartadan kerakli manbalarni olish; - kerakli hududni topish; - kerakli obyektlarning geografik koordinatalarini aniqlash; - joyni karta orqali o'rganish; - joyning uzunligi, maydoni, qiyalik burchaklarini aniqlash. - yer osti zaxiralari hajmlarini aniqlash, o'rmonli maydonlardagi zaxiralarni aniqlash; - kartada oriyentirlashni bajarish; - ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish (yer qimirlashi, surilma); - loyihalash ishlarini amalga oshirish (yo'l qurilishi, melioratsiya ishlarini bajarish va boshqalar uchun); - har xil ma'ruzalarda foydalanish. TOPOGRAFIK KARTALAR YARAT1SHNING ASOSIY USULLARI (DALA VA KAMERAL SHAROITLARDA TAHRIR QILISH). Topografik kartalar aerofototopografik usulda, menzula bilan va fototeodolit usulida hamda kameral sharoitda, ya'ni yirik masshtabli kartalardan mayda masshtabli kartalar yaratib tuziladi. Bular ichida aerofototopografik usuldan ko'proq foydalaniladi. Ushbu usul o'z navbatida ikkiga bo'linadi: 1) stereofototo-pografik usul; 2) kombinatsiyalashtirilgan usul. Stereofototopografik usul ko'proq 1:10 000 va 1:25 000 masshtabli kartalar yaratishda foydalaniladi. DALADA TAHRIR QILISH USULLARI Dalada topografik kartaning yaratilishida kartograf-muharrirning ishi juda mas'uliyatlidir. Mazkur ishlarga quyidagilar kiradi: - aerosuratlarni bog'lash; - aerosuratlari olingan hududlarning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish; - dalada deshifrovka qilinadigan etalon joylarni o'rganish (ham dala ishlarida, ham kameral sharoitda); - dalada sifati va miqdori aniqlanadigan tafsilotlarni aniqlash (daraxtlar balandligi, zichligi, jarliklarning chuqurligi, daryolarning kengligi, chuqurligi, suvli oqim tezligi, agar qumli joylar bo'lsa, ularning shakli va hokazo); - aholi yashaydigan joylarni ko'zdan kechirish, ularni o'rganib yo'riqnomaga kiritish; - dala va so'qmoq yo'llarni aniqlab, ulardan o'tish vaqtlarini belgilash (tog'lar va dovonlarda); - aerosurat olingandan so'ng paydo bo'lgan tafsilotlarni aniqlash (zilzila, suv toshqini, surilma va h.k.lar); - geografik nomlarni aniqlab, geografik jihatdan tasvirlab yozishga kirishish. Download 101.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling