10-amaliy ma’shg’ulot qishloq xo’jalik kartalarining topografik asoslari. Режа


Download 101.02 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi101.02 Kb.
#1598684
  1   2   3
Bog'liq
10-amaliy mashg\'ulot


10-AMALIY MA’SHG’ULOT
Qishloq xo’jalik kartalarining topografik asoslari.
РЕЖА:
1. Topografik kartalarning mazmuni, shartli belgilar tizimi 2. Har xil masshtabli topografik kartalarning maqsadiga ko'ra farqlanishi. 3. Topografik kartalar yaratishning asosiy usullari (dala va kameral sharoitlarda tahrir qilish). 4. Kartalarni loyihalashni amalga oshirish uchun tayyorgarlik ishlarini bajarish.
Sobiq Ittifoqda barcha topografik kartalarga oid ishlar markazlashgan tizimda ГKK tomonidan yaratilgan qo'llanma asosida olib borilar edi. Buning ahamiyati katta bo'lib, barcha topografik kartalar masshtabiga ko'ra yagona qo'llanma asosida bajarilib, tarqoq holda bo'lishiga yo'l qo'yilmas edi.
Hamma topografik kartalarda geodezik asos elementlari: balandlik va planli shoxobchalar ko'rsatilishi shart. Masshtabidan qat'i nazar triangulatsiya, nivelirlash va poliganometrik belgilar ko'rsatilishi kerak.
Gidrografik elementlar, oldingi mavzularda qayd qilinganidek, dengizlarning qirg'oq chiziqlari, daryolar, ko'llar, sun'iy suv havzalari, kanallar, kollektorlar, lotoklar va hokazolardan iborat. Ularning suv yuzasi sathi beriladi, agar priliv va otliv jarayonlari mavjud bo'lsa, ular ham tasvirlanadi. Maxsus shartli belgilar bilan qumli, toshli qirg'oqlar qiyaligi bo'yicha bo'lib ko'rsatiladi.
Kartada 1 sm ga to'g'ri keladigan barcha suv obyektlari ko'rsatiladi. Daryo va soylar suv oqishi davriga qarab doimiy oqadigan va qurib qoladigan, ya'ni mavsumiy oqadigan xillarga bo'linadi. Ba'zilari esa quruq o'zan shartli belgisi bilan ko'rsatiladi. Topokartalarda ko'pchilik daryo yoki soylar o'zining kengligidan 5-6 marotaba keng qilib tasvirlanadi.
Masalan, 1:25 000 masshtabda kengligi kamida 15 m, 1:100 000 masshtablida esa kamida 60 m bo'lgan suv obyektlari ko'rsatilishi mumkin. Qolganlari esa ba'zilari ikki chiziqda, ba'zan bir chiziqda masshtabsiz shartli belgi bilan tasvirlanadi. Asosiy daryo va soylarda suv oqimi, tezligi, kengligi, chuqurligi va suv osti relyefi ko'rsatiladi. Masalan, sharsharalar, qoyali toshlar. Suv tanqis hududlarda daryo, soy, kanal va lotok hamda kollektorlardagi injener-texnik qurilmalar va inshootlar ham tasvirlanadi. Bulardan tashqari, quduqlar (chuqurligi, suvining sifati va miqdori), chashma va buloqlar, sardobalar va karizlar (yer osti suv o'tkazgichlari) ham tasvirlanadi.
Relyef topografik kartalarning eng asosiy elementlaridan biri bo'lib, gorizontallar bilan ko'rsatiladi. Har bir 5-gorizontal yo'g'onlashtiriladi, nishablik berg shtrix chizig'i bilan ko'rsatiladi. Relyef gorizontallardan tashqari, shartli belgilar bilan ham ko'rsatiladi (jarlik, o'pirilma, surilmalar).
Topokartalarda ba'zi bir o'ziga xos relyef shakllari ham ko'rsatilishi mumkin. Masalan, muzliklar ko'k rangdagi gorizontallar bilan beriladi. Qumliklar esa o'ziga xos rangda, ya'ni jigarrangda ko'rsatiladi.
O'simlik va grunt (zamin), boshqacha qilib aytganda Yer yuzasining landshaftlari (botqoqlik, qumlik, sho'rxok joylar va hokazolar) maxsus ranglarda ko'rsatiladi.
O'simliklar ikkiga (tabiiy va madaniy o'simliklarga) bo'lib tasvirlanadi. O'rmonlar esa o'tib bo'ladigan va o'tib bo'lmaydigan xillarga bo'lib ko'rsatiladi. Undan tashqari, o'rmonlarning zichligi, daraxtlarning yo'g'onligi va balandligi beriladi. Madaniy o'simliklar, bog'lar, uzumzorlar, issiqxonalar ham alohida shartli belgilar bilan ko'rsatiladi.
Topografik kartalarning asosiy elementlaridan biri aholi yashaydigan joylardir. Aholi yashaydigan joylar 3 ta ko'rsatkich bo'yicha bo'lib tasvirlanadi: 1) tipiga qarab; 2) ma'muriy ahamiyatiga ko'ra; 3) aholi soniga qarab.
Aholi yashaydigan joylar tipiga ko'ra shahar, shahar tipidagi posyolka, posyolkalar va qishloqlarga bo'linadi. Aholi yashaydigan joylar tipi ular yozilgan shrift bilan belgilanadi. Shahar va shahar tipidagi posyolkalar uchun aholi soni, qishloqlar, temiryo'l stansiyalari va boshqa aholi yashaydigan joylar uchun esa uylarning soni, ya'ni xonadonlar soni ko'rsatiladi.
Shaharlardagi aholi soni 7 gradatsiyada (pog'onada) 2000 dan 1 mln gacha tasniflab ko'rsatilsa, qishloqlarda esa 5 gradatsiyada 1000 dan to bitta xonadongacha beriladi. Aholining soni aholi yashash joyining nomi yozilgan shriftlarning katta-kichikligiga ham bog'liq.

Download 101.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling